ichaklarga qaragan orqa yuza-
sidan
o‘ng va chap bachadon chekkalari bilan ajrab turadi. Katta
yosh dagi ayollar bachadonining o‘rtacha uzunligi 7–8 sm, kengli-
gi 4 sm, qalinligi 2–3 sm.
Bachadon devori uch qavatdan iborat. Tashqi seroz parda
yo-
ki perimetriy
bachadon bo‘ynining qin usti qismidan yuqorisini
qop lagan qorinparda. Bachadonning bo‘yin sohasida qorinparda
ostida seroz osti asosni hosil qiluvchi bo‘sh biriktiruvchi to‘qima-
bo‘yin qismi atrofidagi kletchatka
joylashgan. O‘rta mushakli qa-
vat
yoki mio metriy
eng qalin qavat hisoblanadi. U bir-biri bilan
kesishib joy lash gan silliq mushak to‘qimasi va elastik tolalarga
boy biriktiruv chi to‘qi madan iborat. Mu shak dastalarining yo‘na-
lishiga qarab unda uch: tashqi bo‘ylama, o‘rta halqasimon va ich-
ki bo‘ylama qavat lar tafovut qilinadi. Uning o‘rta qavati nisba-
tan qalin bo‘lib, qon va limfa tomirlariga boy. Bu qavat bacha-
don bo‘yni sohasida yaxshi rivojlangan.
Ichki shilliq parda
Do'stlaringiz bilan baham: |