1.4 Yurtimizda o`g`it ishlab chiqarish
Tarix : Navoiy kimyo kombinati qurilishining dastlabki odimlari
1.
O’zbekiston kimyo sanoati Navoiy kimyo kombinati qurilishi boshlanishiga
qadar sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan mineral o’g’itlarning 7% dan ko’prog’ini
bergan. Aholi jon boshiga ishlab chiqarilishi bo’yicha ittifoqdagi o’rtacha
ko’rsatkichdan yuqori edi.
2.
Shunga qaramasdan respublikada mineral o’g’itlar ishlab chiqarilishi hajmi
qishloq xo’jaligi ehtiyojlarini qoplamas edi, shuning uchun ularni mamlakat boshqa
hududlaridan, masalan, G’arbiy Sibir va Ukrainadan, chet eldan olib kelishga to’g’ri
kelinardi. O’zbekistonning mineral o’g’itlarga bo’lgan ehtiyoji 1965 yilda 3460 ming
tonnani, shu jumladan azotli o’g’itlarga – 2032 ming tonnani tashkil qilgan.
Buxoro
viloyatida tabiiy gazga boy konlarning ishga tushirilgandan so’ng O’zbekistonda
mineral o’g’itlar ishlab chiqarilishini ko’paytirish istiqbollari ochildi. Buxoro
konidagi tabiiy gazning xom ashyo sifatida ishlatilishi - azotli o’g’it ishlab
chiqaruvchi zavodlarni ularni ishlatish hududlariga maksimal yaqinlashtirishga
yordam berdi.
Buning hammasi hamda Navoiy GIES qurilishi Navoiy shahrida tabiiy
gazni majmuaviy qayta ishlash bazasida organik birikmalar ishlab chiqarilishi sexlari
guruhi, ammiakli selitra va nitron tolasi ishlab chiqarilishi bo’yicha kimyo kombinati
quriishining dastlabki sharti hisoblangan.
2. Navoiy kimyo kombinatining loyihalashtirilishi Navoiy kimyo kombinatini
loyihalashtirishda sobiq Ittifoqning 10 dan ortiq loyiha tashkilotlari ishtirok etgan.
Bundan tashqari, ammiak ishlab chiqarishi III navbati loyihasi ishlab chiqarilishida
Chexoslovakiya loyiha tashkilotlari qatnashgan. Kombinat bosh loyihalovchisi azot
sanoati davlat instituti (ASDI) bo’lgan, 1970 yildan boshlab esa – ASDI Chirchiq
filiali. Navoiy kimyo kombinati uchun quyidagi asosiy ishlab chiqarishlar bo’yicha
loyihalar ishlab chiqilgan edi:
1.ammiak
2.kuchsiz azot kislotasi (5,6 at va 7,3 at bosimi ostida);
3. ammiak selitrasi;
4. atsetilen ishlab chiqarilishi organik majmui;
30
5. sirka kislotasi;
6. atsetaldegid;
7. nitril akril kislotasi;
8. sulfat ammoniy;
9. sianid kislotasi;
10. natriy sianidi;
11. nitron tolasi ishlab chiqarishi
Kuchsiz azot kislotasi I - II navbati ishlab chiqarishi loyihasi 1959 yilda ASDI
Severodonetsk filiali tomonidan ishlab chiqilgan va o’sha vaqtdagi azot sanoati
texnikasining oxirgi yutug’i hisoblangan. Kuchsiz azot kislotasi III navbati sexi
loyihalashtirilishi va qurilishi davrida 7,3 at bosimi ostidagi absorbsiya jarayoni
ko’proq progressiv hisoblangan. Ushbu sxema bo’yicha Navoiy kimyo kombinati
uchun sex loyihasi 1968 yilda Dneprodzerjinsk ASDI filiali tomonidan ishlab
chiqilgan. Bu sxema Dneprodzerjinsk kimyo kombinatida o’zlashtirilgan edi va
texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar, qayta ishlash jarayonida paydo bo’luvchi zararli
gazlar bo’yicha sanitariya organlari talablarini qondirishi nuqtai nazaridan ham
muhim afzalliklarga ega edi. Navoiy kimyo kombinati ammiak selitrasi sexlarining
loyiha topshiriqlari Lisichan ASDI va Kemerovo filiallari tomonidan ishlab chiqilgan
edi. Organik majmui va nitron tolasi ishlab chiqarilishi sexlarini loyihalashtirishda
GOSNIIXlorloyiha, Dzerjinsk ASDI va Severodonesk filiallari, VNIIVP va boshqa
loyiha tashkilotlari ishtirok etgan.
3. Navoiy kimyo kombinatining ishga tushirilishi va kengayishi 1964 yil 31
dekabrda Davlat qabul komissiyasi tomonidan kuchsiz azot kislotasi va ammikli
selitra ishlab chiqarilishi bo’yicha ob`ektlar umumiy «yaxshi» bahosi bilan ishga
tushirishga qabul qilinsin degan qarori imzolangan.
Ikki kun oldin 1964 yil 29
dekabrda Soipov Islomqul Jumaboevich smenasida birinchi ammiakli selitra olingan.
4. Uch oy o’tgandan keyin 1965 yil 8 martda Vladimir Grigorevich Usachyov
smenasida birinchi ammiak olingan. Ungacha mineral o’g’itlar boshqa joydan
keltirilgan ammiakdan ishlab chiqarilgan. 1965 yil martda ishlab chiqarish loyiha
quvvati o’zlashtirildi (yiliga 110 ming tonna). 1965 yil 31 martda ammiak ishlab
31
chiqarishi I navbati ob`ektlarini ishga tushirish-topshirish haqidagi dalolatnoma
imzolandi. Buxoro viloyati qurilish maydonchalari va korxoda ahli kutgan,
texnikaviy kislorod bilan ballonlarni to’ldirish bo’linmasi 1965 yil noyabrda ishga
tushirilishi, Navoiy sanoat uchastkalari, ayniqsa qishloq xo’jaligining ehtiyoji katta
bo’lgan ammiakli suvning birinchi tonnalarining 1967 yil yozida ishlab chiqarilishi
muhim voqea bo’lgan. 1968 yil iyundauglerod oksidi bo’linmasi ishga tushirilgan.
Organik
majmuasi
sexlarining
qurilishi 1965
yilda boshlangan, 1968
yil
avgustdan esa karbonat kislota, natriy sianidi, sirka va sianid kislotasi, asetilen,
asetaldegid
va
sulfat
ammoniy
ishlab
chiqarishi
sexlari
foydalanishga
topshirilgan. 1973 yil 21 aprelda nitril akril kislotasining (NAK) birinchi tonnalari
olingan edi.
Yangi barpo etilgan kombinat jadallik bilan yuksalib bordi va rivojlandi.
1970 yil 31 dekabrda yiliga quvvati 35 ming tonna bo’lgan asetilen ishlab chiqarilishi
ob`ektlari va yiliga quvvati 20 ming tonna bo’lgan asetaldegid ishlab chiqarilishi
ob`ektlari foydalanishga qabul qilindi.
1971 yil 7 yanvarda gaz holidagi ammiak, sakkizinchi sanaga o’tar kechasi – azot
kislotasi ishlab chiqarilgan.
1971 yil 9 yanvarda granulyatorga suv berildi va
tomchilar oqimi pastga qarab oqdi. Transporter selitra bilan to’ldirildi. Shu tarzda
kimyo kombinatining III navbatida birinchi ammiakli selitra olindi.
1971 yil 31 martda:
1.
yillik quvvati 480 ming tonna bo’lgan kuchsiz azot kislotasi sexi uchinchi
navbati;
2. yillik quvvati 300 ming tonna bo’lgan ammiakli selitra ishlab chiqarishi uchinchi
navbati obyektlari;
3.
yillik quvvati 218 ming tonna bo’lgan ammiak ishlab chiqarishi uchinchi
navbati ob`ektlari ishga tushirilgan. Nitron tolasi ishlab chiqarishi I navbati
qurilishi 1970-1971 yillarda amalga oshirilgan. 1971 yil 25 oktyabrda (boshqa joydan
keltirilgan NAK da) ishlab chiqarishning birinchi texnologik tarmog’i ishga
tushirilgan. Ishlab chiqarish quvvati 1973 yil iyun oyida to’liq o’zlashtirilgan.
1975
yilda Navoiy
kimyo kombinati «Navoiyazot» ishlab chiqarish
birlashmasiga aylantirildi. Korxona uchun muhim voqealar 1988 yilda ham ro’y
32
berdi. Shu yilda tiomochevina ishlab chiqarish bo’linmasi ishga tushirildi hamda
xlorid kislotasi chiqarilishi yo’lga qo’yildi 2001 yilda kaustik sodasi va suyuq xlor
chiqarish sexi ishga tushirildi. Bu sex qurilishi Germaniyaning «Lurgi» MChJ
kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2001 yil 9 martdagi 119-sonli Qaroriga muvofiq «Navoiyazot»
ishlab
chiqarish
birlashmasi
xorijiy
investorlarni
jalb
qilish
orqali
xususiylashtiriluvchi korxonalar ro’yxatiga kiritildi. Ushbu qarorga muvofiq 2002 yil
29 martda «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi («Navoiyazot» IChB) ni
«Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati («Navoiyazot» OAJ) ga o’zgartirish
haqidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulki qo’mitasining buyrug’i chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |