Oyoq panjasi mushaklari
Oyoq panjasi mushaklari oyoq panjasi suyaklari sohasida bosh-
lanadi va birikadi. Ular oyoq panjasining ustki yuzasida joylashgan
yozuvchi va ostki (kaft) yuzasida joylashgan bukuvchi guruhlarga
bo‘linadi.
Oyoq panjasining ustki yuzasida ikkita mushak bor.
1.
Barmoqlarni yozuvchi kalta mushak
(m. extensor digito-
rum brevis)
tovon suyagining oldingi yuqorigi va lateral yuzasi-
dan bosh lanadi. U uchta payga bo‘linib, II–IV barmoqlarga yetib
boradi va barmoqlarni yozuvchi uzun mushak paylarining lateral
tomoniga qo‘shilib, ular bilan birga barmoqlarning o‘rta va dis-
tal falangalariga birikadi. Faoliyati: barmoqlarni yozuv chi uzun
mushak payi bilan birga barmoqlarni yozishda ish tirok etadi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |