Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

tarmoq  abonentlari 
o‘rtasida  axborot  almashish 
va 
tarmoq  berilganlar  bazasidan 
foydalanish

Internet 
foydalanuvchilari 
bilan 
bog„lanish 
xizmatlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
WWW
–servis  (
World  Wide  Web

–  bu  Internetning  eng  ommaviy  va 
eng taniqli xizmati bo„lib, 
1993–94
-yillarda  Internet  tarkibiga  kiritilgan. 
Uni 
«O‘rgimchak to‘ri» 
yoki sodda qilib 
Web 
deb ham atashadi. 
E-mail 
–  elektron  pochtani  uzatish  xizmati  Internet  tarmog„ining 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
116 
 
ixtiyoriy abonyenti bilan pochta almashinuvini amalga oshirish mumkin. 
Ham matnli, ham ikkilik fayllarni uzatish imkoniyati mavjud. 
MCI  Mail 
–  savdo  uchun  mo„ljallangan  va  Internet  bilan 
bog„langan. Mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko„rsatadi: pochta, faksimil 
va teleks. 
UseNet 
–  tarmoq  yangiliklarini  olish,  tarmoq  elektron  e‟lonlar 
taxtasini  olish  va  unga  axborotlarni  joylashtirish  imkoniyati.  Internet 
tarmog„ining  elektron  taxtalari  mavzular  bo„yicha  shakllantirilgan. 
Foydalanuvchi  o„z  ixtiyoriga  ko„ra  xohlagan  yangiliklar  guruhiga  a‟zo 
bo„lishi mumkin. 
IRC  (Internet  Relay  Chat) 
–  Internet  tarmog„i  orqali  suhbatni 
uzatish.  Bu  tizim  foydalanuvchilarga  tezkor  rejimda  murojaat  qilish 
imkonini  beradi.  Insonlar  guruhi  qandaydir  aniq  munozara  mavzusini 
qo„llovchi  kanallarga  birlashadilar.  Xabar  kiritilib, 
Enter 
klavishi 
bosilgandan so„ng, bir necha sekundda u kanalning barcha ishtirokchilari 
ekranida hosil bo„ladi. 
TelNet 
–  kompyuterlarga  masofaviy  kirish  xizmati.  Abonentga 
Internet  tarmog„ining  ixtiyoriy  kompyuteridan  o„zining  shaxsiy 
kompyuteri  sifatida  foydalanish,  ya‟ni  dasturlarni  ishga  tushurish, 
fayllarni o„qish va h.k.lar uchun imkon beradi. 
FTP  (File  Transfer  Protocol) 
–  fayllarni  uzatish  protokoli. 
Abonentga  ikkilik  va  matnli  fayllarni  tarmoqning  ixtiyoriy  kompyuteri 
bilan  almashish  imkonini  beradi.  Foydalanuvchi  masofaviy  kompyuter 
bilan  aloqa  o„rnatib,  undan  o„z  kompyuteriga  fayllardan  nusxa  olishi 
yoki o„zining kompyuteridan masofaviy kompyuterga faylning nusxasini 
ko„chirishi mumkin. 
FTP 
kirishi mumkin bo„lgan fayllar to„plami 
FTP

arxivlarga  birlashtirilgan.  Bunday  fayllar  tematika  va  kataloglar 
bo„yicha tartiblangan. 
NFS (Network File System) 
– taqsimlangan faylli tizim. Abonentga 
masofaviy  uzoqlashgan  kompyuter  faylli  tizimidan  shaxsiy  kompyuter 
tizimi sifatida foydalanish imkonini beradi. 
Lpr 
–  tarmoqda  chop  qilish.  Masofaviy  (tarmoq)  printerga  chop 
qilish uchun faylni yuborish. 
Lpq 
–  tarmoqda  chop  qilish.  Tarmoq  printerida  navbatda  turgan 
fayllarni ko„rsatadi. 
Ping – 
tarmoq orqali masofaviy EHMga kirishlilikni tekshirish. 
Talk – 
masofaviy uzoqlashgan foydalanuvchi bilan «suhbatlashish» 
imkonini  beradi.  Bunda  kompyuter  ekranida  kiritilayotgan  matn  va 
masofaviy foydalanuvchi javoblari bir vaqtda chiqariladi. 
Yuqorida keltirilgan asosiy xizmatlardan tashqari, Internet tarmog„i 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
117 
 
quyidagi spesifik xizmatlarni ham taqdim etadi: 
Who  is  (kim  bor) 
–  Internet  tarmog„i  manzillar  kitobi.  So„rovga 
ko„ra masofaviy kompyuterlar va foydalanuvchilar haqida axborot olish 
mumkin. 
Gopher  – 
Internet  tarmog„ida  keng  tarqalgan  axborot  qidirish 
vositasi  bo„lib,  kalit  so„zlar  va  iboralar  asosida  zarur  axborotni  qidirib 
topish  imkonini  beradi.  Gopher  tizimi  bilan  ishlash  mundarijani 
ko„rishni  eslatadi,  bunda  foydalanuvchiga  bir  qator  ichma-ich 
joylashgan  menyulardan  o„tish  va  zarur  mavzuni  tanlash  taklif  etiladi. 
Hozirgi  kunda  Internet  tarmog„ida  2000  dan  ortiq  Gopher-tizimlar 
mavjud. Ular yordamida har doim zarur axborotlarni topish mumkin. 
Muammolar  yuzaga  kelganda 
Veronica 
xizmatidan  foydalanish 
mumkin.  Veronica  foydalanuvchilarni  o„zlari  qidirish  zaruratidan  ozod 
qilgan  holda  Gopherning  500  dan  ortiq  tizimlarida  qidiruvlarni  amalga 
oshiradi. 
Wais  – 
axborot  olish  vositasi.  Gopherga  nisbatan  yanada  kuchli 
vosita  hisoblanadi.  Chunki  u  hujjatlarning  barcha  matnlarida  kalit 
so„zlarni qidirishni amalga oshiradi. Waisga so„rovlar soddalashtirilgan 
ingliz tilida yuboriladi. Bu ularni mantiqiy algebra tilida shakllantirishga 
nisbatan  juda  yengil  va  mutaxassis  bo„lmagan  foydalanuvchilar  uchun 
Waisni  yanada  jozibador  qiladi.  Wais  bilan  ishlash  jarayonida 
foydalanuvchilar  zarur  materiallarni  topish  uchun  ko„p  vaqt 
sarflamaydilar.  Internet  tarmog„ida  200  dan  ortiq  Wais-kutubxonalar 
mavjud.  Axborotlar  akademik  tashkilotlar  xodimlari  tomonidan  taqdim 
etilganligi  sababli,  ularning  asosiy  qismini  kompyuter  sohasidagi 
bilimlar va izlanishlar tashkil etadi. 
Webster 
– ingliz tili slovarining tarmoq talqini. 
Faks-servis 
– foydalanuvchiga tarmoq faks-serveridan foydalangan 
holda faksimil aloqasi yordamida xabar jo„natish imkonini beradi. 
Elektron tarjimon 
– unga jo„natilgan matnni bir tildan ikkinchi tilga 
tarjima  qilishni  ta‟minlaydi.  Elektron  tarjimonga  murojaat  qilish 
elektron pochta orqali amalga oshiriladi. 
Amalda  tarmoqning  barcha  xizmatlari  mijoz-server  printsipiga 
asosida  qurilgan.  Internet  tarmog„ining  serveri  deyilganda  mijozlarga 
qandaydir  tarmoq  xizmatlarini  taqdim  eta  oladigan  kompyuterlar 
tushuniladi. Mijoz- server aloqasi odatda quyidagicha amalga oshiriladi: 
mijozlardan  so„rovlar  kelganda  server  tarmoq  xizmatlari  ko„rsatuvchi 
turli  dasturlarni  ishga  tushuradi.  Ishga  tushurilgan  dasturlarning 
bajarilishi natijasida server mijozlarning so„rovlariga javob beradi. 
Tarmoqning  barcha  dasturiy  ta‟minotini  ikki  guruhga  bo„lish 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
118 
 
mumkin:  mijoz  va  server  dasturiy  ta‟minotlari.  Bunda  serverning 
dasturiy ta‟minoti tarmoq xizmatlarini taqdim etish uchun xizmat qiladi. 
Mijoz  dasturiy  ta‟minoti  esa  serverga  so„rovlarni  uzatish  va  ularga 
javoblarni olishni ta‟minlaydi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish