uzluksiz
almashinuvi va tadqiq manbai mohiyatiga bosqichma-bosqich chuqurlashib, unda
yangi-yangi tomon, qirra, munosabat va aloqadorliklarni ochib borishi
1
o`zbek tili sintaksisini
yevropaviy tadqiq usullarida o`rganishning nisbatan qisqa tarixida o`zining yorqin aksini topdi.
Ona tili sifatida o`zbek tili sintaksisining talqin va tavsifida generativ-transformatsion
usullardan tashqari fanimizda o`z davrida ancha keng ommalashgan ilmiy-amaliy yondashish va
yo`nalishlar sifatida uch asosiy maktabni sanab o`tish va bularni
1) formal yondashuv,
2) mazmuniy yondashuv,
3) substantsial (formal-funktsional) yondashuv sifatida ajratish mumkin.
Har uchala maktabda til sistema sifatida qaraladi va tadqiqotu tavsiflar sistem tahlil asoslarida
amalga oshiriladi, lekin har bir yo`nalishda sistema (tizim) va sistem munosabatlar tabiatini
tushunishda jiddiy farqlar va qarama-qarshi talqinlar mavjud. Bunday tafovutu farqlar tadqiq
manbai - o`zbek tili sintaktik qurilishining - serqirraligi va ichki ziddiyatlar majmuasidan
iboratligi bilan bog`liq; har bir yondashuv manbaning ma'lum bir qirrasini yorqinroq ochish va
tavsiflashga, shu tomonni boshqa qirralardan ko`ra bo`rttirib tavsiflashga xizmat qiladi.
Ilmiy yo`nalish tadqiq manbaining qaysi qirrasiga ko`proq e'tibor berishi uning maqsadi –
serqirra lisoniy hodisaning qaysi jihatiga qanday maqsadlarni ko`zlab asosiy diqqatni qaratishi,
shunga muvofiq ravishda qanday metodologik tamoyillarga tayanishi-yu qanday tadqiq usul va
vositalaridan foydalanishi bilan uzviy bog`liqdir. Shuning uchun ham har bir yo`nalishning
tahlil, tavsif, hukm va xulosalari ilmiy maktabning metodologik asoslari nuqtai nazaridan turib
baholanishi lozim. Bir yondashuv talqin va hukmini ikkinchi yondashuv nuqtai nazaridan
baholash yoki inkor etish - tamoman g`ayriilmiy bo`lsa-da, fanda juda keng tarqalgan hodisa -
umuman fanning mohiyatini tushunmaslik, tadqiq manbaining ma'lum bir qirrasini (shu
tadqiqotchi uchun yaqin tomonini) manbaning o`zi bilan tenglashtirish (fetishizm) yoki o`zaro
1
Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. Т.: Фан. 1995; Ne'matov Hamid, Hamroyeva Shahlo, Lingvistik tadqiq
metodikasi, metodologiyasi va metodlari. Вuхого DU
. 2005 (Bu ish internetning ziyonet tarmog’ida ham mavjud)
,.
yaqin, aloqador hodisalarni aralashtirish (eklektizm) oqibatidir. Tom ma'noda ma'lum bir fanning
taraqqiyot holati unda mavjud bo`lgan yondashuv va yo`nalishlarning tur va xillari bilan uzviy
bog`liqdir - maktab va talqinlar qanchalik ko`p va rang-barang bo`lsa, fan ham shuncha
rivojlangan sanaladi. Fanda talqinlar xilma-xilligi, tavsiflar rang-barangligi bo`lmasa, unda qotib
qolgan, mutlaqlashtirilgan qoida va talqinlar hukmron bo`lsa, u inqiroz va tanazzul holatidadir.
Mana shu nuqtai nazardan bugungi o`zbek sintaksis fanini zamonamizning keng rivojlangan
ilmiy yo`nalishlaridan biri sifatida baholash lozim - unda teng huhuqli ilmiy maktablar sifatida
xilma-xil talqinlar bir davrda yashab rivojlanib bir-birini to`ldirib kelmoqda...
Yevropa tilshunosligida endi tarqalayotgan substantsial (formal-funktsional) yo n d a sh u
v o`zbek tilshunosligi bag`rida funktsional lingvistika (Praga strukturalizmi) tahlil
tamoyillarini dialektik mantiqning ilmiy tushunchaga qo`yadigan talablari asosida onglilik va
izchillik bilan to`ldirish asosida shakllangan bo`lib, voqelikdagi (jumladan, uning parchasi
bo`lmish nutqdagi) har bir narsada umumiylik, mohiyat, imkoniyat va sabab (UMIS)ni va
yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat (YaHVO) ni farqlaydi. UMISlarni invariant, YaHVOlarni -
variantlar sifatida baholab, bevosita kuzatishda berilgan YaHVOlarni bevosita kuzatishda
berilmagan, idrokiy tahlil asosidagina ochiladigan UMISlarning moddiy shakllarda yuzaga
chiqishi, ko`rinishi deb biladi.
Sintaksis bobida substantsial yondashuv UMISlar sifatida faqat sintaktik qurilish
qoliplarini (modellarini) tan oladi va ularning mohiyatini, umumiy ma'nosini va tizimiy
qiymatini modellararo paradigmatik munosabatlardan keltirib chiqaradi. Mana shu tomoni bilan
substantsial yondashuv modellarni tan oladigan, lekin ularning paradigmatikasiga e'tibor
bermaydigan formal yondashuvdan tubdan farq qiladi.
O`zbek tilining ichki qurilish qonuniyatlari, jumladan, gap kesimining morfologik tugal
shakllanganligi - tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaxs/son ma'no va formantli bo`lishi va shuning
uchun eksplisit ega gap qurilishida muhim konstruktiv bo`lak bo`la olmasligi - asosida
substantsial yondashuvda gap markazi sifatida kesim qabul qilinadi va u mohiyatan mantiqiy
bo`lgan sub'yekt-predikat aloqasiga tayanib emas, balki kesimlik kategoriyasi ko`rsatkichlari
bilan shakllantirilgan atov birligi (mohiyatan so`z shakli)ning sintaktik (funktsiyasi sifatida
qaraladi. Sintaktik tahlil soqasida formal va substantsial yondashuvlar orasida asosiy farq mana
shunda.
Substantsial yondashuv asosida sodda va qo`shma gap qurilishi, uning turlari,
ko`rinishlari, o`zaro munosabatlarini qabul qilish yoki inkor etish yuqorida sanab o`tilgan ikki
asosni to`q`ri (ilmiy asoslangan va o`zbek tilining ontologik tabiatini aks ettiruvchi) yoki
noto`q`ri (o`zbek tili tabiatiga yot bo`lgan me'yorlarni chetdan olib, tilimiz hodisalarini shu
andozalarga tiqishtirish) deb sanash bilan bog`liq; substantsial tahlilning asosi inkor
etilmaguncha, uning xulosalarini va hukmlarini inkor etish mumkin emas, chunki bu yondashuv
ongli va izchil metodologiyaga tayanadi va o`z tamoyillarini mantiqiy-riyoziy uzluksizlikda
o`tkazadi. Shuning uchun qat'iy ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi tilshunosligimizda
o`zbek tili sintaktik qurilishi ikki xil sintaktik nazariya - formal va substantsial yondashuv nuqtai
nazarlaridan talqin etilmoqda.
Har bir yondashuvning tahlil tamoyillari - o`lchov birliklari, tarozu toshlari har xil
bo`lganligi sababli ularning hukm va xulosalarini - yuqorida aytib o`tganimizdek - o`z mezonlari
nuqtai nazaridan turib baholash lozim. Mezonlarning asossizligi, g`ayriilmiyligi, tilimizning
ontologik tabiatidan kelib chiqmasligi isbotlansa, butun yuza qurilma, qanchalik pishiq va
mustahkam bo`lmasin – asos /poydevor/ fundament qulagach, butun bino qulaganidek -
batamom qulaydi.
Quyidagi ishda o`zbek tilida qo`shma gap mohiyati, tasnifi, turlari, o`zaro munosabatlari
haqida hukm va xulosalar onglilik va izchillik bilan substantsial yondashuv nuqtai nazaridan
chiqarilgan va ularni shunday yondashish nuqtai nazaridangina baholash mumkin...
Do'stlaringiz bilan baham: |