Janoza o‘qilayotganida imomga ergashish
Janoza namozi boshlanganidan keyin, kech qolgan kishi niyat
qilib, imomning keyingi takbirini kutadi. Ikkinchi takbir aytilganida
iqtido qiladi. Imom salom bergach, tobut olinmay turib, faqat
qoldirgan takbirlarini aytadi. Agar u imom takbiri tahrima
aytganida hozir bo‘lib, undan sal kechikib qolgan bo‘lsa, ikkinchi
takbirni kutmasdan darrov imomga ergashadi. Janozaning oxirgi
to‘rtinchi takbiridan keyin, salomdan avval kelgan kishi janozaga
yetisholmagan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |