“ O ’ G AY O NA” A S A R I H A Q I DA .
Ahmad Lutfi Qozonchining “O’gay ona” asarini turkchadan Yo’ldosh Eshbek
o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Tarjimon umumislomiy iboralar, turkiy
izofalarning asliyatdan uzoqlashmasligiga e’tibor qaratdi.
Bevosita romanga to’xtaladigan bo’lsak, u o’n to’qqiz yoshli go’zal Fotimaning
ikki yetim bor farzandi bor erkakka turmushga chiqishi, yetimlarni hech kimdan kam
qilmay parvarish qilishi va ibratli hayotiga bag’ishlanadi. Ho’sh, uni bunday
qurbonlikka nima majbur qildi? Gulday yoshligini o’ziga munosib tarbiyali, bilimli,
yosh yigit bilan o’tkazsa ham bo’ladiku?! Bu bilan biz uning eri o’ziga munosib
emasdi, degan fikrni yiroqman.
Fotimaning qo’shnisi Ismoil uch yoshida onasidan yetim qoladi. Keyingi hayoti esa o’gay
onasining zulmi ostida o’ta boshladi. Ayniqsa, singlisi Salima tug’ilganidan so’ng ikkisiga
bo’lgan ayro munosabat Ismoilning dardiga dard qo’shadi. Hali murg’ak bolaning ushbu
yoshida ko’rgan azoblariga hammamiz achinamiz. Shu o’rinda Fotima ona ham uning ko’nglini
ozgina bo’lsada ko’tarish uchun qo’lidan kelgan yaxshiliklarni qiladi. Biroq bir bolaning azobli
kechmishlari yoshgina qizning birdaniga ikki farzandning onasi bo’lishiga to’laqonli sabab
bo’la olarmikan? Ha, bu haqiqatga yaqin sabab. Aslida, Fotimaning yetimlarga bu qadar rahmi
kelishiga undagi diniy bilimlar, islomiy qarashlar taqozo etmaganmikin? Mana asarning
mohiyati, yozuvchining bu asarni yozishdan maqsadi qayerda! Diniy bilimlar haqiqiy insonni
tarbiyalovchi, unga to’g’ri yo’lni ko’rsatuvchi shamchiroqdir.
Fotima ona obrazi ushbu asarda faqat yaxshi ona bo’libgina qolmay, balki aql-u
farosatda tengsiz turmush o’rtoq ham ekanligini ko’rishimiz mumkin. Piyoz va
sarimsoq yegani uchun ehromga borishga uyalgan turmush o’rtog’iga: “Men
masjidga borish uchun ulardan voz kechgan bo’lardim”, - deya unga ham tarbiya
bergan, Alloh ko’rib turganini har doyim yodida saqlagani uchun yolg’iz qolganda
ham ro’molini yechmagan qizdan yetimlar tugul boshqalarga ham zarracha
yomonlik kelishi mumkinmi?! Quyidagi buyuk so’zlar uning hayotidagi shioriga
aylangan edi: “Har yetimga qilingan yaxshilik Alloh huzurida payg’ambarimizga
qilingan yaxshilik singaridir deb qabul qilinsa, yetimlarga zarar yetmaydi.”
Fotima deyarli barchaning qarshiligiga qaramay Odilbekka turmushga chiqadi va uning ikki
yetim bolasini bag’riga oladi. Odilbekning, qolaversa o’quvchilarning ham “haqiqiy ona – inson,
o’gay ona – uning soyasi” kabi qarashlarini o’zgartiradi. Uni chekishdan qaytaradi. Bu yo’ldan
qaytishiga birgina so’z sababchi bo’ladi. Yuqorida aytilgan fikrning isboti uchun shu bir so’zning
o’zigina kifoya qiladigan insonni qanday qilib Fotimaga munosib emas deyish mumkin. Ayoli
ham unga munosib albatta. Fotima yetim bolalarining o’z onalarini unutishlarini ham istamaydi,
kechalari u ayol haqqiga duo qilar, erini ham bunga undar, kun kelib farzandlarini ham shunga
o’rgatadi. Fotima o’zi ham bir qizlik bo’ladi, lekin hech qachon o’z qizi va ikki yetimiga nisbatan
ayro munosabatda bo’lmaydi, barchasini birdek ko’radi.
Fotima ona asarda shunday buyuk ayol sifatida tasvirlanadiki, asarda bayon etilgan bir
vaziyatda, menimcha, farzandning haqiqiy onasi ham bunday yo’l tutishi mushkul. Ikki yetim
farzandning onasiga aylangan Fotima o’zi ham qiz farzandli bo’ladi, kunlarning birida bir necha
oylik bo’lgan qiziga katta “o’gay” qizi qarab o’tirgan edi. Qizaloq yig’lab qolgan go’dak og’ziga
o’zi yeb o’tirgan no’xatdan bir donagina soladi. Hali ona sutidan bo’lak narsani o’g’ziga
olmagan chaqaloq tiqilib, o’lib qolishiga bir bahya qoladi. Buni ko’rib Fotima jaxl ustida
qizaloqqa tarsaki tushirib yuboray deydi, lekin ilohiy bir kuch bilan o’zini bu ishdan to’xtatadi,
qizaloqqa qo’l ko’tarmaydi. E’tibor bering, bunday vaziyatda, hatto, chin ona ham o’zini tutib
turishi mushkuldir.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, yozuvchi asarida hali hech kim
qalam urmagan haqiqiy onadanda afzalroq o’gay onani tasvirlab bera olgan.
Uning ishonchli chiqishini ta’minlay olgan va haqiqiy inson qanday bo’lishi
kerakligini isbotlab bera olgan. Hammamiz ham bunday ishlar yaxshi
ekanligini bilamiz, biroq hammamiz ham kuchli iroda ila ularni bajara
olmaymiz.
ETIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |