O’zbekistonda paxtachilik ikki yarim ming yildan buyon rivojlanadi. Ammo, uning yuqori
samaradorligidan foydalanish ayrim davrlarda keskin tafovut qiladi. Buni asosiy ishlab chiqarish
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va
296
O’zbekistonning mustaqil mamlakat bo’lib rivojlanish yillarida yalpi paxta mahsuloti kamaydi.
2000 yilda respublika 3030 ming tonna yoki 1990 yilga nisbatan 41% ga kam paxta xom-ash’yosi
ishlab chiqildi. Shu yillarda ekin maydoni 17,9% ga qisqardi, gektaridan hosildorlik esa 24,2% ga
pasaydi. Paxtachilikda bunday holatga yo’l qo’yilishi obyektiv va subyektiv sabablar bilan bog’liq.
Mustaqil rivojlanish yillarida paxta maydonini qisqartirish hisobiga sug’oriladigan g’alla, ayniqsa,
bug’doy ishlab chiqarish ko’paytirildi. Sug’oriladigan yerlar meliorativ holatining yomonlashishi,
mineral o’g’itlar me’yorining kamayishi, suv tanqisligi va h.k. gektaridan olinadigan hosildorlikka
salbiy ta’sir ko’rsatdi. Lekin, g’o’za ekiladigan maydonlarning kamayishiga qaramasdan O’zbekiston
uning yalpi hajmi bo’yicha jahonda 5, paxta tolasini jahon bozorida sotish bo’yicha 3- o’rinni
egalladi. Bu nisbatlar yildan-yilga kamayib bormoqda. Chunki, respublikamizda chetga paxta tolasi
chiqarishdan ko’ra tayyor mahsulot eksport qilish tendensiyasi jadallik bilan davom etmoqda. Buni
10 yillardan buyon har yili kuz oylarida bo’lib o’tadigan Toshkent Xalqaro paxta yarmarkasi
natijalaridan ham bilsa bo’ladi. Birgina 2013 yilda respublikamiz ana shunday yarmarkada 480 ming
tonna tola va 500 mlrd so’m AQSh dollarilik to’qimachilik mahsulotlari eksport qilishga shartnoma
tuzdi. Bu jarayon keyingi yillarda ham ijobiy tomonga o’zgarib bormoqda. Ilmiy tadqiqot natijalari
shuni ko’rsatadiki, 1 tonna tola sotishdan ko’ra, xuddi shu 1tonnadan qayta ishlangan mahsulotlarni
sotish 4-5 marta ko’proq foyda olish imkoniyatini beradi.
2004 yilni o’zida g’o’za maydoni 1340,6 ming ga.gacha kamayib, yalpi hosil 3540,0 ming
tonnani tashkil etib, hosildorlik 26,4 sentnergacha yetkazildi.
2009 yildan boshlab paxta ekin maydonlarining qisqarish tendensiyasi mavjud bo’ldi. Bu yili
paxta ekin maydonlari 1339 ming gektardan 2014 yili 1301 ming gektarga tushib qolgan. Lekin
intensiv omillar ta’siri ostida hosildorlik mos ravishda 25,4 dan 26,1 sentner/gektarga oshdi.
Samarqand viloyatida paxta ekin maydonlari 2009 yildagi 100 ming gektardan 2014 yilda 94,7 ming
gektarga kamaygan. Shu davrda hosildorlik esa mos ravishda 23,5 dan 23,6 sentner/gektarga
oshganligini ko’rish mumkin
O’zbekistonda keyingi yillarda ertapishar va o’rtapishar 20 dan ortiq navlar keng maydonlarda
ekilib kelinmoqda.
Mamlakatimizda paxtachilikni yanada rivojlantirish uchun joriy etilayotgan dehqonchilikning
yangi zamonaviy tizimida ustuvor yo’nalish qilib quyidagilarni belgilash mumkin:
Tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirishning asosiy yo’li almashlab ekishdir. Hozirgi
kunda fermer xo’jaliklarida almashlab ekishning 1:1 sxemasi (g’alla 50 %, paxta -50 %) va 1:2
sxemasi (g’alla 33,3 %, paxta 66,7 %) keng qo’llanilmoqda. Bu sxemalarda tuproq unumdorligini
saqlab qolish uchun takroriy ekinlardan, ayniqsa, don – dukkali ekinlardan keng foydalanish talab
qilinadi.
Kelajakda sho’rlangan va sho’rlanishga moyil bo’lgan yerlar uchun paxta – beda almashlab
ekishning 2:3:1 sxemasini (2 dala beda, 3 dala paxta, 1 dala g’alla) o’rganishni tavsiya etish mumkin.
Raqobatbardoshli intensiv tipdagi navlarni to’g’ri tanlash va uni urug’chiligini tashkil qilishning
ahamiyati kattadir. Ekishga faqat standart talabiga javob beradigan urug’larni yetkazib berishga
erishish bilan ayni vaqtda urug’chilik ishlari ilmiy asosda olib borilgandagina maqsadga erishiladi.
O’g’itlash tizimida o’g’itlarning me’yori, qo’llash muddati o’simlikning talabi asosida
o’tkazilishi shart. Dehqonchilikda «qaytarish» qonuniga qat’iy amal qilish va g’o’zani o’stirishda
resurs tejovchi agrotexnologiyalarni joriy etish, ayniqsa suv sarfini tejaydigan, tuproqqa ishlov berish
sonini kamaytirishga qaratilgan texnologiyalarni joriy etishga erishish talab qilinadi.
Fermerchilikda ishlab chiqarishni mexanizasiyalash, uni davr talabi darajasiga ko’tarish, fan–
texnika, ilg’orlar tajribasini ishlab chiqarishga joriy etish chora – tadbirlarini ko’rish hamda g’o’zani
hashorat va kasalliklardan saqlashda uyg’unlashgan usuldan keng foydalanish, bunga ayniqsa
biologik usulga e’tiborni kuchaytirishning ahamiyati beqiyosdir.
Texnologik jarayonlarni o’tkazishda texnologik intizomni buzilishiga aslo yo’l qo’ymaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: