Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama


Boshlang’ich sinfda husnixat darslarining rejalashtirilishi



Download 453,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/54
Sana02.01.2022
Hajmi453,88 Kb.
#309683
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika-1


§
§
§
§
.Boshlang’ich sinfda husnixat darslarining rejalashtirilishi. 
 Dars  mavzusi:  o’quvchilami  yozuv  faoliyatida  ishtirok  etadigan  tana 
qismlari  bilan  tanishtirish.  Yozuv  paytida  ularni  to’g’ri  tuta  bilishga;  ruchka  va 
daftarni to’g’ri ushlashga o’rgatish. 
Dars  rejasi:  Kirish.  Odamning  alohida  tana  qismini  ko’rsatish  va 
nommlanishni aytish. Yozayotgan paytdagi normal holati, daftarning turishi, kaftni 
to’g’ri tutish va ruchkani to’g’ri ushlash. 
Darsning  borishi:  darsning  boshida  o’qituvchi  o’quvchilarga  yozuv 
mashg’ulotlarida tez va chiroyli yozishni o’rgatishlarni tushuntirib o’tadi. Yozuvni 
o’rgatish har bir insonning hayotida muhim rol o’ynaydi. Yaxshi yoza olmaydigan 
odam o’zini noqulay his etadi, uning yozuvini o’qiydiganlar esa uning mazmunini 
umuman  anglay  olmaydilar.  Keyin  esa  o’qituvchi  oquvchilarga  to’g’ri  yozish 
uchun  harflar  va  so’zlar  nimalardan  va  qanday  hosil  bo’lishi  haqida  va  to’g’ri 
o’tirish  qoidalari,  mchkani  tutish  yo’llari  haqida  ma’lumotlar  berib  o’tadi. 
O’qituvchl yozuv jarayonida ishtirok etadigan tana qismlarini ko’rsatadi. Biron -bir 
o’quvchi sinf xonasining o’rtasiga chiqarib tartib bilan o’quvchining boshi, ko’zi, 
yelkasi va h.zolarni ko’rsatib, o’quvchilarni o’z savollariga javob berishlarini talab 
qiladi. 
Agar  o’quvchilar  ayrim  tana  qismlarini  old  yelka,  barmoq  bo’g`inlarini 
bilmasalar,  o’qituvchi  ularning  nomini  aytib,  yozuvda  u  yoki  bu  tana  qismining 
qanday ishtirok etishini tushuntirib o’tadi. 
So’ng  o’qituvchi  yozuv  jarayonida  noto’g’ri  o’tirish  bir  qancha  jiddiy 
kasalliklarning  kelib  chiqishiga  sabab  bo’lishini  va  keyinchalik  butun  hayoti 
davomida  qolishi  haqida  ma’lumot  berib  o’tadi.  Bularga  masalan:  uzoqni  ko’ra 
olmaslik, bukchayish, nafas olishning qiyinlashuvi va o’zidan keyin ko’krak qafasi 


 
87
kasalliklarining kelib chiqishiga va h.zolarga sabab bo’ladi. 
Undan keyin o’qituvchi o’quvchilarga tushuntirib o’tganlarining hammasini 
takrorlab berishlarini taklif etadi va yozayotganda to’g’ri o’tirish tartibini ko’rsatib 
beradi. 
Stolga o’tirayotganda o’quvchilarga yaxshi ko’rinadigan joyga (eng yaxshisi 
profil holda) o’tirib: ‘Qaranglar, men hozir yozish jarayonida qanday o’tirish talab 
etilsa,  shunday  o’tiraman.  Sizlar  ham  men  qanday  o’tirsam,  shunday  o’tirishga 
harakat qiling. Qarang-chi, men qanday o’tiribman, egilibmi, yo to’g’ri?’ 
O’quvchilar: To’g’ri. 
O’qituvchi:  qaranglar,  mening  qo’llarim  qayerdaturibdi  va  diqqat  bilan 
qarang-chi, tirsaklarim qanday holda turibdi? 
O’quvchilar: Qo’llaringiz stol ustida turibdi, tirsaklaringiz esa stol chetidan 
ozgina chiqib turibdi. 
O’qituvchi:  Qarang-ch,  men  tirsagimni  gavgdamga  engashtirib,  ikki 
tomonga surib qo’ydimmi? 
O’quvchilar:  Tirsaklaringiz  hech  qayerga  engashmagan  va  ikki  tomonga 
surilmagan. 
O’qituvchi: Aytinglar-chi, boshimni qanday tutib turibman? 

Download 453,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish