3 i-bob. Axolini sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlashning asosiy mexanizmalari



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana02.01.2022
Hajmi1,59 Mb.
#309182
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
oziq ovqat havfsizligi salomatlik omili gosht va sabzavod misolida. (1)

ta’minlash masalalari 

Narx 

Soliq 

Subsidiyalar 

Kreditlar 


11 

 

sektorning rivojlanishi, qishloq xo’jaligi yer fondini qo’llab-quvvatlash va sifatini 



yaxshilash  maqsadida  Melioratsiya  jamg’armasi  tashkil  etilishi  va  shu  kabilar 

ushbu jarayonda muhim rol` o’ynadi. 

Oziq-ovqattovarlari  ishlab  chiqarish  hajmlarini  ko’paytirish  va  aholining 

barcha  qatlamlari  ulardan  foydalanishini  kengay-tirishga  yo’naltirilgan  chora-

tadbirlar  bilan  birgalikda  ovqatlanish  tarkibini  yaxshilashga  qaratilgan  choralar 

ham  katta  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Oziq-ovqat  mahsulotlarini  yetishmayotgan 

mikroelementlar  bilan  saplimentatsiya  qilish:  unni  fortifikatsiyalash  (30  foizdan 

ortiq), tuzni yod bilan boyitish (ishlab chiqarilayotgan tuzning 53 foizdan ortig’i), 

o’simlik moyini retinol yoki A vitamini bilan

 

saplimentatsiya qilish dasturi ushbu 



choralarga tegishlidir.  

Umuman  olganda,  O’zbekistonning  oziq-ovqat  strategiyasi  yuqori 

samaradorlikni  namoyish  qildi  va  keng  e’tirof  etildi  va  ma’qullandi.  Jumladan, 

O’zbekiston oziq-ovqat siyosatining bir qancha asosiy qismlari (kam ta’minlangan 

uy  xo’jaliklari  ora-sida  aktivlarni  (er  va  chorva  mollarini)  taqsimlash;  oziq-ovqat 

dasturlarini  sog’liqni  saqlash  milliy  tizimiga  integratsiyalash)  xalqaro  e’tirof 

etilgan  ilg’or  tajriba  sifa-tida  qaraladi  va  BMTning  Jahon  oziq-ovqat  dasturi 

tomonidan boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga tavsiya etiladi. SHu bilan birga, 

global  va  milliy  iqtisodiyotda  yuz  berayotgan  o’zgarishlar  bugungi  kunda  yangi 

tahdidlarni belgilab beradi va tegishli ravishda  o’rtacha muddatli va uzoq muddatli 

istiqbolda mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi sohasida bir qancha yangi talablar 

qo’yadi.  Bir  tomondan,  aholi  soni-ning  o’sishi,  demografik  tarkibning  o’zgarishi 

va  mamlakat  aholisi  daromadlarining  ancha  o’sishi  istiqbolda  oziq-ovqat  tovar-

lariga  bo’lgan  talabning  jiddiy  ravishda  o’sishiga,  shuningdek  o’zgarayotgan 

turmush  tarzi  va  xatti-harakat  andozalari  oqibatida  ovqatlanish  tarkibining 

o’zgarishiga  olib  keladi.  Oldinga  qo’yilgan  vazifalarga  eri-shish  suv  ta’minoti 

qisqarishining  saqlanib  qolayotgan  va  chuqurlashayotgan  muammolari  (iqlim  va 

geosiyosiy omillar oqibatida), yer sifatining yomonlashishi, qishloq xo’jaligi ishlab 

chiqarishining  yetarlicha  samarali  va  mahsuldor  emasligi,  agrar  sektorda  insti-



12 

 

tutlarning  yetarlicha  samarali  ishlamasligi  bilan  murakkablashadi.  Ikkinchi 



tomondan,  tahdid  uchinchi  dunyo  mamlakatlarida  oziq-ovqatga  bo’lgan  talabning 

o’sishi  munosabati  bilan  jahon  bozorlarida  oziq-ovqat  narx-lari  o’sishining 

kutilayotgan  tendentsiyalari  va  iqlim  o’zgarishlari  va  bioyoqilg’i  ishlab 

chiqarishning  kengayishi  tufayli  kelib  chiqqan  taklifning  qisqarishi  bilan 

bog’liqdir.  Mana  shundan  kelib  chiqqan  holda,  keyingi  bosqichlarda  oziq-ovqat 

xavfsizligini  ta’minlash  yanada  yangi,  murakkabroq  yondashuv-larni,  siyosat  va 

vositalarni  qo’llashni  talab  etadi.  Shu  munosabat  bilan  oziq-ovqat  xavf-sizligini 

uchta  asosiy  jihatni:  1)  oziq-ovqat  mavjudligi,  2)  oziq-ovqat  mahsulotlarining 

yetarliligi  va  3)  oziq-ovqatning  muvoza-natliligi  va  sifatini  qamrab  oluvchi 

kompleks muammo sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Oziq-ovqat siyosatining 

asosiy  maqsadli  yo’nalishlari  mana  shu  uch  asosiy  yo’nalish  bo’yicha  shakl-

lantirilishi  lozim.  Birinchi  maqsadni  –  oziq-ovqat  mahsulotlarining  zarur  hajmda 

mavjud  bo’lishini  ta’minlash–  prognozlashtirila-digan  talab  baholaridan  va 

aholining  maqbul  ko’rishidan  kelib  chiqib  oziq-ovqat  tovarlari  hajmlarini 

ko’paytirishni va ularni ishlab chiqarish tuzilmasini maqbullashtirishni talab etadi.  

Mamlakatimiz  selektsionerlari  sabzavot,  poliz  ekinlari  va    kartoshkaning  

170  dan  ortiq navini,  meva va rezavor ekinlar va uzumning 175 ta yangi navini 

yaratdilar.  Istiqlol  yillarida  g’alla  yetishtirish    hajmi    1    million    tonnadan    8  

million    tonnaga    yetdi    va    O’zbekiston    g’alla    eksport  qiladigan    mamlakatlar  

qatoridan    joy    egalladi.Avvallari    mamlakatimiz    aholisini    boqish    uchun    5 

million    tonna    bug’doy    chetdan    sotib    olinardi.    Mamlakatimiz    aholisining  

qariyb  10  million kishiga  yoki  30  foizdan  ortiq  ko’payishiga  qaramasdan,  jon  

boshiga    to’g’ri    keladigan    go’sht  iste’molini    1,3    barobar,    sut    va    sut  

mahsulotlarini    1,6    karra,    kartoshkani    1,7    barobar,  sabzavotlarni  2  martadan 

ziyod,  mevalarni  qariyb  4  barobar  oshirish  imkonini  berdi.  Marketing  va  jahon  

bozorlariga    chiqish    bo’yicha    yangi    texnologiyalarni    joriy    qilish    borasida  

amaliy  yordam ko’rsatildi. O’zbekistonda hozirgi zamon qishloq xo’jaligini isloh 

qilishning  muhim  siyosiy  xususiyatini  ko’zda    tutgan    holda    davlatimiz    rahbari  




13 

 

shunday  deb  ta’kidlagan:  «Bugun  shuni  chuqurroq anglamoqdamizki,  umuman  



jamiyatimizning    yangilanishi    samaradorligi,    mamlakatimizdagi  demokratik  

jarayonlarning  rivojlanishi  darajasi  qishloq xo’jaligini isloh qilishning qanchalik 

muvaffaqiyatli  kecha-yotganligiga,  bu  jarayon  qishloq  hayotining  barcha 

jabhalariga  qanchalik  chuqurroq  singib    borayotganligiga    bog’liq».    Ma’lumki,  

iqtisodiyotning    real  sektori  korxonalarini  ko’llab-quvvatlash,  ularning  barqaror  

faoliyatini    ta’minlash,  eksport    salohiyatini    oshirish,    o’z  mahsulotlarini    ishlab  

chiqarish  ko’lamini  kengaytirish  bo’yicha  ko’zda  tutilgan  qo’shimcha  choralar 

ichki  manbalar  hisobidan  mamlakatimiz    oziq-ovqat    xavfsizligini  ta’minlash 

uchun  ishonchli  zaxiralarni    shakllantirish    imkonini    bermoqda.    Bu    esa  jahon  

bozorlarida    asosiy    oziq  -ovqat  mahsulotlari    narxi    oshishi  sharoitida    alohida  

muhim    ahamiyat    kasb    etadi.    «Qishloq    xo’jaligi  tadqiqotlarini  mingyillik  

rivojlanish    maqsadlariga    erishishga    qayta    yo’naltirish:  xalqaro  va  mintaqaviy 

tajriba»  mavzuidagi  xalqaro  ekoforumda  deklaratsiya  qabul  qilindi.  Undan  oziq-

ovqat  xavfsizligi,    o’rimdan    keyingi    ishlov    berish    texnologiyasi,    foydani  

oshirish  uchun  qo’shimcha qiymatni yaratish, ekinlarning hosildorligini oshirish, 

kompleks  dehqonchilik  yondashuvlarini  ishlab  chiqish,    qishloq    xo’jaligi  

aylanmasida    Orol    dengizining    qurigan    o’zanidan    foydalanish  maqsadida 

tadqiqotlar  olib  borish  kabi  yo’nalishlar  bo’yicha  tavsiyalar  o’rin  olgan.  Bunga, 

shuningdek, qimmatli  genetik  resurslarni  saqlash,  tabiiy  resurslardan  ekologik  

samarali    foydalanish,  mintaqaviy    va    xalqaro    miqyoslarda    ijtimoiy-iqtisodiy  

ilmiy  tadqiqotlar  olib  borish  va hamkorlik  kabi  masalalar  kiritilgan. 


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish