Jinoiy tajovuz tugallanmaganligi
(jinoyat oxiriga yetkazilmaganligi)
– jinoyat sodir etishga suiqasd qilishning yana bir muhim obyektiv
alomati. Jinoyat sodir etishga qasd qilish, jinoiy faoliyat (tamom
bo‘lmagan jinoyat doirasida) rivojlanishining mustaqil bosqichi sifatida,
tamom bo‘lgan jinoyatdan aynan o‘zining tugallanmagani bilan farq qiladi.
Suiqasdda jinoyat obyektiv tomoni to‘liq amalga oshirilmaydi. Subyekt
o‘zi niyat qilgan barcha jinoiy harakatlarni amalga oshirolmaydi
(harakatsizlik) yoxud u ko‘zlagan jinoiy natija yuzaga kelmaydi.
Xususan, moddiy tarkibli jinoyatlarga suiqasd qilishda ushbu alomat,
asosan, jinoyat obyektiv tomonining muhim tarkibiy qismi – oqibatning
yo‘qligini tavsiflaydi. Masalan, shaxs o‘q otish quroli yordamida odam
o‘ldirish jinoyatini sodir etmoqchi bo‘ladi, ammo nishon xato olinganligi
sababli shaxs o‘lmay qoladi. Ayni holda aybdor harakatlari subyekt
tugallanganini jinoiy qilmish amalda tugallanmaganidan farq qilish kerak
(jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoiy natija mavjud emas). Ammo
moddiy tarkibli jinoyatlardagi suiqasd jinoyatchining barcha harakatlarini
bajara olmagani bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Misol uchun, subyekt
pichoq sanchish uchun qo‘lini ko‘targan, ammo jabrlanuvchi uning qo‘lini
ushlab qolgan holat kiradi. Mazkur holatda hayotga tajovuz qilish bilan
bog‘liq barcha harakatlar oxiriga yetkazilmaganligini va o‘z-o‘zidan
oqibatning kelib chiqmaganligini payqash mumkin.
Jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda ko‘pincha aybdor
mo‘ljallamagan, ko‘zda tutmagan ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqadi
(masalan, odam o‘ldirishga qasd qilishda jabrlanuvchining sog‘lig‘iga
og‘ir shikast yetkaziladi). Bu qilmishni tamom bo‘lgan jinoyatga
aylantirmaydi, chunki jinoiy qilmish tamom bo‘lgan deb topilishi uchun
har qanday ijtimoiy xavfli oqibat emas, balki qonunda bevosita
ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi talab etiladi. Bu holatda
suiqasdni tamom bo‘lgan jinoyatdan farqlash uchun aybdor shaxsning
qasdini aniqlash zarur. Xususan, odam o‘ldirishga qasd qilishda
jabrlanuvchining sog‘lig‘iga og‘ir shikast yetkazilishi odam o‘ldirishga
suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Xullas, jinoyatga suiqasd
qiluvchining harakati (harakatsizligi) ma’lum zararli oqibatlarga olib
273
kelishi mumkin, ammo ular hech qachon aybdor mo‘ljallagan oqibatlar
bo‘lmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan jinoiy oqibatlar ijtimoiy xavfli qilmish sodir
etilgan paytda emas, balki oradan ma’lum vaqt o‘tganidan keyin kelib
chiqqan (masalan, jabrlanuvchi unga hayotdan mahrum etish maqsadida
shikast yetkazilganidan keyin oradan bir necha kun o‘tgach vafot etgan)
hollarda jinoyat tamom bo‘lgan deb topiladi. Qonun nuqtai nazaridan, agar
aybdorning qasddan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) oqibatida,
oradan qancha vaqt o‘tganidan qat’i nazar, jinoiy oqibat kelib chiqqan
bo‘lsa, jinoiy qilmish tugallangan deb topiladi.
Formal tarkibli jinoyatlarda suiqasd jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi
barcha harakatlarning to‘liq bajarilmasligida ifodalanadi. Masalan, shaxs
qalbaki pullarni o‘tkazishga uringanida qo‘lga olinadi.
Obyektiv tomonni xarakterlovchi uchinchi belgi
Do'stlaringiz bilan baham: |