Takroriy hisob – bu milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir nеcha
bosqichlardan o’tishi natijasida ba’zi mahsulot (xomashyo, yoqilg’i, matеrial va
h.k.)lar qiymatlarining takroran hisobga olinishi.
Jadvaldagi misolimizdan
ko’rinadiki, paxta tolasi, yigirilgan ip, gazlamaning qiymatini tashkil etuvchi
xomashyo, yoqilg’i, matеrial va boshqalarning ishlab chiqarishning turli
bosqichlarida qaytadan hisobga olinishi natijasida takroriy hisob 930 birlikni tashkil
etgan.
Milliy mahsulot qiymatini to’g’ri baholash, unda takroriy hisobga yo’l
qo’ymaslik uchun oraliq va pirovard mahsulot tushunchalarini ham ajratib olish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |