universal prinsipi
jinoyat sodir
etilgan joyga bog‘liq emas, u O‘zbekiston hududidan tashqarida, ya’ni chet
davlatlar hududida yoki hech qaysi davlatga tegishli bo‘lmagan daxlsiz
joylar (masalan, ochiq dengiz, havoda, Antarktida)da sodir bo‘lishi
mumkin. Mazkur tamoyilga amal qilishning yagona sharti konkret xatti-
harakatning xalqaro xarakterdagi jinoyat sifatida xalqaro shartnomalarda
yoki O‘zbekiston Respublikasi bitimlarida nazarda tutilganligi hisoblanadi.
Xususan, bunday shartnomalarga Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurash to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiya
2
, Yollanma jinoyatchilarni
yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash va o‘qitishga qarshi
kurash to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiya
3
, Odamlarni garovga olishga
qarshi kurash to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiya
4
kabi hujjatlar misol bo‘la
oladi.
1
Қаранг: Большой юридический словарь. Под ред. А.Я. Сухарева, В.Е. Крутских. М., ИНФРА, 2000, стр.
479-
б.
2
Қаранг: Терроризмни молиялаштиришга қарши кураш тўғрисидаги Халқаро Конвенция (Нью-Йорк,
2000 й. 9 декабрь, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 2001 й. 12 майдаги 225-II-сон қарори билан
ратификация қилинган, Ўзбекистон Республикаси учун 2002 й. 10 апрелдан бошлаб кучга кирган).
3
Қаранг: Ёлланма жиноятчиларни ёллаш, улардан фойдаланиш, молиявий таьминлаш ва ўқитишга қарши
кураш тўғрисидаги Халқаро конвенция (Нью-Йорк, 1989 й. 4 декабрь, Ўзбекистон Республикасининг
қўшилиши Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1997 й. 26 декабрдаги 555-I-сон қарорига мувофиқ,
Ўзбекистон Республикаси учун 2001 й. 20 октябрдан бошлаб кучга кирган).
4
Қаранг: Одамларни гаровга олишга қарши кураш тўғрисидаги Ҳалқаро Конвенция (Нью-Йорк, 1979 й. 17
декабрь, Ўзбекистон Республикасининг қўшилиши Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1997 й. 26
декабрдаги 554-I-сон қарорига мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси учун 1998 й. 18 февралдан бошлаб кучга
кирган).
84
Bu tamoyil amal qilishining yagona sharti O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnoma va kelishuvlarida xalqaro
xarakterdagi muayyan qilmish to‘g‘risida aniq chora-tadbirlarning
borligidir. Shunday qilib, chet ellik shaxs (muhojir) yoki fuqaroligi
bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston hududida doimiy yashamay turib, ilgari
xorijiy davlat jinoiy qonunchiligiga muvofiq tegishli javobgarlikka
tortilgan bo‘lsa, uni O‘zbekiston Respublikasi hududida aynan o‘sha
qilmishlari uchun qayta javobgarlikka tortib bo‘lmaydi. Bunda
Kodeksning odillik prinsipiga asoslanganligi namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |