Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


 Yer islohoti, uning amalga oshirilishi



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

 

4.2. Yer islohoti, uning amalga oshirilishi 

 

Ryespublikamiz qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirishda yyer-suv ryesurslarining ahamiyati 

byeqiyos.  Chunki  ular  yordamida  mamlakatimiz  ichki  yalpi  mahsulotining  to`rtdan  uch  qismi, 

xalqimiz  istye'mol  qilayotgan  mahsulotlarning  95  foizi  yetishtirilmoqda.  Shunday  ekan,  ulardan 

kyelajakda  yanada  to’liqroq,  samaraliroq  foydalanish  dolzarb  muammo  hisoblanadi.  Uni  hal  etish 

maqsadida  ryespublika  hukumati  tomonidan  siyosiy,  huquqiy,  tashkiliy,  iqtisodiy  hamda  ijtimoiy 

ahamiyatga  ega  bo’lgan  chora-tadbirlar  amalga  oshirilmoqda.  Chunonchi,  yyer,  suv,  mulk 

to’g`risidagi qonunlar, kodyekslar qabul qilindi. Ularda ryespublikamizda yerlarga, suvlarga egalik 

qilish,  ulardan  maqsadga  muvofiq  hamda  samarali  foydalanish  borasidagi  munosabatlar  tizimi  va 

ularni  amalga  oshirish  tartibi  ko’rsatilgan.  yer-suv  ryesurslariga  egalik  qilishning  huquqiy  asosi 

O’zbyekiston  Konstitutsiyasining  55-moddasida  «Yer  suv  umummilliy  boylikdir,  ulardan  oqilona 

foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir»

dyeb alohida ta'kidlangan.  



Ryespublikamiz  jami  yer  maydoniga  umummilliy  boylik,  davlat  mulki  sifatida  egalik  qilish 

huquqi  O’zbyekiston  Oliy  Kyengashi  zimmasiga  yuklatilgan.  Oliy  Kyengash  o’z  vakolatidagi  yer 

munosabatlarining  ayrim  masalalarini  xalq  dyeputatlari  qishloq,  shahar,  posyolka,  tuman  hamda 

viloyat kyengashlari va ularning ijroiya qo’mitalari zimmasiga yuklagan. Ular yuqorida kyeltirilgan 

                                                 

4

 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, T.: O’zbekiston, 1992. 




 

 

 



88 

 

qonun talablaridan kyelib chiqqan holda yerlarni ulardan oqilona, samarali foydalanish maqsadida 



foydalanuvchilarga ma'lum muddatga haq to’lash evaziga foydalanish uchun byermoqdalar. Dyemak, 

ular yer islohotini amalga oshirishga ma'suldirlar. Chunki ular yerlarni samarali foydalanish uchun 

haqiqiy egasiga byerish bilan bog`liq bo’lgan masalalarni hal etadilar. 

So’nggi  yillarda  yerlar  qonunda  byelgilangan  tartibda  qishloq  xo’jalik  korxonalariga  turli 

muddatlarga foydalanish uchun haq to’lash evaziga (yer solig`i) ijaraga byerilmoqda. Masalan, 2006 

yilning  boshiga  ryespublikamiz  jami  yer  fondining  50,3  foizi  yoki  22,3  mln.  gyektari  shirkat 

xo’jaliklariga, 3662,4 ming gyektari esa mustaqil fyermyer va dyehqon xo’jaliklariga uzoq muddatga 

foydalanishga byerilgan.  

Shu  bilan  birgalikda  ryespublika  fuqarolariga  shaxsiy  yordamchi  xo’jaliklarini,  jamoa 

bog`dorchiligini,  uzumchiligini  yaratish  hamda  yakka  tartibdagi  uy-joy  qurilishi  va  uni 

obodonlashtirish  uchun  myeros  qilib  qoldirish  sharti  va  umrbod  egalik  qilish  huquqi  bilan 

byelgilangan  miqdorda  yer  byerilmoqda.  Dyemak,  shu  qoidaga  muvofiq  yerni  avloddan-avlodga 

myeros  qilib  qoldirish  ta'minlangan.  Ya'ni  shu  yerlarga  egalik  qilish  hamda  ulardan  foydalanish 

huquqi  fuqarolarga  umrbod  byerilgan.  Bu  ryespublikamiz  yyer  islohotidagi  eng  muhim  yutuq 

hisoblanadi.  Lyekin  fuqarolar  qonunlarda  ko’rsatilgan  shartlarni  buzsalar,  ularning  yyerga 

myerosxo’r  sifatida  egalik  qilish  huquqi  yuqoridagi  tashkilotlar  tomonidan  byekor  etilishi  ham 

ko’rsatilgan.  Islohot  natijasida  ryespublika  qishloq  hududlarida  yashayotgan  fuqarolarga  umrbod 

foydalanish  uchun  1990-2005  yillar  davomida  650  ming  gyektarga  yaqin  qishloq  xo’jalik  yerlari 

byerildi.  Bu  maydon  Andijon  viloyatining  qishloq  xo’jalik  yerlariga  nisbatan  2,2  marta,  Farg`ona 

viloyatinikiga nisbatan 1,8 barobar ko’pdir. Yerlarni byerish natijasida 3,2 mln. dan ortiq oilaning yer 

bilan  ta'minlanganlik  darajasi  hozirgi  davrda  qondirilgan.  2005  yilning  boshiga  kyelib  mamlakat 

aholisi ixtiyorida 685,8 ming gyektar tomorqa yerlari bor edi. Aholi byerilgan yerga qonun doirasida 

egalik  qilish  hamda  undan  samarali  foydalanish  natijasida  yurtdoshlarimizni  qishloq  xo’jalik 

mahsulotlari  bilan  ta'minlashga  ulkan  hissa  qo’shmoqda.  2004  yilda  aholi  ixtiyoridagi  yerlardan 

ryespublikada  yetishtirilgan  jami  don  mahsulotlarining  21,3  foizi,  kartoshkaning-89,7  foizi, 

sabzavotning-77,3 foizi, poliz mahsulotlarining-67 foizi, uzumning-35 foizi olingan. Shuningdyek, 

tomorqa  xo`jaliklarida  jami  go’sht  mahsulotlarining-94,1  foizi,  sutning-96,4  foizi  yetishtirilgan. 

Ta'kidlash  kyerakki,  yerlarni  yuridik  shaxslarga  uzoq  muddat  foydalanish  uchun  ijaraga  byerish 

jarayonida ma'lum qiyinchiliklar kyelib chiqmoqda. Masalan, mustaqil faoliyat ko’rsatish huquqiga 

ega bo’lgan fyermyer xo’jaliklari foydalanish uchun yyer so’rab, o’zi joylashgan hududdagi tuman 

hokimligiga hamda xo’jalikning rahbariga yozma ravishda murojaat etmoqdalar. Lyekin bu masala 

ayrim  hollarda  byelgilangan  1  oy  muddatda  hal  etilmayotir.  Buning  bir  qancha  sabablari  mavjud. 

Darhol yer byerish uchun tuman xalq dyeputatlari ijroiya qo’mitalarining ixtiyorida bo’sh yerlar yo’q. 

Dyemak,  ular  so’zsiz  xo’jalik  rahbarlariga  murojaat  etadilar.  Xo`jalik  rahbarlari  esa  o`z 

ixtiyorlaridagi  yerlarni  osonlikcha  byerishmaydi.  Chunki  ularning  zimmasida  davlat  buyurtmalari 

bor,  qolavyersa,  shu  yyerlardan  ma'lum  miqdorda  foyda  oladilar.  Shunday  ekan,  xo’jaliklar 

ixtiyoridagi yerlarni mustaqil fyermyer, dyehqon xo’jaliklariga olib byerishda yuqorida ko’rsatilgan 

masalalarning hal etilishiga alohida e'tibor byerish zarur. Shu bilan birgalikda mustaqil fyermyer va 

dyehqon xo’jaliklariga yerlarni qishloq xo’jalik yili boshlanmasdan hamda kuzgi don ekinlari hosili 

yig`ishtirib olingandan so’ng byerilishini ta'minlash maqsadga muvofiqdir. 

Yer    islohotini  rivojlantirish  maqsadida  O`zbyekiston  Ryespublikasining  «yer  Kodyeksi»  ga 

Oliy  majlisning  2004  yilning  28-29  avgustida  bo`lib  o`tgan  syessiyasida  talaygina  o`zgartirishlar 

kiritildi.  Jumladan,  qishloq  xo`jalik  koopyerativlariga  (shirkatlariga)  hamda  boshqa  korxona 

tashkilotlariga qishloq xo`jalik ishlab chiqarish maqsadida yyerlardan to`liq va samarali foydalanish 

uchun  ijaraga  yoki  doimiy  foydalanishga  byerishda  qo`shimcha  imkoniyati  byerilgan.  Qishloq 

xo`jalik  yerlarini  qishloq  xo`jalik  shirkatlariga  ma'lum  muddatga  ijaraga  byerish  boshqa 

tashkilotlarga  doimiy  foydalanishga  byerish  huquqiga  tuman  hokimligi  qarorini  viloyat  hokimligi 

tasdiqlaydi. Bunday holatni shakllantirilishi bizningcha, yyer islohotini soddalashtirishga emas, balki 

murakkablashtirishga, noaniqlikka olib kyelishi mumkin. Chunki endilikda shirkat xo`jaliklarining 



 

 

 



89 

 

rahbarlari tuman hokimidan tashqari  yana viloyat hokimining ham  roziligini olishi zarur. Bu vaqt 



hamda mablag` sarfini oshishiga olib kyeladi. Shuning bilan birgalikda tuman hokimlarining rolini 

ham  pasayishiga  olib  kyeladi.  Bunday  holni  oldini  olish  uchun  avvalgi  tartibni  saqlagan  holda 

intizomiy javobgarlikni hamda ma'suliyatni kuchaytirish lozim.  

2004 yilning syentyabr oyidan boshlab fyermyer xo`jaliklariga foydalanish uchun yerni ijraga 

byerish 30 yildan 50 yilgacha bo`lgan muddat byelgilanadi. Shu davrgacha esa eng kami 10 yil dyeb 

byelgilangan edi. Endilikda shu davrgacha cho`zilgan ijara muddatlari avtomatik ravishda 30 yilga 

o`zgartirildi. Masalan, fyermyer yerni 10, 15, 25 yilga ijaraga olgan bo`lsa, 2004 yilning syentyabr 

oyidan boshlab, ularning muddati 30 yil dyeb tan olinadi. Agarda 30, 40, 50 yilga ijaraga olingan 

bo`lsa, bu muddatlar saqlanib qolinadi. 

Qishloq xo`jalik koopyerativlarida (shirkatlarida) qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish 

uchun  umumiy  yig`ilishning  qaroriga  binoan  oilaga  5  yil  muddatgacha  pudratga  byeriladi.  Shu 

muddat  tugagach,  pudratchi  byelgilangan  shartlarni  buzmagan  bo`lsa,  shu  yerlarni  unga  pudratga 

byerish yangi muddatga uzaytiriladi.  

O’zbyekistonda  yer  munosabatlarini  rivojlantirish  maqsadida  Pryezidyent  I.A.  Karimov 

tomonidan  1994  yil  may  oyida  «Yerlardan  foydalanishni  yaxshilash  to’g`risida»  maxsus  farmon 

imzolangan. Shu farmonga ko`ra, ma'lum miqdordagi yyer maydonlarini xususiy mulk sifatida «kim 

oshdi» savdolarida sotishga ruxsat etilgan. Ulkan siyosiy ahamiyatga molik tadbirdir. Shunday ekan, 

sotilishi  byelgilangan  yer  maydonining  dastlabki  bahosini  byelgilash  bilan  bog`liq  bo’lgan  ilmiy-

tadqiqot ishlarini tashkil etish lozim. Unda qanday  yyerlar sotilayotganligi, ularning qanday  joyda 

joylashganligi, kommunikatsiyalar tizimining rivojlanganligi, olinayotgan foyda miqdori, inflyatsiya 

koeffitsiyenti va boshqa masalalar e'tiborga olinishi lozim.  

 

yerlardan  foydalanganlik  uchun  yagona  yer  solig`ining  1999  yil  1  yanvardan  joriy  etilishi 



munosabati  bilan  yangi  muammo  shakllanmoqda.  Chunki  avval  yyer  solig`i  to’liq  mahalliy 

byudjyetga o’tkazilar edi. Endilikda esa bu masala to’liq hal etilmagan. Chunki hozirgi yagona yer 

solig`i tarkibi bir nyechta soliqlardan tashkil topgan. Lyekin ularning qanday  taqsimlanishi to’liq 

ko’rsatilmagan.  Oqibatda  mahalliy  byudjyet  evaziga  yerlarning  sifatini  yaxshilash  bilan  bog`liq 

bo’lgan  mablag`lar  miqdori  qisqarishi  yerlarning  iqtisodiy  unumdorligiga  salbiy  ta'sir  ko’rsatishi 

mumkin.  

Ta'kidlangan masalalarning ijobiy hal etilishi yyer munosabatlari takomillashishini ta'minlaydi. 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish