12. elder – the eldest – o’rtancha – eng katta (to’ng’ich) so’zlari oila a’zolari va o’z
qarindoshlarimiz haqida gapirganda ishlatiladi. Bu so’zlar yoshga nisbatan ishlatilmaydi. Bu so’zlat
qiyosiy yki orttirma darajada emas balki ular shunday so’zlardir: My elder brother. Mening
o’rtancha akam. His eldest uncle. Uning eng katta (to’ng’ich) tog’asi.
You will get the further information from our office. Siz qo’shimcha ma’lumotlarni idoramizdan
olasiz.
13. “Most” so’zi “
ko’pchilik ” ma’nosida kelganda “
the ” artiklisiz ishlatiladi: Most people
like George. Ko’pchilik odamlar Jorjni yoqtiradi. “Most” so’zi “juda” ma’nosida kelganda ham sifat
va ravishlarning oldidan artiklsiz ishlatiladi: The book was most interesting. Kitob juda qiziq edi. It
was most generous of you. Bu sizning juda saxiyligingiz bo’ldi.
Lekin mostly so’zi “asosan” ma’nosida ishlatiladi va sinonimi “
mainly ” dir.