47
qabul qilinadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga ishbilarmonlar, mehnat jamoasi
vakillari hamda kasb-hunar maktablari o’qituvchilari kiradi.
O’quvchilar iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olgan 500.000dan ortiq
korxonalarda, shuningdek erkin kasblar sohasida va davlat muassasalarida
o’qiydilar. Yirik firmalar o’quvchilarni o’zlarining o’quv ustaxonalari va ish
joylarida tayyorlaydilar. Kichik korxonalarda o’qish bevosita ish joylarida tashkil
etilgan. Agar korxona tor ixtisoslikka ega bo’lib, zaruriy bilimlarni berish
imkoniyatiga ega bo’lmasa, ularga yoshlar o’zlarining kasbiy bilimlarini
chuqurlashtirishlari mumkin bo’lgan tarmoqlararo o’quv markazlari yordam
beradi.
Barcha uchun ta’lim. Mamlakatda hech bir kishi mutaxassislikka ega bo’lmay
turib mehnat faoliyatini boshlashi mumkin emas. Kasbiy ta’limning dual tizimi
o’zini yaxshi tomondan ko’rsatib, doimo mukammallashib bormoqda. Shuning
uchun bo’lsa kerak qator mamlakatlarning bu tizimga qiziqishlari ortmoqda.
Yoshlar ichida korxonalarda o’quv joylariga talab oshayotganiga qaramay,
shu paytgacha taklif va talab o’rtasidagi muvozanatni ushlab turishga erishilib
kelinmoqda. Germaniya’ning birlashuvi to’g’risidagi Shartnomada sohada
yoshlarning harakatchanligini oshirish maqsadida mamlakatning har ikkala
qismida olingan kasbiy ta’lim to’g’risidagi guvohnomalar tan olinadi.
Oliy o’quv yurtlari. Germaniya’ning eng qadimgi oliy o’quv yurti —
Geydelbergdagi universitet 1386 yilda tashkil etilgan. Boshqa ko’pgina uni-
versitetlar 500 yillik yubileylarini nishonladilar, bular jumladan, urf-odatlarga boy
Leypstigdagi (1409 yilda tashkil etilgan) va Rostokdagi (1419 yilda tashkil etilgan)
universitetlardir. Ular bilan bir qatorda juda yosh universitetlar ham mavjud,
ularning 20dan ortig’i 1960 yildan so’ng tashkil etilgan.
Sekinlik bilan rivojlanayotgan universitetlar bilan bir qatorda oliy texnik
o’quv yurtlari, pedagogika institutlari va, xususan, asrimizning 70-80-yillarida
ixtisoslashtirilgan oliy o’quv yurtlari tashkil topdi. Barcha yoshlarning o’qishga
qabul qilinishi huquqi — oliy maktab sohasidagi siyosatning maqsadiga aylanadi.
1960 yilda oliy o’quv yurtlarida yoshlarning faqat 8 foizigina o’qiy boshlagan
bo’lsa, butungi kunda barcha maktab bitiruvchisining deyarli har bir uchinchisi
oliy o’quv yurtiga qabul qilish haqida ariza beradi. Ammo, ta’kidlash joizki,
keyingi yillarda Olmoniya oliy ta’limida muammolar ko’paydi. Jumladan, 1996-
97-yillarda qishki semestrda
mamlakatda talabalar, soni 1,83 mln kishiga kamaydi.
Yana bitta muammo — bu ta’lim olishning o’rtacha muddati nihoyatda
kattaligidir. Buning uchun federastiya va erlar o’quv jarayoni tuzilmasini isloh
qilish va oliy o’quv yurtlarining samaradorligini oshirish haqidagi masalani ko’rib
chiqmokdalar. Olmoniyada oliy o’quv yurtlari faqatgina ta’lim sohasidagi
vazifalarni bajaribgina qolmay, balki ilmiy tadqiqotlar uchun ham asos bo’lib
xizmat qiladi. Ularning nazariy tadqiqotlar sohasidagi faoliyati Olmoniyadagi
ilmiy tadqiqotlarning umumiy darajasini oshirishga yordam beradi.
Oliy maktabning tashkiliy tuzilmasi. Oliy o’quv yurtlari (ba’zi bir xususiy,
ayniqsa, diniy oliy o’quv yurtlari, bundesver universitetlari, Ixtisoslashtirilgan
boshqaruvning oliy federal maktabidan tashqari) erlar vakolatiga kiradi.
Federastiya va erlar mavjud o’quv yurtlarini kengaytirish va yangilarini tashkil
48
etish tadbirlarini rejalashtirish bo’yicha hamkorlik olib boradilar. Kelajakdagi
vazifalarni hal etish maqsadida maxsus federastiya va erlarning ta’lim sohasini
rejalashtirish masalalari bilan shug’ullanadigan va ilmiy tadqiqotlar olib borishga
ko’maklashadigan birlashgan komissiyasi tashkil etilgan. Bu doirada federastiya va
yerlar hamkorlikda ta’limning barcha sohasida model loyihalarga moddiy yordam
ko’rsatadi. Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega. Qonunlar doirasida u
o’zining Nizomiga asosan ish olib boradi. Oliy o’quv yurtini bir necha yilga
saylanadigan shtatdagi rektor yoki prezident boshqaradi. Federal yerlarning
ko’pchiligida, oliy o’quv yurtlarida talabalarning o’z-o’zini boshqarish tizimi
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: