Anatomiya 2014. indd



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet515/722
Sana02.01.2022
Hajmi4,54 Mb.
#309004
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   722
Bog'liq
Anatomiya 2014. indd

Yurakning topografiyasi. 

Yurak va uni o‘ragan yurak xaltasi 

ko‘krak qafasida o‘rta ko‘ks oralig‘ida o‘rta chiziqdan chaproqda 

yurak ning uchdan ikki qismi, o‘ngroqda uchdan bir qismi joy-

lashgan. Yon va qisman old tomondan yurak plevra bilan qop-

langan o‘pka, oldingi ozgina qismi esa to‘sh suyagi va qovurg‘a 

tog‘aylariga tegib turadi.

Yurakning yuqori chegarasi o‘ng va chap uchinchi qovurg‘a 

tog‘aylari yuqori chekkasini birlashtiruvchi chiziqda joylashgan. 

O‘ng chegarasi o‘ng uchinchi qovurg‘a tog‘ayi yuqori chekkasi-

dan boshlanib, to‘sh suyagi chekkasidan 1–2 sm o‘ngda vertikal 

yo‘nalib, beshinchi qovurg‘a tog‘ayigacha tushadi. Pastki chega-

rasi o‘ng beshinchi qovurg‘a tog‘ayidan yurak uchigacha o‘tgan 

chi ziqda. Yurak uchi esa chap beshinchi qovurg‘a oralig‘ida o‘rta 

o‘mrov chizig‘idan 1–1,5 sm ichkarida yotadi. Chap chegara-

si chap uchinchi qovurg‘a tog‘ayining yuqori chekkasidan to‘sh 

suyagining chap chekkasi bilan chap o‘rta o‘mrov chizig‘i o‘rtasi-

dagi sohadan boshlanib, yurak uchigacha boradi.

Yurak klapanlarining eshitish sohalari quyidagicha: chap atrio-

ventrikular klapan chap uchinchi qovurg‘a tog‘ayi sohasida. O‘ng 

atrio ventrikular klapan to‘rtinchi o‘ng qovurg‘a tog‘ayining to‘sh 



359

suyagiga birikkan joyida. Aorta klapani to‘sh suyagining chap qir-

rasida, uchinchi qovurg‘a oralig‘ida. O‘pka poyasi klapani chap 

uchinchi qovurg‘a tog‘ayining to‘sh suyagiga birikkan joyida. 

Yurak ning chegaralari yoshga qarab o‘zgarib boradi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq yuragi yuqori va ko‘ndalang joyla-

shadi. Yurak uchi proyeksiyasi IV qovurg‘a oralig‘ida chap o‘rta 

o‘mrov chizig‘idan 1–2 sm tashqarida bo‘ladi. Bir yoshgacha 

bo‘lgan bolada uning yuqori chegarasi ikkinchi qovurg‘a oralig‘ida 

bo‘lsa, past ki chegarasi kattalarnikiga nisbatan bir qovurg‘a ora-

lig‘ida yuqori turadi. O‘ng chegarasi to‘sh suyagining o‘ng chek-

kasida yoki undan 0,5–1 sm o‘ngroq da joylashgan. 2–3 yoshlar-

da yurak qiyshiq holat ga o‘tadi va o‘smirlik davrida katta larnikiga 

o‘xshab qoladi.




Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   722




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish