Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Avtomatlashtirilgan ofis tizimlari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Avtomatlashtirilgan ofis tizimlari
 
Tarixan  avtomatlashtirish  ishlab  chiqarishdan  boshlangan  va 
keyinchalik,  birinchi  navbatda  kotiblarning  og„ir  qo„l  mehnatini 
avtomatlashtirish 
maqsadida, 
ofisda 
tarqaldi. 
Kommunikatsiya 
vositalarining  rivojlanishi  bilan  mehnat  samaradorligini  oshiruvchi  ofis 
tizimini  avtomatlashtirish  boshqaruvchilarni  va  mutaxassislarni  ham 
qiziqtirib  qo„ydi.  Ofisni  avtomatlashtirish  –  xodimlar,  an‟anaviy 
kommunikatsiya  tizimini  (yig„ilishlar,  telefon  qo„ng„iroqlari  va 
buyruqlar)  almashtirish  emas,  balki  uni  to„ldirish  hisoblanadi.  Bu 
tizimlardan  birgalikda  foydalanish  boshqaruv  mehnatini  ratsional 
avtomatlashtirishni ta‟minlaydi. 
Avtomatlashtirilgan ofis tizimi ham korxona ichkarisida, ham tashqi 
muhit  bilan  kompyuter  tarmoqlari  va  boshqa  zamonaviy  axborot  bilan 
ishlash  va  uzatish  vositalari  yordamida  kommunikatsion  jarayonlarni 
tashkillashtirish  va  qo„llashdir.  Korxonani  boshqarishning  barcha 
darajalari menejerlari uchun juda qulay. 
Hozirgi  kunga  avtomatlashtirilgan  ofis  tizimlaridan  boshqaruvchi, 
mutaxassis,  kotiba,  idora  xizmatchilari  foydalanmoqdalar.  Ayniqsa,  bu 
qandaydir  muammolarni  hal  qilishda  ishtirok  etayotgan  guruhlar  uchun 
qulay. U xodimlar va kotibalar mehnatining samaradorligini oshirish va 
ortib borayotgan axborot hajmini o„zlashtirish imkonini beradi. Ammo, 
bu  ustunliklar  muammolarni  yechishda  avtomatlashtirilgan  ofisdan 
anjomiy  vosita  sifatida  qo„llash  bilan  taqqoslaganda  ikkinchi  darajali 
hisoblanadi. 
Menejer  tomonidan  qabul  qilinayotgan  qarorlarning  zamonaviy 
kommunikatsiyalar yordamida qabul qilinishi korxona iqtisodiy o„sishini 
ta‟minlashga qodir. 
Kompyuterli  va  nokompyuterli  texnik  vositalar  uchun  bir  necha 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
61 
 
o„nlab dasturiy mahsulotlar mavjud bo„lib, ular avtomatlashtirilgan ofis 
tizimini  ta‟minlaydilar.  Bular:  matn  va  jadval  protsessorlari,  elektron 
pochta, elektron kalendar, audio pochta, telekonferensiyalar, videomatn, 
tasvirlarni  saqlash  va  boshqaruvning  maxsuslashtirilgan  faoliyati 
(masalan, buyruqlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish). 
Bulardan  tashqari,  nokompyuter  vositalari  ham  keng  qo„llaniladi: 
audio  va  videokonferensiyalar,  faksimil  aloqasi,  kseroks  va  boshqa 
orgtexnika vositalari. 
 
Har  qanday  tizimning  asosiy  tashkil  etuvchisi  berilganlar  bazasi 
hisoblanadi.  Avtomatlashtirilgan  ofisda  berilganlar  bazasi,  amaliy 
darajada  ma‟lumotlarga  ishlov  berish  texnologiyasidagi  kabi,  o„zida 
korxonaning ishlab chiqarish mavzularini jamlaydi. Ma‟lumotlar bazaga 
korxonani  o„rab  turgan  tashqi  muhitdan  ham  kelib  tushishi  mumkin. 
Bunda  mutaxassislar  ma‟lumotlar  muhitida  ishlashning  asosiy 
texnologik amallarini egallagan bo„lishlari lozim. 
Masalan,  markaziy  kompyuterning  berilganlar  bazasida  kundalik 
savdo, korxona savdo agentlari tomonidan sotilayotgan mahsulotlar yoki 
alohida keltirilgan xom ashyo haqida ma‟lumotlar saqlanadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
62 
 
Har  kuni  elektron  pochta  orqali  qimmatbaho  qog„ozlar  narxlari 
haqida  (mos  berilganlar  bazasida  har  kuni  tahrirlab  turiluvchi 
korxonaning aksiyalari ham) ma‟lumotlar kelishi mumkin. 
Axborotlar  berilganlar  bazasidan  kompyuter  ilovalariga  tushadi 
(matn  protsessori,  jadval  protsessori,  kompyuter  konferensiyalari, 
elektron pochta va boshqalar). Avtomatlashtirilgan ishchi o„rnining har 
qanday  kompyuter  ilovalari  korxona  xodimlarining  o„zaro  va  boshqa 
korxona xodimlari bilan bog„lanishini ta‟minlaydi. Berilganlar bazasidan 
olingan  axborotlarni  uzatish,  saqlash  va  ko„paytirish  uchun 
nokompyuterli texnik vositalaridan ham foydalanilishi mumkin. 
Elektron  kalendar  (taqvim) 
–  tashkilot  boshqaruvi  va  boshqa 
xodimlarining  ish  jadvalini  saqlash  va  boshqarish  uchun  kompyuter 
tarmoq  variantini  qo„llashning  yana  bir  imkoniyatini  taqdim  etadi. 
Menejer (yoki  kotib)  uchrashuv yoki  boshqa tadbirning  vaqti  va kunini 
o„rnatadi,  hosil  bo„lgan  jadvalni  ko„radi,  klaviatura  yordamida 
o„zgartirishlar  kiritadi.  Elektron  kalendarning  texnik  va  dasturiy 
ta‟minoti  elektron  pochtaning  mos  tashkil  etuvchilariga  to„g„ri  keladi. 
Bundan tashqari, kalendar dasturiy ta‟minoti ko„pincha elektron pochta 
dasturiy ta‟minotining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Tizim  qo„shimcha  ravishda  boshqa  menejerlar  kalendarlariga  ham 
kirish  huquqini  olish  imkoniyatini  beradi.  U  avtomatik  ravishda  o„z 
jadvallari bilan uchrashuv vaqtini kelishishi mumkin. 
Elektron  kalendardan  foydalanish,  ayniqsa,  yuqori  darajali 
boshqaruv 
menejerlari 
uchun 
(ishchi 
kuni 
jadvali 
oldindan 
rejalashtirilgan) juda samarali hisoblanadi. 
Elektron  pochta  (e-mail) 
–  Internetning  ajralmas  qismlaridan  biri 
bo„lib  hisoblanadi.  Uning  yordamida  har  qanday  ma‟lumotni  (xat, 
maqola,  ish  qog„ozlari  va  boshqalar)  jo„natish  va  olish  mumkin. 
Elektron  pochta  pochta  jo„natmalarining  eng  arzon  turi  hisoblanadi. 
Elektron  xatlarni  yozish  va  o„qishda  tarmoqda  bo„lish  shart  emas. 
Internet  faqat  pochtani  jo„natish  va  olish  uchun  zarur.  Elektron  pochta 
tarmoqdan  tashqari  kirish 
(off-line) 
xizmati  hisoblanadi.  Tarmoqda 
xatlarni  uzatish  tezligi  juda  katta.  Tezlikka  xatning  o„lchami  va  qabul 
qiluvchigacha  bo„lgan  masofa  ta‟sir  ko„rsatishi  mumkin.  Oddiy  matnli 
xabar  manzilga  bir  necha  minut  va  hattoki,  bir  necha  sekundda  yetib 
borishi  mumkin.  Agar  xatdan  tashqari  bir  necha  rasm  ham  jo„natilsa, 
yetkazib berish vaqti ortadi. 
Elektron  pochta 
kompyuter 
axborotini 
almashish 
tizimini 
ifodalaydi.  Elektron  pochtada  nafaqat  matnli  axborotni,  balki  dastur 
fayllarini,  ma‟lumotlarni,  rasmlarni,  ovoz  va  videoaxborotlarni  ham 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
63 
 
jo„natish  mumkin.  Barcha  ro„yxatdan  o„tkazilgan  foydalanuvchilar 
uchun kommunikatsion serverda elektron quti yuritiladi. 
Elektron pochtaning asosiy imkoniyatlari: 
 
odatdagidan tezroq uzatadi;. 
 
xat manzilga yetib borganda yetkazilganlik haqida avtomatik 
tasdiq olish mumkin; 
 
xabarlarni tahrirlash, saqlash va to„g„rilash qulay; hech qanday 
qog„oz talab qilmaydi va arzon turadi; 
 
xabarni bir vaqtda bir necha manzilga jo„natish imkonini beradi; 
 
bir vaqtda aloqaning ikki tomonida abonyentning bo„lishini talab 
qilmaydi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish