1-savol: Internet orqali (onlayn) suhbat
Sidneyda soat 19:00 bo‘lsa, Berlinda soat necha bo‘ladi?
Javob: ..................................................
1-savol to‘g‘risida ma’lumot
Matematikaga oid mazmun sohasi: o‘zgarish va munosabatlar.
Kontekst: shaxsiy.
Aqliy faoliyat turi: talqin qilish.
1-savolning baholash mezoni
O‘quvchi tomonidan quyidagi mazmunda javoblar berilganda,
ushbu javoblar to‘liq qabul qilinadi va to‘liq kredit beriladi:
Kod 1: Kunduzgi 10:00 yoki 10:00.
O‘quvchi tomonidan quyidagi mazmunda javoblar berilganda,
ushbu javoblar qabul qilinmaydi va kredit berilmaydi:
Kod 0: Noto’g’ri javoblar yozilgan.
Kod 9: Javob yozilmagan.
2-savol: Internet orqali (onlayn) suhbat
Mark va Hans ertalabki 9:00 va 16:30 o‘rtasida suhbatlasha olmaydi,
chunki ular maktabga borishlari kerak. Shuningdek, soat 23:00 dan ertalabki
Do'stlaringiz bilan baham: |