72
Adabiyotshunos
olim
N.Ahmedov
she`riyatda
Navoiy
obrazini
gavdalantirishning nisbatan keng tarqalgan ko‗rinishlari hamda bu badiiy
usullarning adabiyotdagi yangi insonni shakllantirish xususida fikr yuritadi va
―lirik poeziya, eng avvalo, poetik ifodalash prinsipiga asoslangani uchun buyuk
shoir obrazini talqin etishda Navoiy asarlarida tasvirlangan qahramonlar nomini
talmeh vositasida lirik kechinma oqimiga kiritib, fikrni poetik ta`sirchan
ifodalashga erishish, ana shu qahramonlar muallifini o‗quvchi xotirasida
jonlantirish yo‗lidan‖ [2, 69]. Borishini ta`kidlaydi. Poetik ifodalash prinsipiga
asoslangan bu usul muayyan qarash va vaziyatlarni bir-biriga zidlab gavdalantirish
jarayonining mahsuli sifatida yuzaga keladi.
Yangi o‗zbek aruzining etuk vakili Erkin Vohidov 1967 yilda yozgan «Lola
sayli» [3, 69] she`rida yorini lola sayliga taklif qilganida rozilik olgan oshiqning
ko‗tarinki kayfiyatini tasvirlaydi:
Keng jahon bo‗ldi munavvar lutfidan, evoh, qani,
Sidqidildan yursa dilbar doim oshiq mayliga.
Ma‘shuqasi bilan lola saylida yurgan oshiq bu visoldan sarmast bo‗lgani
holda, xayoliga Qays (Majnun) necha yil dashtu sahroda yursa ham, nima uchun
Laylini lola sayliga taklif qilmaganligi kelib qoladi:
O‗yladim shu tong, necha yil dashtu sahrolar kezib,
Taklifi sayr aylamabdir ne uchun Qays Layliga!
Lirik qahramonning bu xayoli lirik kechinma oqimining ta`sir ko‗lami
o‗zgarishga uchraydi, uning qamrovi kengayadi, she`rxonni uzoq o‗tmishda sodir
bo‗lgan fojiaviy ishq qahramonlari qismati tarixidan ogoh etadi. Shu bilan birga,
ular haqida doston bitgan shoir haqidagi she`rxon tasavvurida mavjud bo‗lgan
taxayyullarni harakatga keltiradi va tizimlashtiradi, muayyan maqsad sari
yo‗naltiradi.
Buni ma‘shuqasiga aytganida, uning bildirgan fikri she`rning butun g‗oyasiga
javob bo‗la oladi:
Bu xayolim yorga aytsam, kuldi-yu, berdi javob:
Ahli ishq ham boqqay albat o‗z zamonin zayliga.
Bu she`rdagi mazmun mohiyatan hozirgi zamon kishisining ma`naviy olamini
yoritishga, uning erkin va ozodligini tarannum etishga xizmat qilishdan tashqari,
buyuk Navoiy va uning «Layli va Majnun» qissasi haqida o‗quvchi ongida o‗ziga
xos tasavvurlar va fikrlar orasidagi bog‗lanishga asoslangan idrokni uyg‗otishga
ham ko‗maklashadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, shoir bu she`rni aruzning
o‗zgarishga uchragan sakkizlik ramal (ramali musammani mahzuf) vaznida
yozgan.She`rni aruzda yozish usuli ham yuqorida aytib o‗tilgan jarayonning, ya`ni
Hazrat Navoiyga ergashishning muhim vositasi sanaladi.
Adabiyot taraqqiyotidagi traditsiya va novatorlik tamoyillariga muvofiq, XX
asrda mumtoz aruz tizimida muayyan o‗zgarishlar sodir bo‗ldi va u o‗zbek tili
qonuniyatlari asosida yangi, zamonaviy o‗zbek aruzi maydonga keldi. Uning
shakllanishida H.H.Niyoziy, Habibiy, G‗.G‗ulom, H.Olimjon, Chustiylarning ijodi
muhim rol o‗ynadi.Ayniqsa, E.Vohidov o‗z she`riyati bilan zamonaviy aruzning
73
rivojiga katta hissa qo‗shdi.Shubhasiz, zamonaviy aruz mumtoz aruzning qonuniy
vorisi sanaladi. Shu sababli, aruzda go‗zal she`r namunalarini yaratgan va
yaratayotgan shoirlar hazrat Alisher Navoiyni o‗zlariga ustoz deb biladilar va ul
zotning badiiy timsoliga xos betakror chizgilarni o‗z ijodiga alohida bir sifat
ko‗rsatkichi maqomida kiritadilar. Bunday g‗azallarda Navoiyning badiiy timsoli
ba‘zan Navoiy, ba‘zan uning qahramonlari orqali talqin qilinadi.
O‗zbek she`riyatining atoqli namoyandasi E.Vohidov «Yoshlik devoni»ning
«Debocha» [3, 63]sida shogirdlik burchi masalasini buyuk Navoiy timsoliga
taalluqli chizgilarni go‗zal ifoda yo‗sinida tasvirlaydi. Bu g‗azalning har bir
misrasi va baytidagi mazmun bevosita g‗azal mulkining sultoni Hazrat Navoiyning
badiiy timsolini yaratish borasida samimiy mehr va o‗ta ehtiyotkorlik bilan
tortilgan nozik chizgilar sanaladi.
Shoir g‗azalning birinchi baytida o‗z maqsadi va shu maqsadi yo‗lidagi ruhiy
xavotirini ifodalaydi:
Istadim sayr aylamakni men g‗azal bo‗stonida,
Kulmangiz, ne bor senga, deb, Mir Alisher yonida.
Shoir g‗azal bo‗stonida sayr etishni maqsad qilgan, lekin maqsadi yo‗lida
turgan asosiy dovon ana shu bo‗stonning sultoni Mir Alisherdir. Shoir sulton
yonida turib, unga tenglashmoqchi emas, balki uning tasarrufidagi bo‗stonni sayr
qilib, o‗z g‗azallaridan she`riy guldasta tayyorlashni maqsad qilgan.
Ikkinchi baytda Navoiy timsoli bilvosita tasvirlanadi, ya`ni buyuk shoirning
Do'stlaringiz bilan baham: