1-2-3-4-5. (Alloh yo‘lida) xarsillab chopadigan, (chopgan paytida tuyoqlaridan)
chaqmoqlar chaqadigan, tong paytida (yov ustiga) bostirib boradigan, bas,
o‘shanda chang-to‘zon ko‘tarib, shu (chang-to‘zon) bilan (dushman)
jamoasining o‘rtasiga kirib keladigan (ot)larga qasamki.
6. Shak-shubhasiz (kofir) inson Parvardigori (unga ato etgan ne’matlar)ga
ko‘rnamaklik qilguvchidir.
7. Va shak-shubhasiz u bunga (o‘zining bu noshukurligiga) guvohdir.
8. Va shak-shubhasiz u mol-dunyo muhabbatiga juda qattiq (berilguvchi)dir.
9. Axir u bilmasmiki, (Qiyomat qoyim bo‘lib), qabrlarning ichidagi narsalar
(jasadlarga qayta jon ato etilib, tashqariga) chiqarilganida,
10. Va dillardagi sirlar oshkor qilinganida,
Do'stlaringiz bilan baham: |