StringBuilder
StringBuilder – String sinfining egizagi bo’lib, satrlar bilan ishlashda talab
etiladigan narsalardan ko’pini taqdim etadi. String sinflari tayinlangan
(fiksirlangan) uzunlikdagi belgilar ketma-ketligi bo’lib, ularni o’zgartirib
bo’lmaydi. StringBuilder tipidagilar esa shunday belgilar ketma-ketligi, ularni
kengaytirish yoki modifikatsiyalash mumkin. C#da ikkala sinf ham keng
qo’llaniladi, biroq ko’pchilik dasturchilar faqat String tiplari bilan, “+” operatorini
qo’llagan holda ishlashni ma’qul ko’radilar. Bunda C# StringBuilder bilan barcha
kerakli amallarni o’zi “sahna ortidan” bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |