1. (Ey Muhammad), ayting: «U – Alloh Birdir. (Ya’ni Uning hech qanday sherigi
yo‘qdir. U yakkayu yolg‘izdir).
2. Alloh (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanguvchidir (ya’ni barcha hojatlar Undan
so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir).
3. U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni Allohning o‘g‘il-qizi ham, ota-onasi
ham yo‘qdir. U azaliy va abadiy zotdir).
4. Va hech kim U zotga teng emasdir».
FALAQ SURASI
Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdir.
Ushbu va bundan keyingi sura «Al-Muavvazatayn», ya’ni «ikki panoh so‘ralguvchi sura»
deb ham ataladi. Chunki har ikki surada Alloh taolo payg‘ambar alayhis-salomga va
barcha mo‘minlarga yeru osmondagi barcha yomon narsa va hodisalardan yolg‘iz O’ziga
iltijo qilib panoh so‘rashlarini ta’lim beradi.
Bu sura o‘zining ilk oyatidagi so‘z bilan «Falaq — Tong» deb nomlangandir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Do'stlaringiz bilan baham: |