QISQARTMALAR
Kurs ishini yozishni osonlashtirish va hajmini kamaytirish maqsadida
qisqartmalar ishlatiladi. Umumiy qabul qilingan qisqartmalar GOST 7.12-77 ga mos
kelishi kerak. Ishda o’z qisqartmalaridan foydalanish mumkin. Bunda birinchi
uchraganda tavsiflash kerak. Agar shartli belgilash va qisqartmalar soni 10 dan oshiq
bo’lsa alohida “Qisqartmalar ro’yxati” bayon qilinishi kerak. Matnda qisqartmalarni
quyidagicha ishlatishga yo’l qo’yilmaydi:
•
Matnda “>”, “<”, “=” va boshqa matematik belgilarni, shuningdek “%”, “№”
belgilarini raqamsiz ishlatish;
•
Manfiy qiymatlar oldida matematik belgisini (“manfiy” deb yoziladi);
•
“GOST”, “OST”, “DST standart indekslarini ro’yxat raqamisiz yozish;
•
Qiymatisiz foydalanilganda fizik kattaliklar qisqartma nomlari (jadval va
formulalardan tashqari).
Do'stlaringiz bilan baham: |