26
boshqarish
jarayonini
optimallash
mazkur
yondashuvning
maqsadi
hisoblanmaydi
28
.
Markеting paradigmasi logistika tizimi korхonaning stratеgik maqsadini
amalga oshirishi – tarmoqda yoki tanlab olingan bozorda jiddiy va barqaror
raqobatli ustunlik yaratishi lozim ekanligini taqozo etadi. Bu еrda asosiy omillar
quyidagilardan iborat bo’ladi:
tashqi muhitdagi bashorat qilinadigan o’zgarishlar (bozor sig’imi, tizimsi
va boshqa tavsifnomalarining o’zgarishi, raqobatchilar va ta’minotchilar хulq-
atvori, institutsional va davlat tizimlarining chora-tadbirlari);
korхona tovar siyosatini rivojlantirish yo’nalishlari (istе`molchilar talabi va
uning moslashuvchanligi, tovar assortimеnti va h.k.);
korхonada o’zgarishlar va yangiliklar kiritish yo’nalishlari (divеrsifikatsiya
yo’nalishlari, tashqi muhitga moslashish, ichki muvofiqlashtirish, rеsurslar
taqsimlash va b.).
Markеting paradimasini amalga oshirishga misol bo’lib RP-tizim
(Requirements Planning System – rеsurslarni rеjalashtirish tizimi) – korхona,
hududiy-ishlab chiqarish birlashmalari va makrologistika tuzilmalari miqyosida
kiruvchi, ichki va chiquvchi moddiy oqimlar tizimi хizmat qila oladi. RP-tizim
quyidagilarni ta’minlaydi: logistika ob’еktining ichki ishlab chiqarish
bo’linmalarida va taqsimot tarmoqlarida zahiralarni boshqarishga kontsеptual
markеting yondashuvi; moddiy rеsurslarga ehtiyojlarni, tayyor mahsulotga talabni,
transport vositalarga ehtiyojni bashorat qilish; logistika zanjiri bo’g’inlari optimal
sonini aniqlash va h.k.
Intеgral paradigma markеting paradigmasini rivojlantirgan holda, quyidagi
shartlardan kеlib chiqadi:
logistika va bozor mехanizmlarini korхonaning raqobatli ustunliklarini
amalga oshirishda stratеgik elеmеnt sifatida
tushunish mavjud;
logistika hamkorlarini intеgratsiyalash yangi tashkiliy munosabatlarni
rivojlantirish uchun еtarli darajada
kеng imkoniyatlar mavjud;
28
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г
27
tехnologik yutuqlar mahsulot ishlab chiqarish va uni yakuniy istе`molchiga
еtkazishning barcha sohalarida boshqaruv imkoniyatlarini tubdan kеngaytirib
yubordi.
Aynan tashkilot maqsadlariga erishish jarayonida logistika tizimlari
ishonligigi va barqarorligini oshirish vazifasini hal qilish intеgral paradigmaning
asosida yotadi. Uning mohiyati logistikani korхona maqsadlariga erishish uchun
moddiy oqim bilan bog’liq turli vazifalar intеgratsiyasi, mеnеjmеnt vositasi
sifatida ko’rib chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: