Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

ISO
/
ANSI
 
komiteti  amalga  oshiradi,  ammo  uning  faoliyati  asosan 
tillarning talabga javob bermagan sintaktik kengaytirilishiga qaratilgan. 
Mavjud bo„lgan kamchiliklarni yo„qotish uchun dasturlash 
tillarining sintaktik va semantik standartlashtirishni berish usullari taklif 
qilindi. 
Til  ixtiyoriy  konstruktsiyasining  semantik  bayoni  kamida  uchta 
asosiy qismni o„z ichiga olishi zarur: 
 
tashkil etuvchilar (komponentlar) ro„yxati (
Ko‘rsatkich Turida 
bu 
tashkil etuvchilar 
Tur nomi 
va 
Asos Tur
); 
 
har bir tashkil etuvchining bayoni; 
 
konstruktsiyaning yaxlit bayoni. 
 
Sintaktik bayon etish uchun odatda konstruktsiyaning formal 
bayoni 
 
ishlatiladi, masalan, 
BNF
 ko„rinishida. Sintaktik bayon, 
Algoldan 
boshlab, har qanday tilda mavjud. 
Dasturlashning rivojlanishida ko„plab dasturlash tillari ichida uchta 
juftlik  katta  rol  o„ynadi: 
Algol-60 
va 
Fortran

Paskal 
va 
Si

Java 
va 
Si++

Bunday  juftliklarga  bo„lish,  ulardagi  maqsadlarning  bir-biriga  qarama- 
qarshi rivojlanishiga imkon yaratdi. 
Muhimi  dasturlash  tilini  va  tadbiq  qilinishini  ajratish.  Til  – 
dasturning  sintaksisi  va  semantikasini  aniqlovchi  qoidalar  to„plami, 
ya‟ni  yozuvlar  tizimidir.  Tilni  qo„llash  –  yuqori  darajali  yozuvni 
mashina  buyruqlari  ketma-ketligiga  almashtiruvchi  dastur.  Tilni 
qo„llashning ikki usuli mavjud: kompilyatsiya va interpretatsiya. 
Kompilyatsiyada maxsus ishchi dastur (kompilyator) ishchi dasturni 
unga  ekvivalent  bo„lgan  mashina  kodiga  almashtirishni  va  keyinchalik 
ma‟lumotlar bilan birga uning bajararilishini ta‟minlaydi. 
Interpretatsiya usulida maxsus dastur (interpretator), ma‟lumotlarga 
buyruqlarni  qo„llagan  holda,  til  va  mashina  kodlari  o„rtasida  moslik 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
103 
 
o„rnatadi.  Har  qanday  dasturlash  tili  interpretatsiyalanuvchi  va 
kompilyatsiyalanuvchi  bo„lishi  mumkin,  ammo  ko„pgina  hollarda 
qo„llash  usullariga  ko„ra  o„zining  ustunliklariga  ega.  Hozirgi  kunda 
ixtiyoriy  mavjud  bo„lgan  til  bilan  ishlay  oluvchi  universal  kompilyator 
mavjud  emas.  Bu  yagona  semantik  omborning  mavjud  emasligi  bilan 
tushuntiriladi. 
  
 
Zamonaviy  dasturlash  tillari  bir  biriga  o„xshash  bo„lganligi  bilan, 
ularning  mosligi  to„liq  emas.  Quyidagi  rasmda  dasturlash  tillarining 
kesishish va birlashish sohalari keltirilgan. 
Shunday  qilib,  barcha  dasturlash  tillariga  tegishli  bo„lgan  (yoki 
ularning ko„pchiligiga tegishli) umumiy semantik va berilgan  til uchun 
spesifik konstruksiyalarni o„z ichiga olgan birlashish sohasi mavjud. Shu 
sababli, universal kompliyatorni ikki usul bilan yaratish mumkin: 
1.  Umumiy  konstruksiyalarni  qo„llash  (
kesishish  sohasi
),  tillar 
spesifik  konstruksiyalarini  (
birlashish  sohasi
)  chiqarib  tashlash.  Bu 
barcha dasturlash tillarini «birlashtirishga» olib keladi. 
2. Mavjud bo„lgan barcha konstruksiyalardan foydalanish (kesishish 
va  birlashish  sohalari).  Bunday  yondashuv  qo„shimcha  manbalardan 
foydalanishga  va  semantik  omborning  sezilarli  darajada  kengayishiga 
olib keladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
104 
 
 
Ko„p  yillardan  buyon  dasturlash  nimaligi  haqida  tortishuvlar 
bo„lmoqda  –  fan,  san‟at  yoki  ishlab  chiqarish  jarayoni.  Axborot 
texnologiyalarining  yuzaga  kelishi  bilan  dasturlash  sanoat  darajasida 
birinchi o„ringa chiqadi: 
 
talablar tahlili; 
 
spesifikatsiyalarni ishlab chiqish; 
 
loyihalash; 
 
maketlashtirish; 
 
boshlang„ich matnini yozish;  
 
sozlash; 
 
hujjatlashtirish; 
 
testdan o„tkazish va kuzatish. 
Bu  yo„nalish  bilan  birga  izlanuvchilik  dasturlashi  yo„nalishi  ham 
rivojlanmoqda.  Masalan,  E.Raymond  tomonidan  taklif  etilgan  o„zi 
tashkillashtiruvchi,  anarxik  dasturlash  «bozor»  nomini  olgan.  Uning 
farqlanuvchi  tomoni,  aniq  rejaning  mavjud  emasligi,  loyihani  minimal 
boshqarish,  tashqi  masofaviy  uzoqlashgan  ishlab  chiquvchilar  sonining 
ko„pligi, kod va g„oyalarning erkin almashinuvi. 
Dasturiy muhitlar axborot texnologiyalarining alohida masalalari va 
amallarini bajaradi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
 
matn protsessorlari: 
Microsoft Word, Leksikon, Lotus Word Perfect, 
Corel Word Pro, Sun Star Office Writer
 
va boshqalar; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
105 
 
 
elektron jadvallar: 
Microsoft Excel, Corel Quattro Pro, Lotus 1-2-3, Sun 
Star Office Calc
 
va boshqalar; 
 
shaxsiy axborot tizimlari: 
Microsoft Outlook, Lotus Organizer, Lotus 
Notes, Sun Star Office Schedule
 
va boshqalar; 
 
taqdimot grafikasi dasturlari: 
Microsoft Power Point, Lotus Freelance 
Graphics, Corel Presentations, Sun Star Office Impress
 
va boshqalar; 
 
brauzerlar: 
Microsoft Internet Explorer, Netscape Navigator, Opera
 
va 
boshqalar; 
 
web-sahifa redaktorlari: 
Microsoft Front Page, Netscape Composer, 
Macromedia Free Hand
 
va boshqalar; 
 
pochta mijozlari: 
Microsoft Outlook, Microsoft Outlook Express, 
Netscape Messenger, The Bat
 
va boshqalar; 
 
rastorli grafika redaktorlari: 
Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint
 
va 
boshqalar; 
 
vektorli grafika redaktorlari: 
Corel Draw, Adobe Illustrator
 
va 
boshqalar; 
 
stolli nashr tizimlari: 
Adobe Page Maker, Quark Xpress, Corel 
Ventura, Microsoft Publisher 
va boshqalar; 
 
ishlab chiqish vositalari: 
Borland Delphi, Microsoft Visual Basic, 
Borland C++ Builder, Microsoft Visual C++
 
va boshqalar. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish