Kateterni qachon ishlatish
va ishlatmaslik zarur:
Juda zarur bo’lmaganda yoki vaqtida shifokor yordamini olish
mumkin bo‘lganda kateterni hech qachon ishlatmang. Kateter juda ehti-
yotkorlik bilan ishlatilganida ham xavfl i infeksiyalar paydo bo‘lishiga yoki
siydik kanalining shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
• Agar biroz bo‘lsa-da siydik chiqayotgan bo‘lsa, kateterni ishlat-
mang.
• Agar odam siya olmasa, avval u iliq suvli tog‘arada o‘tirgan holda
siyishga urinib ko‘rsin (436-bet).
• Kasalning qovug‘i juda to‘lib ketgan, og‘rib turgan bo‘lsa va odam
siya olmasa yoki unda siydikdan zaharlanish belgilari ko‘rina boshlagan
bo‘lsa, ana shundagina kateterni ishlating.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
Do'stlaringiz bilan baham: |