37
6.4
Pillachilik iqtisodiyoti.
2
Jami:
60
38
2.3. Kurs ishi bo’yicha ko’rsatmalar.
Fakultet
____________________________________________
Bosqich ____________________________________________
Talabaning isms-sharifi _______________________________
Tanlangan mavzu ilmiy rahbari_________________________
Kurs ishiga olingan taqriz______________________________
__________________________________________________
Kurs ishi himoya kuni va to’plagan reyting ko’rsatkichi ______
KIRISh
Har bir iqtisodiyot fanini o’rganuvchi barcha talabalar «Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi
iqtisodiyoti» fanini O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan
tasdiqlangan 5420100- “Qishloq xo’jaligi” ta’limi sohasidagi barcha bakalavriat yo’nalishlari uchun
belgilangan 186 soatlik dastur o’rganilib, shu fandan kurs ishi bajarilishi majburiydir.
Buning asosiy sababi – birgina, ya’ni o’quv jarayonidagi rejalashtirishdan kelib chiqqan holda
emas, balki har bir talaba ushbu fan bo’yicha umumiy nazariy–iqtisodiy va qishloq xo’jaliga doir
bilim olish bilan bir qatorda iqtisodiyotning ayrim nazariy muammolarini chuqur bilish, uni
o’rganish, amaliyot bilan bog’lash, iqtisodiy tahlil qilish va shular asosida o’z fikrlarini bayon qilish
kabi xislatlarga ham ega bo’lmog’i darkor, chunki “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” fani talabalarga
nazariy bilim berish bilan bir qatorda ularga ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni qishloq
xo’jaligiga mos holda fikrlash, tahlil qilishni ham o’rgatadi. Bu esa boshqa aniq iqtisodiy fanlarni
o’rgatishga va shu fanlardan malakaviy bilim olishda katta yordam beradi. “Qishloq xo’jaligi
iqtisodiyoti” fani boshqa iqtisodiy fanlar uchun xuddi boshqa nazariy fanlar kabi asos hisoblanadi.
Kurs ishini yozish quyidagi talablarni o’z ichiga oladi:
1.Kurs ishi mavzusini tanlash tematika asosida (kafedrada tasdiqlangani bo’yicha)
2.Tanlangan mavzu bo’yicha turli adabiyotlar va materiallar to’plash.
3.To’plangan adabiyotlar va materiallarni o’rganish va kurs ishi rejasini ilmiy rahbar bilan
birgalikda tuzish.
4.Kurs ishi yozishda ilmiy rahbar bilan muntazam hamkorlikda yozish ko’rsatilgan kamchiliklarni
bartaraf etish lozim.
5.Kurs ishini kafedraga topshirish va ilmiy rahbar tomonida ijobiy taqriz olingandan so’ng
kafedrada tasdiqlangan maxsus hay’at a’zolari oldida himoya qilinadi va belgilangan reyting
asosida ball belgilanadi.
39
KURS IShI MAVZUSINI TANLASh
Kurs ishi mavzusini tanlashda har bir talaba kafedrada belgilangan mavzular tematikasi
bo’yicha 3-5 ta mavzudan o’ziga tanish va yaxshi biladigan, qiziqishi yuqori bo’lganini tanlab olishi
zarur bo’ladi. Albatta, har bir talabaning “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” bo’yicha o’tilgan darslar
davomida qiziqadigan mavzusi yoki iqtisodiy muammosi bo’ladi. Ayrim hollarda ilmiy rahbarning
ruxsati bilan talaba mavzu tematikasidan tashqari erkin mavzu tanlashi va shu asosida kurs ishini
bajarishi ham mumkin. Bunga ruxsat yetiladi. Masalan: O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining
ba’zi bir muammolari bo’yicha tanlashi mumkin.
Kurs ishi mavzusini tanlashda yana bir imkoniyat bu seminar darsida yoki kafedrada ochilgan
to’garaklarda ishtirok etish davimida o’ziga yoqqan yoki ma’qul tushgan mavzuni tanlab olishi,
referat olib yozish orqali ham tanlashi mumkin bo’ladi.
MAVZUNI O’RGANIS’H VA UNGA DOIR TURLI ADABIYOTLAR VA MATERIALLAR
TO’PLAS’H
Talaba kursa ishi mavzusini tanlagandan keyin ushbu mavzu boo’yicha kerakli adabiyotlarni
, ayniqsa iqtisodiyotga oid jurnallarni o’rganib , shu mavzu boo’yicha matbuotdagi fikrlar, ta’limotlar
qiyoslanib, umumiy bir yo’nalish hosil qilinadi.
TO’PLANGAN ADABIYOTLAR VA MATERIALLARNI O’RGANISh
Keyingi bosqichda talaba adabiyotlar bo’yicha konspektlar qilib, har birini ishlab chiqishi,
tartibga solishi, ular ichidan eng muhimlarini, yangi fikr va mulohazalarini alohida ajratib yozib
borishi, belgilab qo’yishi orqali barcha adabiyotlar, masalalar bir tizimga solinib, o’z tanlangan
mavzusi bo’yicha qanday reja tuzishi mumkunligi to’g’risida xulosa kelib chiqadi.
KURS IShINING REJASINI TUZISh (namuna shaklida).
Mavzu:
Do'stlaringiz bilan baham: