Anatomiya 2014. indd



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet484/722
Sana02.01.2022
Hajmi4,54 Mb.
#309004
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   722
Bog'liq
Anatomiya 2014. indd

Gipofiz

Gipofiz

 (hypophysis) ponasimon suyakdagi turk egarining gi-

pofiz chuqurchasida joylashgan. Uning og‘irligi erkaklarda 0,5 g, 

ayollarda 0,6 g, homiladorlik davrida 1 g gacha yetadi. Gipo-

fiz tashqi tomondan g‘ilof bilan o‘ralgan. Gipofiz oldingi, orqa 

bo‘laklar va oraliq qismdan iborat.

Gipofizning oldingi bo‘lagi (lobus anterior) yoki adenogipo-

fiz nisbatan katta bo‘lib, gipofiz massasining 70–80 %ini tashkil 

qiladi. Adenogipo fizda oldingi, o‘rta yoki oraliq va do‘mboq qis-

mlar tafovut qilinadi.

Gipofizning oldingi bo‘lagi hujayralari boshqa ichki sekretsiya 

bezlari faoliyatini boshqaruvchi trop gormonlar ishlab chiqaradi.

Adrenokortikotrop gormon yoki AKTG buyrak usti bezining 

dastali hamda to‘r qavati o‘sishini va faoliyatini kuchaytiradi, ste-

roid gormonlar sekretsiyasini rag‘batlantiradi.



331

Somatotrop gormon oqsillar sintezini kuchaytiradi va yog‘ning 

parchalanishini tezlatadi, shuning uchun o‘sish davrida bolalar 

va o‘smirlarda yog‘ to‘planishi pasayadi. Agar bolalik davrida so-

matotrop gormon kam ishlab chiqarilsa – gipofizar karlikizmga, 

ko‘p ish lab chiqarilsa – gipofizar gigantizmga olib keladi. Agar 

bu gormon katta yoshdagi odamlarda tana o‘sishi to‘xtagan vaqt-

da ko‘payib ketsa, tananing ayrim qismlari: qo‘l, oyoq, til, burun, 

pastki jag‘ kattalashib, akromelogiya xastaligi paydo bo‘ladi. Bu 

gormonning gipofunksiyasi katta odamda goho modda almashi-

nuvida chuqur o‘zgarishlarga olib keladi. Bunda odam umuman 

semirishi yoki haddan tashqari ozib ketishi mumkin.

Tireotrop gormon qalqonsimon bez follikulasi epiteliyi yeti-

lishini boshqaradi va uning gormonlari ajralishini faollashtiradi.

Gonadotrop gormon erkaklarda moyaklar o‘sishini va sper-

mato ge nez jarayonini kuchaytiradi. Ayollarda organizmning jin-

siy taroq qiyoti, ovulyatsiya jarayoni va sut bezlarining o‘sishiga 

ta’sir qiladi.

Gipofizning o‘rta bo‘lagi gormoni melotonin teri pigmenta-

tsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.

Orqa bo‘lak yoki neyrogipofiz

 

tarkibiga 

о

rqa bo‘lak, quyg‘ich, 



adenogipofiz va gipotalamus o‘rtasida joylashgan o‘rta tepalik ki-

radi. Gipofizning orqa bo‘lagi neyroglial hujayralardan, gipotala-

musdan neyrogipofizga keluvchi nerv tolalaridan va neyrosekre-

tor tanachalardan iborat. Neyrogipofizning gormonlari vasopres-

sin yoki antidiuretik gormon (ADG) va oksitotsin gipotalamus-

ning supraoptik va paraventrikular o‘zaklarida ishlab chiqarilib, 

gipotalamo-gipofizar dasta aksonlari orqali neyrogipofizga tusha-

di. Vazopressin buyrak naychalarida suvni qayta so‘rilishini ku-

chaytirib, antidiuretik ta’sir ko‘rsatadi, natijada siydik ajralishi 

kamayadi. Bundan tashqari u arteriolalarni toraytirib, arterial bo-

simni oshiradi.

Oksitotsin bachadon mushaklarining qisqarishini kuchayti-

rib, tug‘ish jarayonini tezlatadi. Bundan tashqari u sut bezlarining 

fao liyatini oshiradi.




Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   722




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish