Buxoro davlat universiteti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/106
Sana03.01.2022
Hajmi2,3 Mb.
#315739
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
Bog'liq
umumiy kimyo fanidan anorganik birikmalarning eng muhim sinflari mavzusini oqitishda -lms-moodle tizimidan foydalanish akademik litseylar misolida

1-bosqich
. Umumiy kimyo fanidan modul  texnologiyasi  asosida dars  o’tish 
uchun    o’quv    moduli  tayyorlandi.  Buning  uchun  Anorganik  birikmalarning  eng 
muhim  sinflari  mavzusiga  oid  ma’ruza  matnlari,  test,  izohli  lug’at,    multimediya 
vositalari tayyorlandi. 


88 
 
2-bosqich
.    O‘quvchilarning  uyda  modul  bilan  mustaqil  ishlashini  tashkil 
etgan  holda  darslar  o’tildi.  Bunda  o’quvchilarning  kompyuter  va  internet 
tarmog’idan samarali foydalanishi ko’zda  tutildi. 
3-bosqich
. O’quvchilarga dars Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari 
mavzusini  modulli  texnologiya  asosida    o’tilganda  ularning  o’zlashtirishi 
aniqlandi.  Umumiy  kimyo  fani  bilimlarini  maxsus  ishlab  chiqilgan  o’quv 
modullari yordamida mustaqil o‘rganish faoliyati sinab ko‘rildi. 
Eksperiment  natijalarning  aniq  bo‘lishini  ta’minlash  maqsadida  kimyoviy  
bilimlari  bir-biriga  deyarli  teng  bo‘lgan  guruhlar  (eksperiment  va  taqqoslash 
guruhlari sifatida) tanlab olindi. Bunday guruhlarni tanlashdagi asosiy talablardan 
biri  eksperiment  va  taqqoslash  guruhlarida  bir  nafar  o‘qituvchining  o‘zi  dars  va 
darsdan tashqari mashg‘ulotlar olib borish zarurligiga e’tibor qaratildi. 
Eksperimental  tajriba  uchun    Buxoro  muhandislik-texnologiya  instituti 
qoshidagi 1-son akademik litsey tabiiy fanlar yo’nalishida olindi.
 
Eksperimental tadqiqotning asosiy maqsadi akademik litsey o‘quvchilarining 
umumiy  kimyodan  Anorganik  birikmalarning  eng  muhim  sinflari  mavzusini  
darsda  o‘quv  faoliyatini  tashkil  etish  va  takomillashtirishning  didaktik-metodik 
qoidalari va qonuniyatlarini ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, o‘quvchilarning 
mustaqil  bilim  olish  samaradorligini  oshirishda  o‘qitishning  turli  xil  noan’aviy 
usullaridan foydalanishdir . 
Eksperiment   uchun   umumiy  kimyo  kursining  «  ”Anorganik birikmalarning 
eng  muhim  sinflari  »  bo‘limi  bo‘yicha  nazorat  ishlari  ishlab  chiqildi  va  yetarli 
miqdorda ko‘paytirildi .  
Tajriba-sinov  ishlari  o‘tkazishdan  oldin  eksperimental  va  taqqoslash  guruhi 
o‘quvchilari  umumiy  kimyodan  ishlab  chiqilgan    test  topshiriqlarining  asosiy 
shakllari hamda ularga javob berish tartibi bilan tanishtirib o‘tildi. 
Tajriba-sinov  ishlarini  o‘tkazishda  eksperimental  guruh  o‘quvchilariga 
internet  saytida  berilgan  ma’lumotlar  manzili  berildi.  Mavzuga  tegishli 
ma’lumotlar buxdu.uz saytining masofaviy ta’lim qismida joylashtirilgan.  


89 
 
Umumiy  kimyo  darslarda  internetda  joylashtirilgan  ma’lumotlarga  tegishli 
mustaqil  topshiriqlar  berildi.  Har  darsda  bu  topshiriqlarning  bajarilishi  nazorat 
qilindi.  O‘quvchilarning  uyda  mustaqil  shug’ullanishlarini    nazorat  qilish  uchun 
eksperimental va taqqoslash guruhlarida ham bir xil, ya’ni test topshiriqlarining 2-
varianti  orqali  har  bir  darsda  100  ballik  sistemada  maxsus  formula  yordamida 
baholab  borildi. 
Umumiy  kimyodan  modulli  ta’lim  texnologiyalari  asosida  dars  o’tilganda  
test  topshiriqlari  yordamida  tekshirildi.  O‘quvchilarning  internet  bilan  mustaqil 
ishlashini  tashkil  etish  orqali  ularning    dars  materiallarini  chuqurroq 
o‘zlashtirishlariga erishish mumkinligi tajriba-sinov ishlarida tasdiqlandi[60]. 
 
Biz  ”Anorganik  birikmalarning  eng  muhim  sinflari  ”  -bo‘limiga  12  soat  
ajratilgan. Bu bir oyga mo’ljallandi. Mavzular 4 ta modulga ajratildi. Shu modul 
asosida darslar  o’tildi.  
Eksperimental  guruhlarda  umumiy  kimyo 
darslari  modulli  ta’lim 
texnologiyalari  asosida  o’tildi.  Taqqoslash  guruhlarida  esa  boshqa    ilg’or 
pedagogik  texnologiyalar  asosida  o’tildi.  Har  ikkala  guruh  o‘quvchilarining 
o‘zlashtirish darajasi bir xil nazorat topshiriqlari yordamida baholandi. 
Guruh  o’quvchilarining  tеxnologiyalari  vositasida  bilim  olish  jarayonida 
o’zlashtirish  samaradorligi  bilim  darajasining  o’zgarishini  aniqlash  yo’li  bilan 
tasdiqlandi.  Bo’lim  yuzasidan  olingan  natijalarga  asoslanib,  oksidlarning 
nomlanishi  va  turlari,  oksidlarning  olinish  usullari  va  xossalari,  kislotalarning  
nomlanishi va turlari, kislotalarning olinish usullari, xossalari va boshqa bo’limlar 
modulli  ta’lim  texnologiyalari  asosida  o’tildi.  Bu  jarayondagi  o’zgarishlar 
ko’rsatgichi quyidagicha:[62] 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish