Moliya - bu davlatning o‘z vazifa, funksiyalarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish sharoitlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul
fondlarini shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan, davlat tomonidan tashkil qilinadigan pul
munosabatlari yig‘indisidir.
4.
Moliyaning funksiyalari
Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy kategoriya bo‘lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi
turlicha bo‘lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya boshqa iqtisodiy
8
kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar,
mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash
kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi.
Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan
bog‘liq. Moliya munosabatlarining rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari,
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi
hamda tashqi iqtisodiy aloqalar bilan ham bog‘liqdir. Milliy daromadning taqsimlanishi pul
shaklida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda boshqa
qonunlarda mulkchilikning turli shakllarida bo‘lishining mustahkamlanishi, tovar-pul
munosabatlarining yanada rivojlanishi hamda bozor mexanizmining takomillashuviga olib keladi.
Lekin pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o‘z ichiga olmaydi. Moliya
munosabatlarining mavzusi, asosan, davlat hamda korxonalarning pul fondlarini shakllantirish va
ulardan foydalanish masalalaridan tashkil topadi. Shuning uchun ham moliyaning rivojlanishi
davlatning rivojlanishi va uning zaxiralarga bo‘lgan ehtiyoji bilan bevosita bog‘liqdir.
Moliyaning mohiyati, uning iqtisodiy kategoriya sifati ijtimoiy munosabatlar orqali ko‘rinib,
o‘ziga xos vazifani bajaradi.
Davlat hamda korxona va tashkilotlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va
ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘laridan davlat fondini tashkil qilish,
taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar jarayonida ijtimoiy
ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi
sodir bo‘ladi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi.
Funksiya obyekt ichki mohiyatining konkret shaklini namoyon bo‘lish jarayonidir.
Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi olimlarning o‘rtasida qator baxsli holatlar
mavjud.
Bir qator taniqli moliyachilar moliyaning 3 ta funksiyasi mavjudligini e’tirof etishadi.
A.M.Birman moliyaning quyidagi funksiyalari mavjudligini e’tirof etadi:
1.
Xo‘jalik yuritish jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlash
2.
Nazorat
3.
Taqsimlash
A.M.Aleksandrov va E.A.Voznesenskiy tasdiqlaydiki, moliya quyidagi funksiyalarni
bajaradi:
1.
Pul fondlarini shakllantirish
2.
Shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish
3.
Nazorat
I.T.Balabanovning fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning taqsimlash
funksiyasi o‘zining mazmunini yo‘qotadi.
Iqtisodchi V.M.Rodionovaning fikriga ko‘ra, moliya taqsimlash va nazorat funksiyalarni
bajaradi.
Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar moliyaning
taqsimlash
va
nazorat
funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.
Iqtisodiy subyektlarning asosiy maqsadi foyda olish hisoblanadi.
Foyda markazlashtirilmagan pul fondlarining asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning ko‘p ukladli shakllarini paydo bo‘lishi va bozor
iqtisodiyotining amal qilishi to‘liq iqtisodiy mustaqillikni ta’minlovchi demokratik tizimni
shakllantirishni obyektiv zarur qilib qo‘yadi. Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlar faoliyatining
moliyaviy natijalari, ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul qilinadigan
moliyaviy qarorlarga bog‘liqdir.
Savol tug‘iladi. Turli darajadagi ko‘p sonli fondlarni shakllantirishning asosiy moliyaviy
manbalari nima hisoblanadi?
Albatta bunda makrodarajada
Yalpi ichki mahsulot
. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash
jarayoni turli xil moliyaviy dastaklar:
me’yorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy
dastaklar
vositasida amalga oshiriladi.
9
Mikrodarajada esa, uning manbai korxonalar
pul daromadlari
va
jamg‘armalari
hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida, turli moliyaviy tizimlar amal
qiladi, ba’zi hollarda mavjud iqtisodiy munosabatlarni muvaffaqiyatli obyektiv namoyon qiladi,
boshqa hollarda esa, muvaffaqiyatsizroq, biroq moliya har doim
Do'stlaringiz bilan baham: |