Hid sezish a’zosi
Hid sezish a’zosi
(organum olfactus) burun bo‘shlig‘ining yu-
qori qis mida yuqori burun chig‘anog‘i va burun to‘sig‘ining o‘rta
qismi shilliq pardasida joylashgan alohida sezuvchi hujayralardan
iborat. Bu sohani yuzasi 480 mm
2
bo‘lib, hidlov hujayralarini so-
ni 160 millionga yaqin, ular hidlov va qo‘llab turuvchi hujay-
ralarga bo‘linadi. Hid lov hujayralari ko‘p sonli kiprikchalar bi-
lan qoplangan bo‘lib, ular uni havo bilan uchrashadigan yuzasini
ko‘paytirib turadi va umumiy yuzasi 5–7m
2
yetadi. Bu hujayra-
larining markaziy o‘sim talari 15–20 hidlov nervlarini hosil qila-
di. Hidlov nervi g‘alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinkasi-
dan o‘tib kalla ichiga kiradi va hidlov so‘g‘onida tugaydi. Hidlov
so‘g‘onida joylashgan II neyron o‘simtalari hidlov yo‘lini hosil
qilib, hidlov uchburchagi oldingi ilma-teshik plastinkada tugaydi.
Bu
н
erdan uchinchi neyron hid sezish markaziga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |