nisbiy mezoni
shaxsning kelib chiqishi
mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglamasligida
namoyon bo‘ladi. Beparvolik shaklidagi ayb formasida shaxs oqibat kelib
chiqishi mumkinligini ham, realligini ham yoki mavhumligini ham
oldindan anglab yetmaydi.
Oqibatni oldindan ko‘ra bilish mumkinligi qilmish sodir etilayotgan
vaziyatning o‘ziga xosligi va aybdorning individual xususiyatlari bilan
izohlanadi. Aybdorning individual xususiyatlariga uning (jismoniy holati,
rivojlanganlik darajasi, ma’lumoti, kasbiy mahorati, sog‘lig‘i holati, qabul
qilish darajasi) qilmish sodir etilayotgan vaziyatdan kelib chiqib, asosli
xulosalar qilishi va atrof muhitni to‘g‘ri qabul qilishi hamda ularga baho
berishga imkon yaratishi kiradi. Bu ikki tayanchning mavjudligi aybdor
sodir etayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko‘ra
bilishga real imkoniyat yaratadi.
Jinoiy beparvolikning
ijobiy mezoni
normativ ahamiyat kasb etib, u
aybdorning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni
oldindan bilishi lozim va mumkin bo‘lganligini anglatadi. Aynan mana shu
belgi beparvolikni mustaqil ayb turi sifatida jinoyat-huquqiy ahamiyatini
oshiradi. Bu insonning anglashi va irodaviy xususiyatlari bilan belgilanadi:
bilish lozimligi normativ ahamiyatga ega bo‘lgan obyektiv belgi
hisoblansa, oldindan ko‘ra olishi mumkinligi katta darajada ijtimoiy
ahamiyat kasb etadigan subyekt belgi. Obyektiv belgining o‘zi bilangina
shaxsda ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqishining oldini olish uchun
imkoniyatlar mavjud degan xulosaga kelib bo‘lmaydi. Ijtimoiy xavfli
oqibat kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilish lozimligi va
mumkinligi shaxsning majburiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Bu qoida
aybdorning mansab maqomini belgilovchi, uning kasbiy vazifalari va
umummajburiy ijtimoiy xulq-atvor qoidalarida, qonun, shartnoma va
206
boshqalarda aks ettirilgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu tarzdagi normativ va
ijtimoiy majburiyatlarning mavjudligi shaxsning u yetkazishi mumkin
bo‘lgan ijtimoiy zararli va xavfli oqibatni to‘la anglashi uchun yetarli
hisoblanmaydi. Buning uchun nisbiy mezonlar mavjudligini aniqlash
lozim.
E’tiborlilik va ehtiyotkorlik jinoyat huquqida xulq-atvorning lozimligi
va mumkinligini yorituvchi atamalar hisoblanadi. Ular ijtimoiy normalar,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonundan kelib chiquvchi normalar, boshqa hujjatlardagi
qoidalardan kelib chiqqan holda mohiyatni ochib beradi.
O‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish yoki
ko‘ra bilmaslik tasodif hisoblanmay, bu shaxsning mazkur harakatlari
bilan buzilishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxs, jamiyat va davlat
manfaatlariga bo‘lgan munosabatdan kelib chiqadi.
O‘z-o‘ziga ishonish va beparvolik irodaviy holatlarining farqi
shundaki, o‘z-o‘ziga ishonishda shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan
oqibatning kelib chiqishini mavhum tarzda oldindan ko‘ra oladi,
beparvolikda esa, shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatning hech
qanday shaklini oldindan ko‘ra olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |