Muskullar fiziologiyasi.
Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko’ndalang-targil va silliq
muskullarga bo’linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo’lib, ularning
yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. Ko’ndalang-targil
muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol harakat qilishini
ta'minlaydi. Ichki organlarning devorlari silliq muskullardan tuzilganligi sababli,
barcha ichki organlarning harakatlari ana shu muskullarning faoliyati bilan bog’liq.
Masalan, oziqalarning hazm organlari bo’ylab harakati, qon tomirlarining
kengayib-torayishi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |