22
natijasida yuzaga keladigan faoliyatdir. Bu ikki hodisani qiyoslaganda oradagi
farqlar yanada oydinlashadi. Ya‘ni, bir auditoriyada o`tirgan talabalarning
gaplashadigan tillari bir bo`lsa-da, lekin nutqlari har xil bo`lishi tabiiy. Birining
nutqi salohiyatli bo`lsa, ikkinchisiniki esa mutlaqo talab darajasida bo`lmasligi
mumkin. Til faqatgina aloqa vositasi bo`lib qolmasdan, balki dunyoni ko`rish,
eshitish, bilish, idrok etish vositasi hamdir. Tilni xalq yaratadi, nutq esa shaxsiy
boylik sanaladi. Har kim o`z qobiliyati, so`z boyligi, shaxsiy fikrlash layoqatiga
qarab gap tuzadi va so`zlaydi. Shuning uchun ham nutq oldiga nihoyatda ulug` bir
talab qo‘yiladi: o`ynab gapirsang ham, o`ylab gapir. Zero, nutq aqlning tarozisi,
aqlning o`lchovi. Darhaqiqat, nutqimizning salohiyati til qoidalarini yaxshi va zarur
darajada bilishimizga bog`liqdir. Bundan tashqari, tilning ruhiy va estetik hodisa
ekanligini ham yoddan chiqarmasligimiz zarur. Til bamisoli - ummon. Unda barcha
fikrlar uchun «libos»lar topiladi. Lekin tilning jozibasi, kamalak misol tovlanishi
bevosita nutq orqali, nutq jarayonida yuz beradi. Ba‘zan nutq jarayonida tilning
jozibasi, jilolanishi, mo`jizakorligi yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Shu bois nutq
sohibi so`zlarning o`z va ko`chma ma‘nolarini to`la anglashi, har bir so`zning
uslubiy mezonlarini, ma‘no qirralarini ongli idrok etishi talab etiladi.
Tilning dunyoni bilish, bilimlarni to`plash, saqlash, keyingi avlodlarga
yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go`zallik kategoriyalarini
voqelantirish kabi qator vazifalarni bajarishiga qaramasdan, uning asosiy
funktsiyasi kishilar o`rtasidagi aloqani ta‘minlashdir.Nutq til vositalari orqali
so`zlashish, muomala jarayonidir. So`nggi yillarda nutq kishilar til orqali bir-biri
bilan muomala, aloqa qilishning usuli deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Til
umumiylik, nutq esa xususiylik belgilari bilan farqlanadigan ijtimoiy hodisalar
bo`lib, ikkalasi ham jamiyatga xizmat qiladi.
Har ikkala soha, ya‘ni til va nutq, inson nutqi bilan aloqadadir. Ularning har
ikkalasi ham kishilar nutqiy faoliyatining foydali, ta‘sirchan, o`tkir bo`lishi uchun
kurashadi. Insonning nutqiy madaniyati, uning nutqiy holatini o`stirishga xizmat
qiladi. Nutq madaniyati ham, notiqlik ham nutqiy odam, nutqiy go`zallik, nutqiy
mantiq qonuniyatlaridan oziqlangan holda ish ko`radi. Ammo, shunga qaramasdan
23
bizning nazarimizda nutqiy san‘at ma‘nosidagi notiqlikni, ya‘ni favqulodda nutqiy
mahorat va qobiliyat bo`lgan notiqlikni ommaviy nutqdan farqlash lozim. Ba‘zi
shaxslarda uchraydigan notiqlik san‘ati og`zaki nutq sohasida shaxsiy qobiliyat va
faoliyat tufayli erishiluvchi alohida san‘atdir. Notiqlikda qobiliyat va mahoratning
mehnat bilan qo`shilib ketaganini ko`rish mumkin. Har bir xalqning o`tmish
madaniy hayotida u xalqdan yetishib chiqqan va chin ma‘noda notiq degan nomga
sazovor bo`lgan mo`‘tabar shaxslarning unchalik ko`p emasligi ham aslida ana
shunday omil tufaylidir.
Do'stlaringiz bilan baham: