O’z vaqtida qishloq xo’jaligi texnikasini takror ishlab chiqarish, ancha yuqori texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichga ega bo’lgan yangi mashinadan foydalanishni kengaytirish - qishloq xo’jaligida texnika
siyosatini amalga oshirishning asosiy masalalaridan biri. Yangi texnika yaratishdagi ishda bosh
yo’nalish har bir tabiiy-iqtisodiy zonada ish sharoitini hisobga olgan holda qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishini kompleks mexanizasiyalashtirish uchun yuqori unumli, iqtisodiy va ishonchli mashinalar
ishlab chiqarishdir. Qishloq xo’jaligida yangi texnikani joriy qilishning ma’lum tartibi o’rnatilgan va
harakat qilmoqda. Mashinalarning yangi konstruksiyasi va tajriba namunalari asosan maxsus
konstruktorlik byurolarida, ilmiy-tadqiqot institutlarida, tajriba stansiyalarida va boshqa korxonalarda
ishlab chiqiladi. Yangi texnikani ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin u davlat, ma’muriy va
xo’jaliklarda sinaladi. Sinovdan yaxshi o’tgan mashinalar, ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Ancha
takomillashgan mashinani almashtirishning iqtisodiy samaradorligi mehnat unumdorligining
o’sishida, mahsulot(ish, xizmat) tannarxining pasayishida, ishlarni qulay muddatda amalga oshirish
asosida mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishda o’z ifodasini topadi. Bu hamma omillar qishloq
xo’jaligi texnikasini baholashda hisobga olinadi. Yangi texnikadan foydalanishdan olingan yillik
iqtisodiy samara (taklif etilayotgan, kutilayotgan, rejalashtirilgan, haqiqatdagi) keltirilgan xarajat
KKSb, KKSya - kapital qo’yilmalarning baza va yangi variantdagi (mahsulot birligi
MK - kapital qo’yilmalar samaradorligining me’yoriy koeffisiyenti 0,15 ga teng;
233
Agar yangi texnika natijalarini foydalanishda ishlab chiqariladigan mahsulot sifati
o’zgarsa(ancha yuqori xarid narxi sharoitida), unda yillik iqtisodiy samara mahsulotning, yalpi
foydaning qo’shimcha o’sishini hisobga olib aniqlanadi:
Kxyat
*
Nb)
-
(Nya
+
KKSya)
*
NK
+
(Tya
-
KKSb)
*
NK
+
(Tb
=
YS
bu yerda: Nya va Nb - yangi va baza variantida mahsulot birligining xarid narxi, so’m.
Yuqori sifatli mahsulot sotishning yillik iqtisodiy samarasi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Kxyat
*
KKSya)
*
(FQO'-NK
=
YS
bu yerda: FQO’ - yuqori sifatli va ilgarigi mahsulotni sotishdan kelgan foydaning qo’shimcha
o’sishi, so’m.
10.5. Kapital qo’yilmalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar samaradorligini oshirishning foydalanilmagan
anchagina imkoniyatlari mavjud. Ular quyidagilar iborat:
1.Kapital qo’yilmaning kompleksligini va proporsionalligini ta’minlash. o’simlikchilikda
qishloq xo’jaligi texnikasiga, yerlarni meliorasiyalashga, dehqonchilikni kimyolashtirishga
mablag’ni uyg’unlashtirish zarur. Chorvachilikda bino va inshooatlarni qurish xarajatlarini asosiy
sermahsul podani yaratish, shuningdek kompleks mexanizasiyani joriy qilish xarajatlari bilan qo’shib
olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari meliorativ tadbirlar hisobiga ozuqa
bazasini yaxshilash, ozuqa sexlari va omuxta yem zavodlari va sexlari qurilishi bilan bog’lash zarur;
2.Vositalarni sarflash va iqtisodiy samara olish o’rtasidagi vaqtni, farqni qisqartirish, ayniqsa
kapital qurilishda. Qishloq xo’jaligida qurilishda kapital qo’yilmalar hajmi yildan-yilga o’sib boradi
va bir vaqtning o’zida tugallanmagan qurilish hajmi ko’payadi. Buning asosiy sabablaridan biri
qurilishlar muddatining cho’zilib ketishi. Hozir qishloq xo’jalik obyektlari qurilishining o’rtacha
me’yoriy muddati 3,5 yilni tashkil etadi;
3.Mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish, tejamkorlik rejimiga qattiq rioya qilish,
shuningdek qurilish-montaj ishlarini yuritishning ilg’or metodlaridan foydalanish hisobiga ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish kapital qurilishining tejamkorligini oshirish.
4.Ishlab chiqarish binolari va inshootlari xususiyatlariga qarab, harakatdagi asosiy vositalarning
rekonstruksiyasiga investisiyani ko’paytirish. Rekonstruksiyaga ketgan xarajatlar yangi qurilishga
tashlangan mablag’larga qaraganda 2-2,5 marta tezroq qoplanadi, bunda asosiy vositalarning
ma’naviy eskirishi muddati 10-15 yilga suriladi;
5.Qurilishdagi kapital qo’yilmalarni kerakli mehnat va moddiy resurslar bilan, ayniqsa qurilish
materiallari bilan to’la ta’minlash;
6.Xo’jalik hisobi munosabatlaridan foydalanish asosida kapital qurilish muddatlarining
qisqarishi va qurilish-montaj ishlaridagi tejamkorlik va sifatni oshirish uchun xodimlar moddiy
manfaatdorligi;
7.Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligini oshirish
imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: