Topshiriq tavsifi
Yuqoridagi xalqaro PISA testi ekranini namoyon etuvchi platformalar
namunalaridagi 1A/2-topshirig‘i o‘quvchining
turli g‘oyalarni ilgari su-
rish kompetensiyasini baholaydi.
Platforma namunasining chap tomonida topshiriq berilgan. O‘ng to-
monda esa topshiriqni bajarishda foydalaniladigan rasm chizish vositalari
(shtamplar va shakllar) taqdim etilgan.
Topshiriq ko‘rsatmasiga binoan, o‘quvchi mazkur “Taom va do‘stlar
festivali” mavzusi asosida o‘tkaziladigan festival tashkilotchilariga ikki xil
logotip loyihalarini taqdim etishlari lozim. Aynan shu logotip loyihalarining
birinchisini ushbu topshiriqda bajarishlari kerak bo‘ladi.
Logotipni yaratishda o‘quvchi o‘ng tomondagi taqdim etilgan rasm chi-
zish vositalari, shtamplardan foydalanadi va rasmni o‘ng tomondagi katak
ichiga chizadi. O‘quvchi o‘zi yaratgan logotipi ma’nosini chap tomondagi
topshiriq ostidagi katakda tavsiflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |