«Navoiyazot»
«Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati - O’zbekiston kimyo sohasining eng
yirik korxonasi. «Navoiyazot» OAJ mineral o’g’itlar, organik sintez mahsulotlari va
nitron tolasi katta assortimentini ishlab chiqarish bo’yicha O’zbekistonda yetakchi
korxona hisoblanadi. «Navoiyazot» OAJ 70 xildan ortiq tovar mahsulotlarini ishlab
chiqaradigan, texnik jihozlanganlik va ishlab chiqarish hajmi bo’yicha O’zbekiston
kimyoviy sanoati peshqadami sanaladi. Korxonamiz tarixi 45 yillik vaqtni o’z ichiga
oladi. 1961 yilda «Sovetskaya Buxara» viloyat gazetasida quyidagi birinchi satrlar
paydo bo’ldi: «Buxoro cho’lida O’rta Osiyodagi eng yirik Navoiy kimyo kombinati
qurilishi boshlandi». 1964 yilda esa birinchi Navoiy azot kislotasi va kislorodi
olingan edi.
Orttirilgan tajribaga tayanib va kimyo sohasidagi yutuqlardan foydalanib, biz qishloq
xo’jaligi (mineral o’g’itlar), yengil sanoat (nitron tolasi), mebel sanoati (KFJ qatroni,
mebel matolari), oltin qazib chiqarish majmui (sianli natriyning suvli eritmasi,
poliakrilamid, tiomochevina, azotachil ruh), gaz sanoati (uniflok, K-9 preparati)
uchun mahsulot ishlab chiqaramiz. Korxona mahsulotlari mingdan ortiq
iste’molchilar manzillariga yuboriladi. Mahsulot iste’molchilari va xom ashyo hamda
materiallar yetkazib beruvchilar geografiyasi keng ko’lamda bo’lib, ular Respublika
ichki bozorlari, MDH va uzoq xorij davlatlaridadir.
33
Hozirgi kunda «Navoiyazot» OAJ inson omili muhim sanalgan, murakkab ishlab
chiqarishlarga xizmat ko’rsatuvchi, ko’plab millat vakillarini o’zida birlashtirgan
10000 nafardan ortiq yuqori mahoratli kasb egalari jamoasidir.
Korxonada kadrlar o’z malakasini uzluksiz oshirishi, kasbining barcha jihatlarida
o’zini namoyon qilishi va ularni korxona muammolarini hal qilishda jalb qilishi
uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Biz uchun asosiy maqsadlar quyidagilar
hisoblanadi:
1. xalqaro bozorda yuqori raqobatbardoshlilik va sohadagi peshqadamlikni
saqlash;
2. tashqi va ichki sotish bozorlaridagi vaziyatni kuchaytirilishi faoliyatning
samaradorligini oshirish hisobiga (texnik va texnologik qayta jihozlash, xarajatlarni
kamaytirish, ishlab chiqarish sanoat xavfsizligi va madaniyatini oshirish);
3. mahsulot sifatining yuqori andozalarga va iste’molchilar talablariga muvofiqligini
ta’minlash;
4. xodimlar kasbiy mahoratini takomillashtirish va ularni ijtimoiy himoya
qilishni ta’minlash. Bugun «Navoiyazot» OAJ O’zbekiston Respublikasi yetakchi
sanoat korxonalari sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |