b. Obro„ orttira olish qobiliyati
- o„quvchilarga bevosita emostional
irodaviy ta‟sir ko„rsatish va shu asosda obru orttira olishdir. Obru faqat shu
asosdagina emas, balki o„qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi,
nazokatligi va hakozolar asosida ham qozoniladi. Avtoritar qobiliyatlar o„qituvchi
shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamligi, qat‟iyligi,
talabchanligi va hakozolar) shuningdek o„quvchilarga ta‟lim - tarbiya berish
mas‟uliyatini his etishga o„zini haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni
o„quvchilarga etkaza olish kabilarga ham bog„liq.
o„quvchilar qo„pollik qilmaydigan, qo„rqitmaydigan, to„g„ri talab qo„ya
oladigan o„qituvchini hurmat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |