52
eksperiment ko’rsatkichlariga tayanadi va u bilan tasdiqlanadi. Induksiya va
deduksiya, analiz va sintez, umumlashtirish va konkretlashtirish va hokazolar bir-
birlari bilan bog’liqdir.
Ilmiy bilishning emperik darajasi maktabda fizika o’qitishning bir qator
metodlarida qo’llanilishi mumkin; o’quvchilar atrofidagi tabiat hodisalarini yoki
o’qituvchi ko’rsatayotgan tajriba davomida kuzatishni o’rganadilar.
Frontal laboratoriya ishlarida, fizik praktikumlarda, uyda bajariladigan
tajribalarda o’quvchilar ayrim eksperimental usullarni egallaydilar.
Kuzatish va tajriba natijalari taqqoslash asosida tahlil qilinadi va induksiya
bo’yicha xulosalar chiqarish asosida emperik umumlashtirishga olib kelinadi.
“Induksiya” so’zi lotincha “inductio” so’zidan olingan bo’lib, “yo’lga solish”
ma’nosini bildiradi. Kuzatish va tajriba ma’lumotlarini tahlil qilish jarayonida
o’rganilayotgan hodisalarning muhim umumiy xossalari aniqlanadi, hayolda yangi
fikrlar paydo bo’ladi, induktiv xulosa chiqariladi.
Induksiya odatda kuzatish, tajriba ma’lumotlarini tahlil qilish va taqqoslashdan
boshlanadi.
Induktiv xulosaning mexanizmi chekli miqdordagi tajribalar natijalarini hamda
shunga o’xshash holatlarni EKSTROPOLYATSIYA qilish hisoblanadi. Masalan mis,
alyuminiy va po’latlar elektr tokini o’tkazishiga tajribada ishonch hosil qilinib,
hamma metallar elektr tokini o’tkazadi, deb induktiv umumlashtiriladi. Tajriba
hamma metallar ustida olib borilmagani uchun induktiv xulosa qat’iy isbot qilingan
deb bo’lmaydi, u ehtimollik xarakteriga ega.
Ilmiy tekshirishlarda induksiya bo’yicha xulosalarning ishonchliligini oshirish
uchun o’tkaziladigan tajribalar sonini oshirishga harakat qilinadi.
Fizika o’qitishda induksiya o’qitishning yangi metodlarini tushuntirishda usul
sifatida foydalaniladi. O’quvchilarni, induktiv umumlashtirishni qurishga evristik
suhbat davomida, demonstratsion tajriba yoki laboratoriya eksperimentining
natijalarini tahlil etishda va taqqoslashda o’rgatadilar.
Tushuntirishning induktiv usulini qo’llashda o’qituvchi tajriba natijalarini
ko’rsatish va tahlil qilish asosida o’quvchilarni yangi bilimlar olishga olib keladi.
Masalan, richagning muvozanat shartini tushuntirishda o’qituvchi “kuchning yelkasi”
tushunchasini kiritadi, shundan keyin esa richagga turli kuchlar qo’yish bilan yuk
ta’sirini muvozanatlash mumkin bo’lgan tajribani ko’rsatadi. Tajriba
natijalarini tahlil
qilish asosida o’qituvchi richagning muvozanat shartini keltirib chiqaradi.
Induksiya usuli asosan kuzatish va tajribalarga asoslanganligi tufayli bu usulda
o’rta umumta’lim maktablarda fizika o’qitishda ko’proq qo’llaniladi, shu bilan birga
kollejlarda va akademik litseylarda ham ayrim mavzularni o’tishda bu usuldan
foydalaniladi. Masalan, molekulyar fizika bo’limini o’rganishda avval gaz qonunlari
o’rganilib, keyin ideal gaz holat tenglamasini keltirib chiqarish mumkin yoki
bo’lmasa fotoeffekt hodisasini o’rganishda va hokazolarda.
VIII-sinf darsligida tok kuchining kuchlanishga, qarshilikning o’tkazgich
uzunligiga bog’liqligini, VII-sinfda massa tushunchasi, Nyuton qonunlari, IX- sinfda
yorug’likning qaytish va sinish qonunlari, fotoeffekt qonunlari va xokazolar induktiv
metod bilan tushuntiriladi.
Biroq tajriba va induktiv umumlashtirishdan foydalanish o’quvchilarda konkret
obrazli fikrlashni o’stiradi, xolos. Nazariy, abstrakt fikrlashni kengaytirish uchun
54
Fizika o’qitishda shuningdek, analiz va sintez, o’xshatish, modellashtirish va
boshqa metodlardan ham foydalaniladi.
Fizika o’qitishda o’quvchilar faoliyatini modellashtirish dolzarb muammolardan
biri bo’lib hisoblanadi. O’quvchilar dars mavzusining muhimligini, ahamiyatini
chuqur va ongli tushunib yetganlaridagina ularda faollik ortadi va darsga qiziqish
bilan qaraydi. Buning bir qator yo’llari bor. Darsda “Muammoli vaziyat” vujudga
keltirishganda fikrlash eng katta faollikka ega bo’lishi tajribada isbotlangan. Ikkinchi
yuli o’rganilayotgan mavzuning turli kasb egalari uchun qay darajada zarurligini
asoslashda muhim ahamiyatga ega.
Kasb-hunar kollejlarida har bir mavzuni talabalarning kasbiga bog’lab olib
borish samarali natija berishi muqarrardir. O’quvchilar faolligini oshirishning muhim
yo’llaridan biri darsda demonstratsion tajribalardan va ko’rgazmali qurollardan
ko’proq foydalanishdir. Hozirgi paytda fizikaning barcha bo’limlariga doir
laboratoriya ishlari yozilgan kompakt disklar va disketlar ishlab chiqarilmoqda. Dars
jarayonida ulardan foydalanish albatta o’quvchilarning faol ishlashiga olib keladi.
O’quvchilar qobiliyatini oshirish, ularni fizika fanida faol ishtirok etishi uchun
ilmiy tadqiqot metodlaridan ham foydalanish kerak. Albatta buni har bir darsda
amalga oshirib bo’lmaydi, lekin imkon bo’lgan joyda uni qo’llash samarali natija
berishi shubhasiz, chunki bu usul o’quvchilarga o’z bilimlarini yangi vaziyatda, yangi
sohada qo’llash imkonini beradi.
Fizika o’qitishda o’xshatishlardan tez-tez foydalaniladi. Mantiqda o’xshatish
deganda bir belgilardagi o’xshashiga qarab shu narsalarning o’xshashligi haqida va
boshqa narsalar haqida chiqariladigan xulosaga aytiladi. Ilmiy tadqiqotlarda u aniq
materialni mantiqiy ishlab chiqish va farazlarni ta’riflash usullaridan biri hisoblanadi.
O’xshatish metodi modelning xossalarini real ob’ektga ko’chirish negizi hisoblanadi.
O’xshatish modellashtirish yo’li bilan chiqariladigan xulosalar uchun ham
mantiqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Modellashtirish metodi biror ob’ektni o’rganishda
boshqa ob’ektdan foydalanishdan iborat bo’ladi. Birinchi ob’ektning o’rnini
almashtiradigan ob’ekt model deyiladi. Modellashtirishda ham, o’xshatish kabi bir
buyum (model) haqidagi bilimlar boshqasiga (originaliga) ko’chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: