erish haroratini ko‘taradi. Shu narsa qiziqarliki, olein kislotasi efirlari
gidrogenlanayotganda izoolein kislotalari hosil bo‘lishi tezligi stearin kislotasi
Olein kislotadan hosil bo‘ladigan izoolein kislotalar elaidin kislotasi va olein
kislotasining qo‘shbog‘lari siljigan holatdagi transizomerlarining aralashmasi
ko‘rinishida bo‘ladi. Gidrogenlash to‘laroq olib borilganda, izoolein kislotalari
tarkibida olein kislotasining molekulalarining metil gruppasiga siljigan qo‘shbog‘li
trans-izomerlari ko‘payadi. Izoolein kislotalar linol kislotasi gidrogenlanganda
ham ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Bu holda ham, hosil bo‘ladigan izoolein
kislotalar olein kislotasining trans-izomerlaridir. Izoolein kislotalarining hosil
bo‘lishi birlamchi kislotaning qo‘shbog‘iga vodorodning ta’siri natijasidir. Agar
yog‘lar vodorodsizlantirilgan katalizator ishtirokida va azot oqimida qizdirilsa,
Sutkasiga 100t paxta moyidan uzluksiz usulda oziqa salomas ishlab chiqarish va
aylanma vodorodni tozalash texnologiyasini tashkil etish
лист
Uzg varaq
xujjat №
imzo
sana
12
Tovar holatidagi salomasda izoolein kislotalarining miqdori ba’zan 40% dan
ham ortadi. Bu miqdor birlamchi yog‘ tarkibiga, uning vodorod bilan to‘yinish
darajasiga va gidrogenlash jarayoni olib borilgan shart-sharoitlarga bog‘liqdir.
Tarkibida linol kislotasi ko‘p bo‘lgan yog‘lardan olingan salomasda izoolein
kislotalari yuqori miqdorda bo‘lishi mumkin.
Gidrogenlashni yuqori haroratda olib borish ham, izoolein kislotalarning
ko‘proq hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Katalizator tarkibi va aktivligi ham
salomasdagi izoolein kislotalari miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlatilgan
katalizatorda olingan salomasda yangi tayyorlangan katalizatordagiga qaraganda,
izoolein
kislotalar
kamroq
bo‘ladi. Palladiyli katalizatorlarda nikelli
katalizatorlarga nisbatan ko‘proq izoolein kislotalar hosil bo‘ladi.
Salomas tarkibidagi izoolein kislotalari miqdoriga ayniqsa, katalizator sirtini
vodorod bilan qay darajada ta’minlash katta ta’sir ko‘rsatadi. Ta’minlash qanchalik
yaxshi olib borilsa, izoolein kislotalari miqdori shunchalik kam bo‘ladi.
Izokislotalarni hosil bo‘lishi yarim gidrogenlanish mahsulotlarini hosil bo‘lishi
bilan izohlanadi. Linol kislotani selektiv gidrogenlashda, avvalo tutash qo‘shbog‘li
dienlar hosil bo‘ladi, so‘ngra olein kislotani pozitsion izomerlariga aylanadi.
Etilen bog‘iga ikkita vodorod atomining bog‘lanishi bosqichma-bosqich
boradi. Oldin katalizator bilan yarim gidrogenlangan mahsulot hosil bo‘ladi.
Izokislotalar erish harorati bilan salomas qattiqligini oshiradi. Masalan:
T
er
0
C
9-10 sis-Oleinkislota 16
Trans-(elaidin) 44
11-12 sis-13
Trans-39
Do'stlaringiz bilan baham: