7 . 3 . G o ‗s ht k o ns e rva la ri
Go„sht konservalari qoramol, cho„chqa, qo„y va uy parrandalari
go„shtidan, turli xil kalla-pochalardan, shuningdek boshqa mahsulotlardan
tayyorlanadi. To„yimliligini oshirish va ta‟mini yaxshilash uchun konservalarga
yog„ va dorivorlar qo„shiladi. Go„sht konservalari quyidagi asosiy belgilariga
ko„ra turkumlanadi: xom ashyo turi jihatidan - go„shtdan tayyorlangan
konservalar, go„sht-o„simlikli konservalar, kalla-pochalardan tayyorlangan
konservalar, o„simlik va mol (hayvon) yog„idan tayyorlangan konservalar; idish
turi jihatidan - metall bankali konservalar va shisha bankali konservalar; issiq
ishlov berilishi jihatidan
-
sterilizatsiya qilingan va pasterizatsiyalangan
konservalar; ishlatilishiga qarab - gazak konservalari, ovqatbop konservalar va
yarim fabrikat konservalarga bo„linadi.
Go‗shtdan tayyorlangan konservalar
tayyorlanishiga qarab, xom,
qaynatilgan, qovurilgan va tuzlangan go„shtdan tayyorlangan konservalarga
bo„linadi. “Dimlama go„sht” konservalari xom go„shtdan, yog„, tuz, piyoz,
murch yoki garmdori va lavr bargi qo„shib tayyorlanadi. Xom ashyo bankalarga
solinadi, so„ngra og„zi
mahkamlab (germetik) berkitilgach, sterilizatsiya
qilinadi. Savdoga dimlangan qoramol, cho„chqa, qo„y hamda bug„u go„shtilari
chiqariladi. Bu konservalar sifat jihatidan oliy va 1-navlarga bo„linadi. Navlarga
bo„lishda ta‟mi, hidi, go„sht konsistentsiyasi, sho„rvasining sifati, go„shtning
semizlik darajasi va tayyorlash sifati asos qilib olinadi.
Parranda go‗shtidan tayyorlangan konservalar -
tovuq go„shtidan
tayyorlangan jeleli file, tovuq, g„oz va o„rdak go„shtidan tayyorlangan jeleli
ragu, qaynatilgan tovuq go„shti, guruch qo„shilgan tovuq filesi kabi turlardan
iborat. Parranda go„shtidan tayyorlangan konservalar navlarga ajratilmaydi.
Kalla-pochalardan tayyorlangan konservalar -
jeleli til, qovurilgan
miya, tomat sousi solingan buyrak, qovurilgan jigar va jigardan tayyorlangan
152
pashtet konservalaridan iborat.
Jeleli til
konservasi mol, cho„chqa va qo„ylar
tilidan,
qovurilgan miya
konservasi - qoramol miyasidan,
tomat sousi solingan
buyrak
konservasi- mol, qo„y va cho„chqa buyraklaridan,
qovurilgan jigar
konservasi - mol jigaridan,
jigarli pashtet
konservasi - mol va qo„y jigaridan,
sariyog„, miya, cho„chqa yog„i, sut, tuxum sarig„i, sho„rva va turli ziravorlar
qo„shib tayyorlanadi. Kalla-pochalardan tayyorlangan konservalar navlarga
ajratilmaydi.
Go‗sht-o‗simlik
konservalari mol, cho„chqa, qo„y go„shtidan loviya,
no„xat, yasmiq, makaron, guruch, tomat sousi, turli xil mol yog„lari va boshqa
mahsulotlar qo„shib tayyorlanadi. Bu guruhga qo„yidagi konservalar kiradi: mol,
qo„y yoki cho„chqa go„shtiga loviya, no„xat yoki yasmiq qo„shib tayyorlangan
konservalar; qovurilgan cho„chqa, qo„y, mol go„shtiga guruch qo„shib
tayyorlangan konservalar; cho„chqa yog„i va tomat quyib tayyorlangan loviyali
yoki no„xatli konservalar; mol, qo„y va cho„chqa go„shtiga makaron, ugra yoki
vermishel va sho„rva qo„shib tayyorlangan konservalar. Sifat jihatdan bu
konservalar oliy va 1-navga bo„linadi.
Mol yog‗i qo‗shib tayyorlangan o‗simlik
konservalari cho„chqa, mol va
ilik yog„ida sho„rva yoki tomat sousi qo„shib, loviya va no„xatdan tayyorlanadi.
Go„sht
konservalarining
sifati
organoleptik,
fizikaviy-ximiyaviy
va
bakteriologik ko„rsatkichlariga qarab baholanadn. Barcha konserva bankalari
germetik (og„zi
mahkam) yopilishi, zanglamagan, etiketkali bo„lishi lozim.
Bankalar ichidagi narsalarning tarkibiy qismi standartda ko„rsatilganiga muvofiq
bo„lishi kerak.
Go„sht konservalari hajmi 3
kg
gacha bo„lgan oq tunukadan yasalgan
bankalarga va hajmi 1
kg
gacha bo„lgan shisha bankalarga qadoqlab solinadi.
Banka korpusiga etiketka yopishtiriladi. Tunuka va shisha bankali konservalar
yog„och yashiklarga, kamdan-kam hollarda quyma karton yashiklarga joylanadi.
Konserva bankalarining qator oralariga karton yoki qog„oz
qistirmalar qo„yiladi.
Barcha turdagi go„sht konservalarini toza va quruq binolarda 0 dan to 15°C
153
gacha bo„lgan haroratda va havoning nisbiy namligini 60- 75% qilib
saqlash
tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |