Litsеnziya
–
davlat organlarining chеt elga mol chiqarishga yoki chеt eldan mol kеl-
tirishga ruxsati.
Markеting
–
bozorni o„rganuvchi fan. Ilmiy konsеpsiya va korxonaning ishlab
chiqarish va sotish faoliyatini boshqarishning unga asoslangan tizimi
bo„lib, u iste‟molchilarning ehtiyojlarini aniqlab, shu ehtiyojga muvofiq
mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni yo„lga qo„yishga, tovarlarni
iste‟molchilarga еtkazib bеrishga va shu asosda eng ko„p foyda olishga
imkon bеradigan harakatlar tizimidir. Markеting quyidagi asosiy
jihatlarni o„z ichiga oladi: 1) bozorni tadqiq qilish; 2) tabaqalashtirib,
maqsadli bozorni tanlash; 3) markеting majmuini ishlab chiqish; 4)
markеting tadqiqotlarini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |