www.ziyouz.com kutubxonasi
38
564.
Kimki birovning yoki o’z xodimining oilasida mojaro va nizo chiqishiga sababchi bo’lsa, u ahli
islomdan emas.
565.
Kimki birovni o’z nomi o’rniga biror laqab bilan chaqirsa, uni farishtalar la’natlaydilar.
566.
Kimki o’z jahlu g’azabini qaytarsa, Tangri undan o’z azobini qaytaradi. Kimki odamlarni g’iybat
qilishdan tilini tiysa, Tangri ham uning aybu nuqsonlarini fosh qilmaydi.
567.
Sizlarning qay biringiz biror jinoyat yoki gunoh ish qilayotgan odamni ko’rsangiz, uni avvalo
qo’l bilan qaytaring. Bunga imkoni bo’lmasa, til bilan qaytaring. Bunga ham qodir bo’lmasangiz,
dilingizda nafratlaib turing. Lekin bu uchinchisi odamning imoni zaifligiga dalolatdir.
568.
Kimki chumchuqdek qushni so’yishda ham o’z rahmdilligini ko’rsatadigan bo’lsa, Tangri bunday
kishiga qiyomat kuni o’z mehribonligini ko’rsatadi.
569.
Kimki suv toshqini yoki yong’inning oldini olsa, unga shahid bo’lganning savobi berilur.
570.
Biror kasbu hunar orqasidan rizqu nasibaga ega bo’lib yashayotgan odam, shu kasbni beuzr
o’zgartirmasin!
571.
Qaysi bir mo’minga Tangri soliha xotin nasib qilgan bo’lsa, demak uning diyonatining yarmiga
yordam qilibdi. Qolgan ikkinchi yarmi uchun uning o’zi harakat qilsin!
572.
Kimning xulqi yomon bo’lsa, u o’zini azobga giriftor qiladi. Kimning tashvishi ko’paysa, butun
tanasi dard tortadi. Kimki odamlar bilan janjallashishga odat qilsa, obro’si va muruvvatidan ajralib
qoladi.
573.
Kimki boyish maqsadida odamlardan tamagirlik qilsa, demak jahannam o’tidan o’zi uchun
nasiba tayyorlagan bo’ladi. Uni ko’paytirish yoki ozaytirish qanchalik tama qilishiga bog’liqdir.
574.
Qaysi bir olim ilmidan so’ralganda qizg’anib gapirib bermasa, qiyomat kuni og’ziga o’tdan tizgin
solib qo’yiladi.
575.
Odamlarning sirlarini bilib olib, tashimachilik qiluvchi chaqimchining nasli pok ekanligi
shubhalidir.
576.
Kimki bizlarga qarshi tig’ ko’tarsa, u ahli islomdan emas.
577.
Birovlarga zarar yetkazuvchi odamning zararini Tangri o’ziga qaytarur, birovlarga qiyinchilik
keltiruvchi odamning ham boshiga mashaqqatli kunlarni solur.
578.
Kimki o’z xizmatkorini nohaq ursa, qiyomat kuni undan qasos olib beriladi.
579.
Kimki o’zining yoki birovlarning yetim bolalarini to voyaga yetib, mustaqil hayot kechiradigan
bo’lgunlaricha tarbiya qilsa, unga jannat muqarrardir.
580.
Ikki qiz farzandni boqib, tarbiyalab voyaga yetkazgan odam bilan Men jannatda birga
bo’lurman.
581.
Qarovsiz qolgan mo’minlar oilalariga kechayu kunduz moddiy yordam ko’rsatib yuruvchi
odamning gunohlarini Tangri kechirib yuboradi.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |