mamnuniyat bilan ma‟qullab, ko„tarinki ruhda kutib oldi va hozir ham ardoqli bayram
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo„lish, dehqon mehnatini hurmat qilish, yaxshi
qo„shnichilikka, mehr-muruvvatga va boshqalarning dardiga malham bo„lishga
intilishlari tiklanishning qudratli omili bo„lmoqda. Navro„z xalq bayramining insoniy
va baynalmilal mohiyati ham ana shundadir», – deyiladi O„zbekiston Prezidentining
xalqimizning qadimiy an‟analariga hurmat, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalaydi.
Bundan tashqari ma‟naviy hayotdagi yana bir talay, aniqrog„i diniy bayramlar, hayit
kunlarining respublikada umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi uchun keng yo„l
ochilgani ham ma‟naviy poklanishning muhim ko„rinishidir. Sir emas, sho„ro tuzumi
sharoitida «din-afyundir» degan kommunistik shior hukm surib keldi. Shu darajaga
borildiki, dindorning ma‟naviy huquqi cheklandi. Bunday bir tomonlamalik ijtimoiy
hayotimizning barcha sohalarida o„z ta‟sirini ko„rsatdi. O„zbekiston mustaqillikka
erishgandan so„nggi tarixiy o„zgarishlar bunday qarashlar asossiz ekanligini ko„rsatdi.
Shu yillar mobaynida butun musulmon olami O„zbekistonda vijdon erkinligi, diniy
Yevropalik allomalardan biri «Nur – Sharqdandir», degan ekan. Buni har xil talqin
etish mumkin. Birov uni quyoshning Sharqdan chiqishiga yo„ysa, boshqa birov
405
majoziy ma‟noda ezguliklar, olamning yangilanishi, hayot taraqqiyoti, insoniyat
tafakkuri Sharqdan, deb tushunadi.
Bizning tasavvurimizcha, har ikki holatda ham Nur – Sharqdandir.
Sharqdan taralgan ilm-ma‟rifat dunyoni munavvar etgani, insoniyat tarixida,
odamzod taqdirida buyuk o„zgarishlarga sabab bo„lgani sir emas. Sharqning ajralmas
qismi bo„lmish go„zal diyorimiz xalqlari hayotida, ularning ong va tafakkuri
shakllanishida dunyoviy ilmlar qatorida islom dinining alohida o„rni bor. Bu ilohiy
ta‟limot olamni anglash, dunyoviy tafakkur, tabiat va inson o„rtasidagi
munosabatlarni idrok etish borasida beqiyos ahamiyatga ega. Butun jahon ahli
diqqatini tortgan boy va rang-barang madaniy-ma‟naviy merosimiz ikki qudratli
to„lqin – dunyoviy ilmlar va diniy-falsafiy tafakkurning o„zaro uyg„unlashib, yagona,
barkamol qadriyat peshvosining ma‟naviy qiyofasi, siyosatdagi adolat mezoni, so„z va
fikr erkinligi kabi murakkab ijtimoiy masalalar xususida ham benihoya hayotiy tajriba
va saboqlar beradi. Shu bois ham bu o„lmas qadriyatlar bugungi yangi
davlatchiligimiz qurilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Agar biz bosib o„tilgan istiqlol yo„limizga bir nazar tashlaydigan bo„lsak,
ozodlikning ilk onlaridan boshlaboq dinga munosabat, davlat va diniy tashkilotlar
o„rtasidagi aloqalarni to„g„ri yo„lga qo„yishga alohida e‟tibor qaratildi.
Konstitutsiyaga ko„ra, O„zbekiston dunyoviy davlat, binobarin, mamlakatimizda din
davlatdan ajratilgan. Ammo respublikamiz rahbariyati bu masalaga oqilona
yondashib, din davlatdan ajratilgan bo„lsa-da, jamiyatdan ajratilmaganini, xususan,
O„zbekiston singari qadimiy va barqaror diniy an‟analarga ega mamlakatda bu borada
g„oyat noziklik va ehtiyotkorlik bilan ish yuritish lozimligini o„z vaqtida to„g„ri
anglab yetdi.
Shuning uchun ham bugun ko„p millatli mamlakatimizda hech qaysi din
vakillarining diniy nafsoniyatlarini kamsitmagan holda, ayni vaqtda diniy
hissiyotlarni avj ham oldirmasdan, og„ir-vazmin, uzoqni ko„zlangan siyosat amalga
oshirilmoqda.
Bu siyosat mohiyati ilk marta Prezidentning quyidagi fikrlarida aniq-ravshan
belgilab berilgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: