www.ziyouz.com kutubxonasi
9
68.
To’rt toifa odamlarni Tangri yomon ko’radi: qasamxo’r savdogarni, takabbur kambag’alni, zinokor
keksani va zolim podshohni.
69.
Tishlaringizni misvok
22
bilan tozalab yuringlar va tozalikka odat qilinglar. Takror-takror qilinadigan
maxsus ishlarni toq bajaringlar, zero Tangrining o’zi toq, toq ishlarni yaxshi ko’radi.
70.
O’lim kelmasidan burun tayyorgarligingizni ko’rib qo’ying.
71.
Odamlarga yaxshilik qilish va qarindoshlar bilan yaqin aloqada bo’lib hol-ahvol so’rashib turish –
bu savobi tez tegadigan xayrli ishlardandir. Zulm va qarindoshlardan uzilib ketishlik esa jazosi tez
bilinadigan yomon ishlardandir.
72.
Hamma ishlaringizda to’g’ri bo’ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo’lsin!
73.
Odamlarga keng qalbli bo’linglar, shunda odamlar ham sizlarga shunday bo’lurlar.
74.
Garchi sizlarga qora mayiz kabi qop-qora boshli habash qul boshliq qilib saylangan bo’lsa ham,
unga quloq solinglar va itoat qilinglar.
75.
Bu dunyoda odamlarga qattiq azob beradigan kishilarni Tangri qiyomat kuni qattiq azoblaydi.
76.
Odamlarga shukur qiliuvchilar Tangriga ham shukur qiluvchilardir.
77.
Ahmoqdan uzoqlashing.
78.
Besh xil xislatga kafil bo’linglar, toki men sizlar uchun jannatga kafil bo’lay: 1. Meroslaringizni
taqsimlashda bir-birlaringizga xiyonat va zulm qilmanglar. 2. Odamlarga o’zlaringizcha insof qilinglar.
3. O’lja taqsimotida xiyonat qilmanglar. 5. Zulm qiluvchilardan mazlumlar haqini undirib beringlar!
79.
Odamlarga taom yediringlar va shirin so’z bo’linglar.
80.
Ochlarga ovqat bering, bemorlarni borib ko’ring va hojatmandning hojatini chiqaring.
81.
Garchi Xitoyda bo’lsa ham ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir mo’minga
farzdir.
82.
Kasbning eng yaxshisi kishining o’z qo’li bilan bajaradigan ishi va halol savdodir.
83.
Uyquga ketishdan oldin chiroqlarni o’chirib, darvozalarni berkitib, suv idishlari va oziq
ovqatlarning ustini yopib qo’yinglar. Yopgani narsa topolmasanglar, idishlar ustiga biror cho’p bo’lsa
ham tashlab qo’yinglar.
84.
Yaxshilikni chehralari ochiq, xushro’y odamlardan kutinglar.
85.
Uchrashganda qaysi birlaringiz birinchi bo’lib salom bersangiz, o’sha odam Tangriga ham
itoatliroqdir.
86.
Yerni turli nomlariga qarab tanib olish mumkin bo’lganidek, do’stni ham do’stiga qarab bilib olsa
bo’ladi.
22
Tish tozalagich
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |