Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


Kompyuter  viruslarining  tasnifi



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/203
Sana05.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#317892
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   203
Bog'liq
Kiber

Kompyuter  viruslarining  tasnifi.
  Hozirgi  kunda  kompyuter  viruslarining 
yagona  tizimli  tasnifi  mavjud  emas  va  turli  manbalarda  ularni  turlicha  omillar 
asosida  tasniflari  keltirilgan.  Xususan,  kompyuter  viruslarini  quyidagi  omillar 
bo’yicha tasniflash mumkin: 
1.
 
Resurslardan  foydalanish  usuliga  ko’ra. 
Hozirgi  kunda  kompyuter 
viruslarini  resursdan  foydalanish  usuliga  ko’ra 
virus-parazitlar 
(yoki  shunchaki 
virus
)  va 
virus-chervlar 
(yoki  shunchaki 
chervlar
)  ga  ajratish  maqsadga  muvofiq 
bo’ladi. 
Resurslardan  foydalanib  ko’payishning  birinchisi  bu  –  boshqa  dasturga 
mansub  bo’lish  hisoblanib,  ular  boshqa  dasturlar  ichida  joriy  qilinadi  va  ushbu 
dastur yuklanishi bilan aktivlashadi. 
Ikkinchisi,  odatda faqat hisoblash tizimi resursidan (tezkor va doimiy xotira, 
dasturiy  bo’lmagan  fayllar)  foydalanib,  tarmoq  orqali  o’z  nusxalarini  tarqatadi, 
axborot  eltuvchilari,  xotira  buferi  va  begona  arxivlar  yordamida  barchaga 
taqsimlanadi. Chervlar avtonom bo’lib, ular boshqa dasturlarga biriktirilmaydi.  
2.
 
Zararlaydigan obyektlar turiga ko’ra. 
Ushbu tasnifga ko’ra viruslarni 
dasturiy

yuklanuvchi, makroviruslar 
va 
ko’p platformali 
viruslarga ajratish mumkin. 
Dasturiy 
viruslar  boshqa  dasturlarning  fayllarini  zararlaydi.  Masalan, 
Win9X.CIH 
virusi Windows 95/98/ME OT dasturlari uchun parazit hisoblanadi. 
Yuklanuvchi 
viruslar  yuklangan  qattiq  diskdagi,  disketa  yoki  fleshka 
sektorlarida  joylashgan  kichik  programmalarni  zararlaydi  yoki  uni  almashtiradi. 
Bunga  misol  sifatida,  BIOS  sathida  ishlovchi 
Michelangelo 
virusini  keltirish 
mumkin.  


213 
 
Makroviruslar 
uchun  sharoit  yaratuvchi  vosita  sifatida  ma’lum  dasturlash 
tilida yozilgan va turli ofis ilovalari – MS Word hujjati, MS Excel elektron jadvali, 
Corel Draw tasviri, fayllarida joylashgan “makroslar” yoki “skriptlar” xizmat qiladi. 
Bunga  misol  qilib,  MS Word hujjatlarini  zararlovchi 
Concept 
virusi, Excel 
jadvallarini zararlovchi 
Laroux 
viruslarini keltirish mumkin. 
Ko’p  platformali  viruslar 
bir  vaqtning  o’zida  turli  xildagi  obyektlarni 
zararlaydi.  Masalan, 
OneHalf.3544 
virusi  ham  MS-DOS  dasturlari  ham  qattiq 
diskning yuklanuvchi sektorlarini zararlasa, 
Anarchy 
oilasiga tegishli viruslar MS-
DOS va Windows dasturlaridan tashqari, MS Word hujjatlarini ham zararlay oladi. 
3. Faollashish prinsipiga ko’ra. 
Viruslarni ushbu xususiyatiga ko’ra 
rezident 
va 
norezident 
turlarga  ajratish tavsiya  etiladi.  Rezident viruslar  doimo  kompyuter 
xotirasida  aktiv  holatda  joylashadi.  Boshqa  dastur  yoki  operasion  tizim  orqali 
jabrlanuvchiga  murojaatlarini  kuzatib  boradi  va  shundan  so’ng  unga  yuqadi. 
Masalan,  bajariluvchi  dasturlar  yuklanish  vaqtida,  ishni  tugatish  vaqtida  yoki 
ularning fayllarini ko’chirish vaqtida zararlanadi. Bularga misol qilib, 
OneHalf.3544
 
(MS-DOS muhitida) va 
Win9X.CIH
 (Windows 95/98/ME muhitida) viruslarini olish 
mumkin.  
Norezident  viruslar  zararlangan  tashib  yuruvchilarni  yuklash  vaqtida  ishga 
tushadi va ularning faoliyat vaqti cheklangan bo’ladi. Masalan, 
Vienna.648 
virusi 
zararlangan dastur ishga tushgandan so’ng darhol ishga tushadi. Biroq, ushbu vaqtda 
diskdan ko’plab qurbonlarni topishga va ularni biriktirishga ulguradi. Shundan so’ng, 
boshqaruvni  o’zining  saqlovchisiga  uzatadi  va  o’zi  keyingi  yuklanishga  qadar 

uxlaydi
”. 
Ko’p vazifali operasion tizimlarda “
yarim rezidentli
” viruslar mavjud bo’lib, 
ular xuddi norezident viruslar kabi yuklanadi. Alohida oqimli yuklangan  dasturlar 
kabi tashkil qilib, ushbu dasturlarning butun ishlash davomida o’zini rezident kabi 
tutadi  va  o’z  ishini  saqlovchi-dasturi  bilan  birgalikda  tugatadi.  Masalan, 
Win32.Funlove.4070
 bunga misol bo’la oladi.   


214 
 
4.  Dastur  kodini  tashkil  qilish  yondashuviga  ko’ra. 
Mazkur  taksanomik 
belgilar  viruslarni 
shifrlangan,  shifrlanmagan 
va 
polimorf
larga  ajratishga  imkon 
beradi.  
Shifrlanmagan viruslar 
o’zini oddiy dasturlar kabi ko’rsatadi va bunda dastur 
kodida hyech qanday qo’shimcha ishlanmalar mavjud bo’lmaydi. Bunday viruslarni 
(masalan, 
Vienna.648
) dasturlarda osonlik bilan aniqlash hamda dizassamberlash va 
dekompilyatorlar orqali tadqiq qilish va o’chirib tashlash mumkin. 
Shifrlangan  viruslar 
kodida  bir  qancha  o’zgarishlar  mavjud  bo’ladi. 
Shifrlangan  virus  hisoblash  qurilmasining  xotirasida  dastlab  deshifrlanadi  va 
shundan  so’ng  zararlashni  boshlaydi.  Shuning  uchun,  mazkur  viruslarni  aniqlash, 
o’rganish va  o’chirish  murakkab  bo’lib,  bu  murakkablik  kamida  undagi qaytarish 
amali  –  kodni  deshifrlash  bilan  xarakterlanadi.  Odatda  virusni  shifrlash  koddagi 
maxsus  anti-debaggerlash  usulidan  foydalanish  orqali  amalga  oshiriladi.  Bunday 
viruslar sirasiga 
Sayha.Diehard 
virusini kiritish mumkin. 
Polimorf 
viruslar  turli  ko’rinishdagi  shifrlangan  viruslar  bo’lib,  o’zining 
ikkilik  shaklini  nusxadan-nusxaga  o’zgartirib  boradi.  Mazkur  sinfdagi  viruslarga 
OneHalf 
oilasi viruslarini kiritish mumkin. Xususiy hollarda polimorflik 
metamorfik 
viruslar 
bo’lib,  o’zining  ikkilik  tanasini  shifrlamasdan,  faqat  ularni  o’zgartirish 
orqali o’z nusxalarini yaratadi. Bunday viruslarga misol qilib, 
 Win32.Zmyst 
virusini 
keltirish mumkin.  
5.  Virus-chervlarning  tasnifi. 
Virus-chervlarni  tasniflash  ularni  tarqalish 
yo’llariga  asoslanadi.  Masalan, 
pochta  chervlari  (
masalan,
  E-Worm.Win32.Aliz)
 
elektron pochta orqali tarqalsa, 
tarmoq chervlari 
(odatda ular 
Internet chervlari
 deb 
ham  yuritiladi)  tarmoq  protokollari  yordamida  tarqaladi  va  ma’lumot  paketlari 
ichida yashiringan holda uzatiladi (masalan, 
Net-Worm.Win32.Lovesan
). 
“Telefon” 
yoki 
“mobil” 
chervlar  (masalan, 
Cabir
)  esa  turli  “tarmoq”lar,  masalan,  simsiz 
axborot uzatish tarmog’i hisoblangan 
BlueTooth 
orqali tarqaladi. Bundan tashqari, 
1980 yillarda tarqalgan 
fayl chervlari 
deb nomlangan turi (masalan, 
Mkworm.715

esa,  o’zi  mustaqil  ravishda  tarqalmaydi.  Balki,  o’zini  turli  tashib  yuruvchilar  va 
kataloglarda, hattoki, ZIP, RAR fayllarda nusxalaydi hamda shu tartibda tarqaladi. 


215 
 
6.  Kompyuter  viruslarining  boshqa  omillar  bo’yicha  tasnifi. 
Kompyuter 
viruslarining yuqorida keltirilgan omillardan tashqari quyidagi omillar asosida ham 
tasniflash mumkin: 

 
zararlaydigan operasion tizimi va platformasiga ko’ra (DOS, Windows, 
Unix, Linux, Android); 

 
kompyuter  virusi  yozilgan  dasturlash  tili bo’yicha  (assembler, yuqori 
dasturlash tili, senariy tili va hak.); 

 
qo’shimcha  zararli  funksiyalariga  ko’ra  (bekdorlar,  keyloggerlar, 
shpionlar, botnetlar va h.). 
Albatta, yuqorida keltirilgan kompyuter viruslarining tasnifi yakuniy emas va 
har bir muallif tanlab olgan omillari asosida ularni tahlil qilishi mumkin. Quyida esa 
hisoblash tarmoqlarida ko’p zarar keltirilgan va mashhur zararli dasturiy vositalar 
bilan tanishib chiqiladi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish