Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

Ta’lim metodlari

 

  Ma’ruza, savol-javob, aqliy hujim,  

  blis so’rov, o’zaro  o’qitish metodi,  

  “Muammoli vaziyat” metodi. 



Ta’lim vositalari

 

  Ma’ruza matni, videoproyektor,  

  slaydlar, asosiy ma’lumot va tayanch  

  tushunchalardan iborat ma’ruza bo’yicha  

  tarqatma material. 

Ta’lim shakllari

 

 Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.  



O’qitish shart-sharoiti

 

 Texnik vositalardan foydalanish va  

 guruhlarda ishlashga mo’ljallangan 

 auditoriya  



 

Monitoring va baholash

 

 Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting  

 tizimi asosida baholash.  

 

MA’RUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI 

Ish 

bosqichlari 

va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

ta’lim beruvchi 

ta’lim oluvchi 

1 - bosqich. 

O’quv 

mashg’ulotiga 



kirish 

(10 daqiqa) 

1.1.Talabalar  davomati  aniqlanadi,  auditoriya  va 

talabalarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. 

1.2.Bugungi  kundagi  yangiliklar  va  mavzuning 

ahamiyati.  

1.3.O’tilgan  mavzu  bilan  bog’lash,  mavzu,  uning 

maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar 

ma’lum qilinadi. 

1.1.Eshitadi, yozib oladi. 




 

 

 



55 

 

2 - bosqich. 



Asosiy 

qism 


(60 daqiqa) 

2.1.Ma’ruza  matni  mavzusining  matni  tarqatiladi. 

Reja,  tayanch  tushunchalar  bilan  tanishish  taklif 

etiladi. 

2.2.Slaydlardagi  ko’rgazma  va  sharhlar  asosida 

qullaniladigan  nazariy  usullar  bilan  tanishtiriladi. 

Fanning  boshqa  fanlar  bilan  uzviy  aloqasini  va 

chegarasini tushuntiradi hamda fanning oldida turgan 

muammolar  va  vazifalar  nimadan  iborat  ekanligini 

tayyorlab  kelingan  chizma  orqali  talabalar  hukmiga 

havola 

etiladi. 

Dars 

davomida 



talabalarni 

faollashtiruvchi  savollar  o’rtaga  tashlanadi.  Har  bir 

rejadagi savol bo’yicha xulosalar qilinadi. 

2.3.Keltirilgan  tayanch  tushunchalarni  chuqurroq 

izohlash  maqsadida  talabalarga  Klaster  texnikasi 

qo’llaniladi. 

2.1.Eshitadi. 

Navbat 


bilan 

bir-birini 

takrorlamay 

atamalarni 

aytadi. 

O’ylaydi,  javob  beradi  va 

to’g’ri javobni eshitadi. 

2.2.Muammoli vaziyatda o’z 

fikri  bilan,  muammoni  xal 

qilish yo’llarini qidiradi. 

2.3.Eslab qoladi, yozadi. 

Har  bir  savolga  javob 

berishga harakat qiladi. 

Ta’rifni yozib oladi, misollar 

keltiradi 

3 - bosqich. 

Yakuniy 

 (10 daqiqa) 

 

3.1.Mavzu  bo’yicha  yakun  qiladi,  qilingan  ishlarni 



kelgusida  kasbiy  faoliyatida  muhim  ahamiyatga  ega 

ekanligiga talabalar e’tiborini qaratadi. 

3.2.Faol qatnashgan talabalarni baholaydi.  

3.3.Mavzu bo’yicha test topshiriqlarini beradi. 

3.4.Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi. 

3.1.O’z-o’zini, 

o’zaro 

baholashni o’tkazadi.  

3.2.Savol  beradilar,  javob 

beradilar. 

3.3.Mavzu  bo’yicha  test 

topshiriqla-rini bajaradilar. 

3.4.Mustaqil  ishlash  uchun 

topshiriqlarni yozadilar. 



 

1.Fanning predmeti va vazifalari. O’rganish uslublari 

 

Iqtisodiyot  keng  ma’noda  ishlab  chiqarish  jarayonida  kishilar  ishtirok  etadigan  ijtimoiy 

munosabatlarning yig’indisidir. Bu munosabatlar obyektiv qonun va qonuniyatlarga bog’liq. Jamiyat 

rivojlanishining  turli  bosqichlarida  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  qonunlari  va  moddiy  boyliklarni 

taqsimlashni  iqtisodiy  nazariya  o’rganadi.  Kishilar  o’rtasida  iqtisodiy  munosabatlarni  o’rganib, 

iqtisodiy  nazariya  iqtisodiyotning  turli  tarmoqlarda  iqtisodiy  qonunlarning  aniq  turli  tuman 

xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanmaydi va o’z oldiga shug’ullanishni vazifa qilib qo’ymaydi. 

«Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti»  fani  boshqa  iqtisodiy  fanlar  bilan  chambarchas  bog’langan. 

«Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti»ning nazariy va uslubiy jihatdan bazasi xuddi boshqa tarmoq fanlari 

kabi iqtisodiy nazariya hisoblanadi. «Iqtisodiy nazariya» ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning 

iqtisodiy  qonunlarida  aks  etishini,  shuningdek  bu  qonunlardan  amalda  foydalanishni  o’rganadi. 

«Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti»  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  shakllanish  turlarini  iqtisodiy 

qonunlarning harakat qilish mexanizmini, ularning namoyon bo’lish shakllarini va shu tarmoqda aniq 

sharoitda  ulardan  foydalanishni  ochib  beradi.  «Iqtisodiy  nazariya»  bilan  «Qishloq  xo’jaligi 

iqtisodiyoti» o’rtasida ishlab chiqaruvchi kuchlarni o’rganish borasida farq bor. Iqtisodiyotning turli 

tarmoqlarida iqtisodiy qonuniyatlarning umumiy ko’rinish xususiyatlari bilan tarmoq iqtisodiy fanlari 

shug’ullanadi: sanoat, qishloq xo’jalik, qurilish, transport, savdo, kommunal-xo’jalik iqtisodiyoti va 

boshqalar. Iqtisodiy fanlarning bunday tabaqalanishi ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi bilan 

bog’langan.  "Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti"  fanining  fan  sifatida  ajralishi  ham  moddiy  ishlab 

chiqarishning asosiy sferasi hisoblangan qishloq xo’jaligining ajralishi bilan bog’langan.  «Qishloq 

xo’jaligi  iqtisodiyoti»  shunday  fanki,  u  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarishda  obyektiv  iqtisodiy 

qonuniyatlar  harakati  va  ularning  ko’rinish  shakllarini  o’rganadi.  Qishloq  xo’jaligida  iqtisodiy 

munosabatlarni  undagi  xususiyatlarni  hisobga  olgan  holda  tekshiradi:  mavjud  shirkat,  fermer  va 



 

 

 



56 

 

dehqon xo’jaliklari, agrosanoat kombinatlari, agrofirmalar, ijara jamoalarining rivojlanishini nazariy 



jihatdan umumlashtiradi. 

«Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti»  fani  quyidagi  aralash  fanlarning  o’rgatish  uslubiyotlaridan 

foydalanadi: 

1.Agrobiznesni tashkil qilish va rejalashtirish; 

2.Iqtisodiy geografiya; 

3.Qishloq xo’jaligi statistikasi; 

4.Buxgalteriya hisobi; 

5.Iqtisodiy kibernetika; 

6.Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatining tahlili; 

7.Qishloq xo’jaligi tarmoqlari texnologiyasini iqtisodiy baholash va boshqalar.  

 Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti–tarixiy  fan.  U  jamiyat  rivojlanishi  va  o’zgarishdagi 

qonuniyatlarni,  ularning  ko’rinish  shakllarini  o’rganadi.  Voqyea  hodisalarni  birgalikda  o’zaro 

aloqadorlikda va sabab oqibatda aks ettiruvchi tushunchalar - iqtisodiy qonunlarga tayangan holda 

qishloq  xo’jalik  iqtisodiyoti  aniq  sharoitda  ularning  harakatini  ochib  beradi,  xo’jalik  sharoitida 

ulardan foydalanish, ishlab chiqarish va iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash usullarini ishlab chiqadi. 

Qishloq xo’jaligida butun iqtisodiyot tarmoqlari singari quyidagi qonunlar tizimi harakat qiladi: 

1.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish; 

2.Jamg’arish; 

3.Qiymat, talab va taklif qonunlari; 

4.Mehnat unumdorligining  o’sib borishi va boshqalar.  

"Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti"  fanining  predmeti  shuki,  u  kishilarning  ishlab  chiqarish 

munosabatlarini  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  bilan  o’zaro  aloqadorligida  va  o’zaro  bog’liqligida 

o’rganadi. 

Ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  tabiiy  va  texnologik  fanlarning  o’rganish  predmeti  hisoblanadi. 

«Qishloq  xo’jalik  iqtisodiyoti»  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  o’rgana  borib,  ishlab  chiqaruvchi 

kuchlardagi  o’zgarishlarni  ham  aks  ettiradi.  «Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti»ning  muhim  vazifasi  

loyihadagi  va  qo’llaniladigan  mashina,  agrotexnika,  meliorativ    va    boshqa    tadbirlarning 

samaradorligini aniqlash hisoblanadi. Shu bilan birga iqtisodiyotning tabiiy va texnologik fanlar bilan 

aloqasi o’rnatiladi. Shunday qilib, «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani qishloq xo’jalik tarmog’ida 

ishlab chiqarish munosabatlarini moddiy ishlab chiqarishning boshqa sferalari bilan aloqadorligida 

o’rganadi. Bunda tabiiy texnik va boshqa  aralash  fanlar tadqiqotlari natijasiga tayaniladi.  

"Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti"  fanining    asosida  materialistik  dialektika  yotadi.  Shu  bois, 

borliqni    bilish    usullari fanning  asosiy  uslubiyotini  tashkil  qiladi.  Bu  usul  hodisalarni  bir-biridan 

ajratmasdan  ularni  bir-biriga  bog’lab  o’rganadi.  U  hodisalarni  to’xtovsiz  harakatda,  o’zgarishda, 

yangilanishda va  rivojlanishda, shuningdek miqdor o’zgarishlardan sifat o’zgarishlariga aylanishida 

o’rganadi.  Quyidan  yuqoriga  harakatini,  qarama-qarshiliklar    birligi  va  kurashi  nuqtai  nazaridan 

o’rganadi.  Bundan  tashqari  iqtisodiy    materiallarni  o’rganishda  iqtisodiy  tadqiqotlarning  turli 

usullaridan    foydalanadi.  Eng  ko’p  qo’llaniladigan  usullariga  statistik,  analitik,  korrelyasiya, 

dispersiya, regressiya, indeks va boshqalar. Undan keyingisi iqtisodiy-matematik uslublar: simpleks, 

ishlab  chiqarish  deduksiyasi,  ikki  yoqlama  baholash,  taqsimot  va  boshqalar.  Alohida  ijtimoiy 

hodisalarni, ilg’or tajribalarni o’rganishda monografiya usul qo’llaniladi. Turli tadbirlarning iqtisodiy 

samaradorligini  asoslashda  eksperimental  usul  qo’llaniladi.  Bundan  tashqari  analiz  va  sintez, 

xronometraj, tanlab tekshirish, anketa so’rog’i kabi usullardan ham foydalaniladi. 

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish