Jinoyat ishtirokchilari harakatlarining o‘zaro muvofiqligi
shaxslarning jinoyat sodir etishda niyatlar va xohish-istaklari o‘zaro
ifodalanganligida namoyon bo‘ladi. Muvofiqlik jinoyatni birgalikda sodir
etishning subyekt ifodasini, ishtirokchilar o‘rtasidagi birdamlikni subyekt
tomondan tavsiflaydigan zaruriy ruhiy-psixologik aloqani aks ettiradi.
JK
27-moddasida
belgilanuvchi ishtirokchilik tushunchasida
jinoyatda barcha ishtirokchilar harakatlari qasddan qilinganlik mazmuniga
ko‘rsatma mavjud bo‘lib, bu ehtiyotsizlik tufayli sodir qilingan jinoyatda
ishtirokchilik mumkinligini istisno etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |