Telekommunikatsiya tizimlari
aloqa yo‘llari bilan tutashgan va odamlar
guruhi ichida bir paytda axborot almashish uchun mo‘ljallangan texnik
vositalarni namoyon etadi. Telekonferensiyalar ikki alohida turiga —
kompyuterlashgan telekonferensiyalar va videokonferensiyalarga ajraladi.
Videokonferensiyalar jismoniy jihatdan turli joylarda bo‘lgan ishtirokchilarga
bir-birini ko‘rish va eshitish imkonini beradiki, bu hol xuddi bir joyda mavjud
bo‘lish tasavvurini uyg‘otadi. Aloqa uchun mo‘ljallangan umumiy telefon
liniyalari yoki to‘laqonli televizion tasvirni ta’minlovchi koaksial, optik tolali
liniyalardan foydalanilishi mumkin.
Shaxsiy
kompyuterlardan
keng
foydalanish
kompyuterlashgan
telekonferensiyalarning o‘sishiga olib keladi.
88
Do'stlaringiz bilan baham: |